TGViewer
Muhrim / Муҳрим Muhrim / Муҳрим @muhrim · 13.9K subscribers
Post #3422 3.76K
Muhrim / Муҳрим Toshkent shahar hokimligi Navoiy kutubxonasining orqa tarafidagi 1,3 gektarlik yer maydonida avtoturargoh qurish uchun o‘sha yerni 514 mln so‘m narx bilan auksionga chiqarayotgan ekan. Agar to‘g‘ri tushungan bo‘lsam, bu so‘nggi yillarda eski Toshkentdagi bosh…
Milliy kutubxonaning orqasidagi sayilgohni avtoturargohga aylantirish bo‘yicha Toshkent hokimligining taklifi haqidagi xabarga berilgan xalq izohlarida, taxminan: “Avval bu joy avtoturargohga aylantiriladi, bir necha yil o‘tgach, yo biznes markazi, yo turar joy majmuasi qurishga berib yuboriladi”, degandek fikrga ko‘zim tushdi.

Davlatning xuddi shu tuzilmalari, hay, boshqa shaxslarning qo‘llari bilan bo‘lsa-da, xuddi shu tuzilmalari avval shunday ish qilgan, xalq buni ko‘rgan. Shuning uchun ham xalq bu davlat tuzilmalariga ishonmaydi, shuning uchun ham bu davlat tuzilmalarining xalq oldidagi hurmati ostonadan ham pastroqda. Shuning uchun ham davlat tuzilmalarining har qanday tashabbusiga yuqoridagi kabi shubha bilan, ishonchsizlik bilan qaraladi. Keyin o‘tiradi bular: “Bizning bu tashabbusimizni odamlar bunchalik salbiy kutib oladi, deb o‘ylamagandik”, deb.

Xalqning yillar davomida tinimsiz oyoqosti qilingan ishonchini qanday qilib sal bo‘lsa-da tiklash mumkin? Poytaxt hokimi oxirgi vaqtlarda juda ko‘p intervyu beryapti va shu intervyularining birida u: “Avtoturargohlar uchun ajratilgan yerlarga biznes markazlari qurib yuborilgan”, deb tan olgandi. Tan olingani yaxshi, endi o‘sha — davlatni ham, jamoatchilikni ham aldagan o‘sha quruvchilardan bu biznes obyektlari qaytarib olinib, boshida aytilganidek, avtoturargoh qilinsin. Hokimlik (umuman davlat) bitta bo‘lsa ham shunday ish qilsin axir.

Xalq ko‘rsin — davlatning kuchi faqat avtobus bekatida do‘kon qurgan yoki do‘konining peshlavhasini belgilangan talabdan jindek kattaroq yo boshqacharoq rangda qilib qo‘ygan kichik tadbirkorga emas, qonunni buzgan hammaga birdek yetishini; davlat shunday qudrati borligini, uni aldaganlarni mana shunday qimmat jazolay olishini ko‘rsatsin. Ko‘raylik.

Ana shunday xalqning davlatga bo‘lgan ishonchi haminqadar tiklanar, ehtimol. Lekin yuqorida aytilgan ish hozir davlat (hokimlik)ning qo‘lidan kelmaydimi, u holda jamoat makonlariga va umuman shahardagi bo‘sh turgan biror joyga tegmagani ma’qul. Toshkentni tinch qo‘ysin hammasi. Nima yangilik qilmoqchi bo‘lsa, ana, Yangi Toshkentida qilaversin.
More from @muhrim
  1. Sep 28, 2026Toshkentning ichimlik suv ta’minotiga mas’ullarini yozda oftob qattiqroq urgan, shekilli (…
  2. Sep 27, 2026Fabio Kannavaro bilan yaxshi intervyu bo‘libdi. Yaxshi gapiribdi, yaxshi tushuntiribdi bos…
  3. Sep 27, 2026Bolalarga nisbatan qabih jinoyatlar uchun jazo amaldagi qonunchilik doirasida maksimal dar…
  4. Sep 26, 2026Saida Mirziyoyeva BMT maydonlarida Janubiy Koreya prezidenti Li Chje Myon va uning rafiqas…
  5. Sep 25, 2026Agar “podkastlarda qatnashuvchi” degan kasb bo‘lsa, men hozir amalda shu kasb egasiman 🙂…
  6. Sep 25, 2026Hozir O‘zbekistonning eng asosiy boyligi nima? Oq oltin emas. Qora oltin emas. Radioaktiv…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →