TGViewer
Channel Public Channel
MAKTAB️

MAKTAB️

@maktab_e

Ushbu kanal o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Faxriddin Tursunov tomonidan yuritiladi. Kanalga xush kelibsiz!

Savol va takliflar uchun: @Maktabgamurojat_bot

Reklama bo‘yicha: @reklama_da
Subscribers
187K
Photos
259
Videos
141
Links
3K

Showing posts older than #4593 · Back to latest

Older Posts 20 shown
Post #4592 40.1K
🎉 Darslab yangilandi — yangi dizayn va katta reja!

Endi Darslab — maktabdan universitetgacha bepul ta’lim:

✅ Hozir: 1–11-sinf, barcha fanlar — 6 727 dars, 3 628 test, 11 300+ chizma va sxema
🎯 Tez orada: SAT, IELTS, Milliy sertifikat, DTM, Prezident maktablari
🌍 Cambridge dasturi
💚 Hayotiy ko‘nikmalar: pul, onlayn xavfsizlik, kasb tanlash
🗺 2027–2028: Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Misr, AQSh va boshqalar
🏅 Eng faol o‘quvchilar uchun sovrinlar va grantlar

Hammasi doimo bepul 💚
👉 https://darslab.com

Kerakli bo‘lgan ota-onalar va o‘qituvchilarga ulashing 🙏
  • ❤ 36
  • 👍 14
  • 🎉 6
  • 🏆 1
  • 🤨 1
Post #4591 46.4K
⚡️️SINF RAHBARLARINING LAVOZIM YO‘RIQNOMASIGA KO‘RA SINF RAHBARLARI QUYIDAGI HUJJATLARNI YURITADI

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2023-yil 27- iyundagi 190-sonli buyrugʻiga 2-ilovada keltirilgan yo'riqnomaga ko'ra sinf rahbarlari quyidagi hujjatlarni yuritadi.

1. Sinf rahbari daftari; (sinf oʻquvchilari haqida umumiy ma’lumot, sinfning ijtimoiy xaritasi, kam ta’minlangan oilalar, toʻliq boʻlmagan oila, yetim va ota-onalik huquqidan mahrum etilganlarning farzandlari,sinf oʻquvchilarining toʻgarak va seksiyalarga qatnashish darajasi, ota-onalar bilan ishlash monitoringi, ota-onalar majlis bayonnomasi, biriktirilgan sinfda darslarni tahlil qilish, profilaktik ishlari, oʻquvchilarni kitob bilan ta’minlanganligi.)
(Ushbu sinf rahbari daftarini ELEKTRON HOLDA HAM YURITISH MUMKINLIGI BELGILANDI.)

2. Maktabning ichki roʻyxatiga kiritilgan tartibbuzar, tarbiyasi ogʻir va surunkali dars qoldiruvchi oʻquvchilar bilan amalga oshirilgan ishlar yigʻma jildi. (308-sonli nizom boʻyicha qilingan ishlar)

Shuningdek, sinf rahbarlari oʻquv yili choraklari va yakuni boʻyicha hisobotlar tayyorlaydi hamda faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha hisobotlarni maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosariga topshiradi.

Sinf rahbarlarining yuqorida koʻrsatilgan hujjatlaridan tayyor namunalarni va hisobotlarni kanalimiz orqali berib boramiz, bizni kuzatishda davom eting.

💰Oylik bot

🔰 Kanalimizga obuna bo‘ling!
👇👇👇👇👇👇👇
https://t.me/maktab_e
Telegram MAKTAB️ Ushbu kanal o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Faxriddin Tursunov tomonidan yuritiladi. Kanalga xush kelibsiz! Savol va takliflar uchun: @Maktabgamurojat_bot Reklama bo‘yicha: @reklama_da
  • ❤ 53
  • 👍 16
  • 🤩 8
  • 🎉 5
  • 😡 1
Post #4590 39.2K
⚡️MAKTABLARDAGI “ZAKOVAT” INTELLEKTUAL KLUBLARINING KOORDINATORIGA PUL MUKOFOTI BERILISHI KERAK.

Bu haqida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-yanvardagi PQ-96-son qarorida shunday yozilgan

🔹"taʼlim muassasalarida tashkil etilgan “Zakovat” intellektual klublarining koordinatori bo'lgan pedagoglarga direktor jamg'armasi hamda oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari jamg'armalari hisobidan bir oylik mehnatga haq to'lash fondining 50 foizi miqdorida bir martalik ustama to'lab beriladi."

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823-son qarorida ham quyidagicha qayd etilgan

🔹"umumtaʼlim muassasalarida tashkil etilgan “Zakovat” intellektual klublarining koordinatori bo'lgan o'qituvchilarga ularning taʼrif stavkasining 50 foizi miqdorida bir martalik to'lov tolash"

💰Oylik bot

🔰Kanalimizga obuna bo‘ling!
👇👇👇👇👇👇👇
https://t.me/maktab_e
Telegram MAKTAB️ Ushbu kanal o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Faxriddin Tursunov tomonidan yuritiladi. Kanalga xush kelibsiz! Savol va takliflar uchun: @Maktabgamurojat_bot Reklama bo‘yicha: @reklama_da
  • ❤ 41
  • 👍 20
  • 👏 8
  • 🎉 3
  • 😁 2
  • 😡 1
Post #4588 48.2K
⚡️O'QITUVCHI TOMONIDAN QO'YILGAN BAHOGA OTA-ONALAR ARALASHISHGA HAQQI BORMI?

@Yurist_Xizmati 4401-savol:

Assalomu alaykum, o‘qituvchini o‘quvchiga qo‘ygan bahosiga, ota-ona aralashishi mumkinmi? O‘qituvchi o‘zini bu xolatda qanday ximoya qilishi kеrak?

YURIST JAVOBI:

⚠️Agar o'qituvchi yoki boshqa shaxs darsingizga halal bеrsa, yoki o'quvchilarni baholashingizga aralashsa, ular uchun ma'muriy javobgarlik bor.

Ma'muriy javogarlik to'g'risdagi kodеksning 197-5-moddasiga muvofiq ta'lim muassasasi pеdagog xodimining kasbiy faoliyatiga ta'lim oluvchilar bilimini to'g'ri va xolis baholashiga ta'sir ko'rsatish bilan ifodalangan tarzda qonunga xilof ravishda aralashish yoki ta'lim muassasasi pеdagog xodimining xizmat vazifalarini bajarishiga to'sqinlik qilish:

👉 fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 7 baravarigacha;
👉 mansabdor shaxslarga esa — 7 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.

Bu holatda o'qituvchi ota-onaning harakatlari ustidan tuman IIBga murojaat qilish kеrak.

💰Moliyachi bot

🔰 Kanalimizga obuna bo‘ling!
👇👇👇👇👇👇👇
https://t.me/maktab_e
Telegram MAKTAB️ Ushbu kanal o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Faxriddin Tursunov tomonidan yuritiladi. Kanalga xush kelibsiz! Savol va takliflar uchun: @Maktabgamurojat_bot Reklama bo‘yicha: @reklama_da
  • ❤ 54
  • 👍 18
  • 🎉 4
  • 👏 3
  • 😡 2
  • 😁 1
Post #4587 82.7K
⚡️IKKINCHI BOSQICH OLIMPIADANING O‘TKAZILISH SANALARI.

Asosiy olimpiadaning tuman (shahar) bosqichi joriy yilning 15–27-oktabr kunlari respublikamiz bo‘ylab o‘tkaziladi.

15-oktabr — Geografiya
16-oktabr — Tarix
17-oktabr — Kimyo
18-oktabr — Fizika
19-oktabr — Biologiya
20-oktabr — Matematika
21-oktabr — Informatika
22-oktabr — Rus tili va adabiyoti / Fransuz tili
23-oktabr — Qoraqalpoq tili / Tojik tili / Nemis tili
24-oktabr — O‘zbek tili (davlat tili) / Qozoq tili
25-oktabr — Ingliz tili
26-oktabr — Davlat va huquq asoslari
27-oktabr — Ona tili va adabiyoti


💰Oylik bot

🔰Kanalimizga obuna bo‘ling!
👇👇👇👇👇👇👇
https://t.me/maktab_e
Telegram MAKTAB️ Ushbu kanal o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Faxriddin Tursunov tomonidan yuritiladi. Kanalga xush kelibsiz! Savol va takliflar uchun: @Maktabgamurojat_bot Reklama bo‘yicha: @reklama_da
  • ❤ 89
  • 👍 43
  • 👏 19
  • 🎉 17
  • 😡 4
Post #4586 65.1K
⚡️KASBIY RIVOJLANISH KUN TADBIRLARIDA (metod kunda) ISHTIROK ETMASA NIMA BO‘LADI?

O'qituvchi o'quv yili davomida "Kasbiy rivojlanish kuni" va "Kasbiy rivojlanish soati" tadbirlarida uzrli sabablarga (mehnatga layoqatsiz bo'lgani, xizmat safarida bo'lgani va qonunchilikda belgilangan boshqa holatlar) ko'ra 12 soat qatnashmagan taqdirda unga "Uzluksiz kasbiy ta'lim" elektron platformasida tashkil qilingan maxsus o'quv kursida malaka oshirish orqali zarur bilim va ko'nikmalarni egallash uchun imkoniyat beriladi.

O'qituvchi o'quv yili davomida "Kasbiy rivojlanish kuni" va "Kasbiy rivojlanish soati" tadbirlarida 12 soat uzrli sabablarsiz qatnashmagan taqdirda uning "Uzluksiz kasbiy ta'lim" elektron platformasida tashkil qilingan maxsus o'quv kursida shartnoma asosida malaka oshirishi talab qilinadi.

O'quv yili davomida uzrli sabablarsiz qatnashmagan va "Uzluksiz kasbiy ta'lim" elektron platformasida tashkil qilingan maxsus o'quv kursida malaka oshirmagan o'qituvchiga nisbatan amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda ta'sir choralari qo'llaniladi.

Asos: MMTV ning 2024-yil 7-avgust kungi 246-sonli buyrug‘i.

💰Oylik bot

🔰 Kanalimizga obuna bo‘ling!
👇👇👇👇👇👇👇
https://t.me/maktab_e
Telegram MAKTAB️ Ushbu kanal o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Faxriddin Tursunov tomonidan yuritiladi. Kanalga xush kelibsiz! Savol va takliflar uchun: @Maktabgamurojat_bot Reklama bo‘yicha: @reklama_da
  • ❤ 82
  • 👍 28
  • 🎉 15
  • 👏 1
Post #4585 54.2K
⚡️MAKTABDA TADBIRLARNI O‘TKAZISHDA QUYIDAGILARGA ETIBOR BERISH KERAK.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 6-avgustdagi 288-son buyrug‘iga ko‘ra

Tadbirni tasdiqlashdan oldin uning xavf darajasi ishtirokchilarning yoshi va soni, oʻtkazish joyi va davomiyligi, transportdan foydalanish, jismoniy faollik, texnik va sahna jihozlari, tashqi mehmonlar ishtiroki, ob-havo sharoiti hamda boshqa xavf omillari asosida baholanadi.

Tadbirning davomiyligi bolalarning yoshi, kun tartibi, taʼlim yuklamasi va dam olish ehtiyojlarini hisobga olgan holda quyidagicha belgilanadi.

1-4-sinf oʻquvchilari uchun – 45 daqiqadan;
5-9-sinf oʻquvchilari uchun – 60 daqiqadan;
10-11-sinf oʻquvchilari uchun – 90 daqiqadan oshmasligi lozim.


Bolani sahnaga chiqishga, rol ijro etishga, shaxsiy fikri yoki maʼlumotini omma oldida bildirishga, shuningdek, unga psixologik noqulaylik tugʻdiradigan topshiriqni bajarishga majburlashga yoʻl qoʻyilmaydi.

❗️Bolaning shaʼni va qadr-qimmatiga putur yetkazadigan, uni uyaltiradigan, mazax qilish yoki notoʻgʻri talqin etishga sabab boʻladigan foto, video va montaj materiallarini tayyorlash yoki tarqatishga yoʻl qoʻyilmaydi. Ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan materiallar yuzasidan bolaga nisbatan haqorat, kamsitish yoki kiberbulling holatlarining oldini olish choralari koʻriladi.

Ushbu Tartib talablariga rioya etilishini taʼminlash direktor zimmasiga yuklanadi.
Tadbirni tashkil etishda ishtirok etgan pedagog, psixolog, tibbiy xodim va boshqa masʼul shaxslar oʻz vazifalari doirasida Tartib talablariga rioya etilishi uchun javobgar hisoblanadi.

💰Oylik bot

🔰Kanalimizga obuna bo‘ling!
👇👇👇👇👇👇👇
https://t.me/maktab_e
Telegram MAKTAB️ Ushbu kanal o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Faxriddin Tursunov tomonidan yuritiladi. Kanalga xush kelibsiz! Savol va takliflar uchun: @Maktabgamurojat_bot Reklama bo‘yicha: @reklama_da
  • ❤ 84
  • 👍 22
  • 👏 5
  • 🤔 5
Post #4584 44.2K
😩 Slayd tayyorlashga yana butun kechangiz ketyaptimi?
Ma'lumot qidirish, rasm topish, dizayn qilish… soatlab vaqt ketadi.


✅ Endi hammasi 2–3 daqiqada:
1️⃣ Botga mavzuni yozasiz
2️⃣ Dizaynni tanlaysiz
3️⃣ Tayyor slayd (PPTX + PDF) shu yerga, Telegram'ga keladi


🎨 60 ta dizayn
🖼 Mavzuga mos rasmlar
😴 Kechasi uxlang — slaydni bot tayyorlaydi.

👉Hoziroq pastadagi knopka bosib sinab ko'ring sinab ko'rish bepul
  • ❤ 45
  • 👍 6
  • 🎉 4
Post #4583 55.4K
⚡️SENTABRDAN SINF RAHBARLIGI UCHUN QUYIDAGICHA HAQ TO‘LANADI.

O'quvchilar sonidan kelib chiqib:

1-15 nafargacha = 359 032  so‘m
16-20 nafargacha = 429 751 so‘m
21-25 nafargacha = 501 829 so‘m
26-30 nafargacha =  572 547 so‘m
31 nafar va undan ko‘p =  718 064 so‘m

Sentabrdan yangi dars taqsimoti va 7% oshgan holda oyliklarni hisoblash uchun ushbu botdan foyidalaning👉💰Moliyachi bot

O‘qituvchilar uchun barcha hujjatlar shu kanalda!✅️
👇👇👇👇👇👇👇
https://t.me/uqituvchiga_hujjat
Telegram O‘qituvchiga hujjat Kanalimizda: Farmonlar, Qarorlar, Buyruqlar, Nizomlar, Barcha fanlardan ish rejalar, Hisobotlar, Metodika, Bayonnoma Xullas, barcha hujjatlardan namunalar shu kanalda. Savollar @Maktabgamurojat_bot Reklama @reklama_da
  • ❤ 75
  • 👍 21
  • 🎉 5
  • 🤨 5
  • 🤩 4
  • 👏 2
  • 🙏 2
Post #4582 54.2K
⚡️SENTABRDAN RAHBAR VA XODIMLARINING OYLIGI QUYIDAGICHA

🔹Maktab dirеktori:
• 6 mln 635 ming 294 so'm (400 o'quvchigacha);
•7 mln 85 ming 987 so'm (401-880 o'quvchigacha);
• 7 mln 513 ming 562 so'm (881-1600 o'quvchigacha);
• 7 mln 947 ming 665 so'm (1600dan ortiq);

🔹Dirеktor o'rinbosarlari: (MMIBDO', O'TIBDO')   
• 5 mln 940 ming 349 so'm (400 o'quvchigacha);
• 6 mln 359 ming 84 so'm (401-880 o'quvchigacha);
• 6 mln 790 ming 738 so'm  (881 -1600 o'quvchigacha);
• 7 mln 200 ming 498 so'm (1600dan ortiq);

🔹Psixologlar:
• Oliy ma'lumotli psixolog – 3 mln 591 ming 900 so'm;
• Ikkinchi toifali psixolog – 3 mln 846 ming 491 so'm;
• Birinchi toifali psixolog – 4 mln 107 ming 571 so'm;
• Oliy toifali psixolog – 4 mln 357 ming 584 so'm;

🔹Kadrlar bo'yicha mеnеjеr:
1 mln 881 ming 458 so'm

🔹Kutubxona mudiri:
• O'rta maxsus ma'lumotli – 2 mln 513 ming 908 so'm;
• Oliy ma'lumotli – 2 mln 742 ming 883 so'm


⚠️Pedagoglar oyligini sentabr holatiga 7% oshgan holda hisoblab ko'rish uchun Moliyachi botga o'ting.

🔰 Kanalimizga obuna bo‘ling!
👇👇👇👇👇👇👇
https://t.me/maktab_e
Telegram MAKTAB️ Ushbu kanal o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Faxriddin Tursunov tomonidan yuritiladi. Kanalga xush kelibsiz! Savol va takliflar uchun: @Maktabgamurojat_bot Reklama bo‘yicha: @reklama_da
  • ❤ 123
  • 👍 26
  • 🎉 5
  • 😁 3
Post #4580 239K
⚡️IKKINCHI BOSQICH OLIMPIADANING O‘TKAZILISH SANALARI MAʼLUM BO‘LDI.

Asosiy olimpiadaning tuman (shahar) bosqichi joriy yilning 15–27-oktabr kunlari respublikamiz bo‘ylab o‘tkaziladi.

15-oktabr — Geografiya
16-oktabr — Tarix
17-oktabr — Kimyo
18-oktabr — Fizika
19-oktabr — Biologiya
20-oktabr — Matematika
21-oktabr — Informatika
22-oktabr — Rus tili va adabiyoti / Fransuz tili
23-oktabr — Qoraqalpoq tili / Tojik tili / Nemis tili
24-oktabr — O‘zbek tili (davlat tili) / Qozoq tili
25-oktabr — Ingliz tili
26-oktabr — Davlat va huquq asoslari
27-oktabr — Ona tili va adabiyoti


💰Oylik bot

🔰Kanalimizga obuna bo‘ling!
👇👇👇👇👇👇👇
https://t.me/maktab_e
Telegram MAKTAB️ Ushbu kanal o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Faxriddin Tursunov tomonidan yuritiladi. Kanalga xush kelibsiz! Savol va takliflar uchun: @Maktabgamurojat_bot Reklama bo‘yicha: @reklama_da
  • ❤ 81
  • 👍 27
  • 🎉 9
  • 🏆 9
  • 👏 7
  • 🤩 4
Post #4579 71.4K
⚡️O‘QITUVCHILAR UCHUN YANGI IMTIYOZLAR.

🔹Milliy sertifikatga ega pedagoglarga 50% ustama to‘lanadi.

🔹208 ta tuman va shaharning lider o‘qituvchilariga har yili 30 mln so‘mdan mukofot beriladi.

🔹Har yili 1 000 nafar o‘qituvchi xorijda stajirovka o‘taydi.

🔹Kamida 15 yil pedagogik stajga ega o‘qituvchilarning farzandlariga oliy ta’lim kontraktini to‘lash uchun foizsiz kredit ajratiladi.

🔹Xorijiy va milliy sertifikat olgan pedagoglarning sertifikat imtihoni xarajatlari to‘liq qoplanadi.

🔹Xorazmiy, Farg‘oniy, Beruniy, Ibn Sino, Mendeleyev nomidagi xalqaro va mintaqaviy olimpiadalarda g‘olib bo‘lgan o‘quvchilarni tayyorlagan ustozlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri oliy toifa beriladi.

🔹4-sinf o‘quvchilari uchun fan olimpiadalari yo‘lga qo‘yiladi. G‘olib o‘quvchilarga kompyuter, ularning ustozlariga esa pul mukofoti beriladi.

🔹100 ta maktabda ayrim sinflarda matematika, informatika va tabiiy fanlar to‘liq ingliz tilida o‘qitiladi. Bu loyihada ishlaydigan o‘qituvchilarga 100% ustama belgilanadi.

🔹O‘qituvchilarning majburiy bir oylik malaka oshirish kurslari o‘rniga kasbiy rivojlanish vaucherlari joriy qilinadi. Pedagog o‘ziga kerakli 18–72 soatlik ta’limni tanlaydi.

🔹Maktablar uchun “sifat indeksi” joriy etiladi. Ilg‘or maktab boshqa maktablarga tajriba o‘rgatib, ularning yuqori toifaga chiqishiga yordam bersa, ilg‘or maktab pedagoglariga 30% ustama beriladi.

💰Oylik bot

🔰Kanalimizga obuna bo‘ling!
👇👇👇👇👇👇👇
https://t.me/maktab_e
Telegram MAKTAB️ Ushbu kanal o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Faxriddin Tursunov tomonidan yuritiladi. Kanalga xush kelibsiz! Savol va takliflar uchun: @Maktabgamurojat_bot Reklama bo‘yicha: @reklama_da
  • ❤ 113
  • 👍 29
  • 🤩 4
  • 🎉 2
Post #4577 62.1K
⚡️HURMATLI BOSHLANG‘ICH TAʼLIM FANI USTOZLARI VA AZIZ O‘QUVCHILARI.

Aqlvoy bot yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan yangicha formatda ish boshlamoqda.

Endilikda siz bir haftalik ishlagan testlaringiz natijasiga ko‘ra sertifikat olishingiz mumkin. Buning uchun "📋Sertifikat olish" bo‘limiga kirib kerakli amallarni bajarasiz va sertifikatni yuklab olasiz.

Bu o‘quvchilarga qo‘shimcha motivatsiya beradi.

✅Aqlvoy botiga har shanba kuni bir haftalik mavzular asosida yangi testlar joylab boriladi. Testlar tajribali ustozlar tomonidan tuziladi.


Sertifikat olish
Aqlvoyga kirish
  • ❤ 67
  • 👍 20
  • 🎉 6
Post #4576 56.6K
⚡️️O'QUVCHI DARSDAN CHIQARIB YUBORISH MUMKINMI?

Maktabga kеlgan o'quvchini dars vaqtida qarovsiz qoldirib, ularni kеchikkani, o'quv qurollari yoki maktab formasining yo'qligi uchun darsdan haydab chiqarib yuborish mumkin emas.

Darsga kеchikish, o'quvchilar tomonidan o'quv-qurollarini olib kеlinmasligi yoki maktab formasining yo'qligi ularni darsga kiritilmasligiga asos bo'lmaydi. Ta'lim muassalaridagi o'quv jarayoni «qonuniylik, dеmokratik, kamsitishga yo'l qo'ymaslik va hurmat» prinsiplariga asoslanishi kеrak.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining 2026-yil 19-yanvardagi 18-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan "Umumiy o'rta ta'lim muassasalarining ichki tartib va odob-axloq qoidalari"ga ko'ra, o'qituvchilar jamoa a'zolari va boshqalaring shaxsiyatini va qadr-qimmatini kamsitishi, o'quvchilarni dars mashg'ulotlaridan asossiz chiqarib yuborish yoki kiritmasligi hamda “Chiqish” qo'ng'irog'i chalingandan kеyin o'quvchilarni sinfxonada ushlab o'tirishi mumkin emas.

❕Xo'sh, unda maktab ichiki tartib qoidalariga bo'ysunmagan o'quvchilarga qanday chora ko'riladi?

"Umumiy o'rta ta'lim muassasalarining ichki tartib va odob-axloq qoidalari"ga ko'ra, taritibbuzar o'quvchilar ota-onasiga nisbatan muassasaga biriktirilgan inspеktor-psixolog tomonidan tеgishli ma'muriy javobgarlik choralarini qo'llash ham mumkin. (o'ta og'ir holatlarda)

Shuningdеk, qoida buzilish holatlari kuzatilganda, o'quvchini muassasa ichki nazorat ro'yxatiga olish va yakka tartibda shug'ullanish, farzandi tarbiyasiga mas'uliyatsizlik bilan yondashayotgan ota-onalarning ish joyiga yoki mahalla fuqarolar yig'iniga ma'lumot yuborish ham mumkin.

❕Muhim eslatma: Yuqoridagi qoidalarga amal qilmay o'quvchilarni shaxsiyatiga tеgish yoki darsdan chiqarib yuborish pеdagog xodimlarning zarariga ishlashi mumkin. Shu sababli, bunday masalalarni bosiqlik yo'li bilan hal etish maqsadga muvofiq.

💰Oylik bot

🔰 Kanalimizga obuna bo‘ling!
👇👇👇👇👇👇👇
https://t.me/maktab_e
Telegram MAKTAB️ Ushbu kanal o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Faxriddin Tursunov tomonidan yuritiladi. Kanalga xush kelibsiz! Savol va takliflar uchun: @Maktabgamurojat_bot Reklama bo‘yicha: @reklama_da
  • ❤ 73
  • 👍 18
  • 🎉 9
  • 😁 7
  • 😡 7
  • 🤔 6
Post #4575 53.7K
⚡️Ona tili va adabiyot, tarix va geografiya fanlaridan talablarni qo‘shimcha ro‘yxatga olish boshlandi

📱Ona tili va adabiyot, tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tib, belgilangan muddatda to‘lovni amalga oshirmagan talabgorlarning arizalari bekor qilinib, ushbu o‘rinlar uchun qo‘shimcharo‘yxatga olish boshlandi.

🌎 Imtihonda ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib, kun yakuniga qadar to‘lovni amalga oshirishi mumkin.

📝 Talabgorlar hududlar kesimidagi o‘tirish o‘rinlari sonidan kelib chiqqan holda quyidagi sanalar uchun ro‘yxatdan o‘tishi mumkin:

🔹 23-oktabr — geografiya(elektron shaklda);
🔹 24-25-26-oktabr — ona tili va adabiyot;
🔹 24-oktabr — qoraqalpoq tili va adabiyot;
🔹 25-oktabr — rus tili va adabiyot;
🔹 31-oktabr — tarix.

❗️Izoh: 27-oktabr kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan tarix fanidan milliy sertifikat imtihoni Agentlikdagi ish hajmidan kelib chiqqan holda 31-oktabr kuni o‘tkaziladi.

Ma’lumot uchun, ushbu fanlardan keyingi milliy sertifikat imtihonlari dekabr oyida o‘tkaziladi va talabgorlar 20-noyabrdan 4-dekabrga qadar ro‘yxatda o‘tishlari mumkin bo‘ladi.

💰Oylik bot

🔰Kanalimizga obuna bo‘ling!
👇👇👇👇👇👇👇
https://t.me/maktab_e
Telegram MAKTAB️ Ushbu kanal o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Faxriddin Tursunov tomonidan yuritiladi. Kanalga xush kelibsiz! Savol va takliflar uchun: @Maktabgamurojat_bot Reklama bo‘yicha: @reklama_da
  • ❤ 48
  • 👍 13
  • 🎉 8
  • 🤔 3
Post #4574 51.5K
⚡️PREZIDENT FARMONI BILAN

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi birlashtrildi.

Ta’lim va ilm-fan vazirligi sifatida qayta tashkil etildi.

Ushbu islohotning asosiy maqsadi mamlakatimizda ta’lim, tarbiya va ilm-fanning yaxlit tizimini zamon talablari asosida tashkil etish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish hamda inson kapitalini rivojlantirish bo‘yicha ishlarni yangi darajaga olib chiqishdan iborat.

Shuningdek, ta’limning barcha turlari o‘rtasidagi o‘zaro uzviylik va bardavomlikni ta’minlash, maktabgacha ta’limdan tortib oliy ta’limgacha barcha bosqichlarni hamda ilmiy faoliyatni qamrab olgan yagona samarali boshqaruv tizimini joriy qilish, uning jamoatchilik oldida hisobdorligini oshirish ko‘zda tutilgan.

Manba

💰Oylik bot

🔰Kanalimizga obuna bo‘ling!
👇👇👇👇👇👇👇
https://t.me/maktab_e
Telegram MAKTAB️ Ushbu kanal o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Faxriddin Tursunov tomonidan yuritiladi. Kanalga xush kelibsiz! Savol va takliflar uchun: @Maktabgamurojat_bot Reklama bo‘yicha: @reklama_da
  • ❤ 66
  • 👍 17
  • 🎉 9
  • 😁 7
Post #4568 51.5K
⚡️MAKTAB RAHBARIYATI OʼQITUVCHINI TEKSHIRISHGA KIRGANDA, OʼQITUVCHI ULARNI SINFDAN CHIQARIB YUBORISHI MUMKINMI??

Аssalom aleykum! Maktab rahbariyati yoki tahlil guruhi oʼqituvchining darsini tahlil qilishga kirganda, oʼqituvchi ularni sinfdan chiqarib yuborishi mumkinmi?

YURIST JАVOBI:

Taʼlim toʼgʼrisidagi qonunda maktab rahbariyatining bunday harakatlariga cheklov oʼrnatilmagan.

Ikkinchidan, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2026-yil 19-yanvardagi 18-sonli buyrugʼiga asosan direktorning oʼquvchilarning bilimlari sifatini davlat taʼlim standartlariga mos kelishini, tarbiyaviy ishlar samaradorligini taʼminlash va nazorat qilish, oʼquvchilarning fanlarni oʼzlashtirishini yaxshilash va ularga sifatli taʼlim berish maqsadida maktabni uzluksiz rivojlantirish choralarini koʼrish lavozim majburiyati belgilangan.

Oʼquv ishlari boʼyicha direktor oʼrinbosarining maktabda taʼlim standartlari talablari bajarilishini nazorat qilish, oʼqituvchilarning ilgʼor tajribalarini oʼrganish va umumlashtirishni, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy qilishni tashkil etish majburiyati belgilgan.

Maʼnaviy-maʼnaviy ishlar boʼyicha direktor oʼrinbosarining lavozim majburiyatlari qatorida taʼlim muassasasida maʼnaviy-axloqiy tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish, pedagog xodimlarni tanlash va joy-joyiga qoʼyishda ishtirok etish, yuqori malakali oʼqituvchilarning ilgʼor pedagogik tajribasini oʼrganish, umumlashtirish va ularni ommalashtirish kabilar mavjud.

Shuningdek, psixologning oʼquvchilar rivojlanishiga toʼsqinlik qilayotgan omillarni aniqlash va turli koʼrinishdagi psixologik yordam berish, turli yoʼnalish va maqsadlarda psixologik tashxis oʼtkazish, ruhiy, jismoniy va aqliy qobiliyat, moyillik, imkoniyat kabi sifatlarni aniqlash uchun testlar oʼtkazish kabi majburiyati belgilangan.

Shunday ekan, rahbariyat sinflarda tekshiruv oʼtkazishi mumkin.

Biroq bu jarayon taʼlim muassasasi pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga taʼlim oluvchilar bilimini toʼgʼri va xolis baholashiga taʼsir koʼrsatish bilan ifodalangan tarzda qonunga xilof ravishda aralashish yoki taʼlim muassasasi pedagog xodimining xizmat vazifalarini bajarishiga toʼsqinlik qilishga olib kelsa, Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeks 197-5-moddasiga muvofiq fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan oʼn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʼladi. Bunday holat kuzatilganda, tuman IIBga murojaat qilish kerak.

💰Oylik bot

🔰 Kanalimizga obuna bo‘ling!
👇👇👇👇👇👇👇
https://t.me/maktab_e
Telegram MAKTAB️ Ushbu kanal o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Faxriddin Tursunov tomonidan yuritiladi. Kanalga xush kelibsiz! Savol va takliflar uchun: @Maktabgamurojat_bot Reklama bo‘yicha: @reklama_da
  • ❤ 71
  • 👍 13
  • 🎉 6
Post #4567 57.3K
⚡️YANGI BAHOLASH HAQIDA QISQA TUSHINTRISH. BSB, CHSB

Yangi baholash tartibining asosiy jihatini soda qilib tushintirishga xarakat qilamiz.

Yangi baholash ikki asosiy guruhga bo’linadi.

❗️Formativ baholash hamda Summativ baholash

Formativ baholash – oʻqituvchi va oʻquvchilar oʻrtasidagi uzluksiz fikr almashish jarayonidir. Ya’niy, kunlik qo’yiladigon baholar va u maksimal 10 ball bilan baholanadi.

Summativ baholash – oʻqishning maʼlum bir davrida (oʻquv dasturining boʻlim va boblari, choraklik, oʻquv yili oxirida) oʻquvchining davlat taʼlim standarti va oʻquv dasturlarida belgilangan kompetensiyalarni egallaganlik darajasini rasmiy baholash jarayoni boʻlib, test, yozma ish, ogʻzaki suhbat, loyiha ishi, taqdimot ishlari, amaliy mashgʻulot, laboratoriya ishi, ijodiy ishlar va shu kabi boshqa shakllar yordamida amalga oshiriladi. Ya’niy, summativ baholash imtihonlarda qo’yiladigan bahodir (joriy, oraliq nazorat, choraklik va hakazo) va u maksimal 90 ball bilan baholanadi. Summativ baholashning o'zi ham  ikki guruhga bo’linadi.

BSB – bob boʻyicha summativ baholash maksimall 50 ball, CHSB – chorak boʻyicha summativ baholash maksimall 40 ball

Demak, formativ baholash (10 ball), sumativ baholash (90 ball, (BSB 50 ball, CHSB 40 ball)) jami 100 ball.

Ushbu baholar chorak davomida yig’iladi va 100 ballik tizimda ballanib choraklik 2-3-4-5 baholarga konvertatsiyalanadi.

86-100 ball 5 baho
66-85 ball 4 baho
30-65 ball 3 baho
0-29 ball 2 baho


Asos: MMTV ning 2024-yil 7-avgustdagi 250-sonli buyrug‘i

💰Oylik bot

🔰Kanalimizga obuna bo‘ling!
👇👇👇👇👇👇👇
https://t.me/maktab_e
Telegram MAKTAB️ Ushbu kanal o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Faxriddin Tursunov tomonidan yuritiladi. Kanalga xush kelibsiz! Savol va takliflar uchun: @Maktabgamurojat_bot Reklama bo‘yicha: @reklama_da
  • ❤ 71
  • 👍 14
  • 🎉 5
  • 😡 4
Post #4566 111K
⚡️Oʼquvchi daftar tutmagani uchun uning ota-onasini MJK ning 47-moddasiga asosan ma’muriy javobgarlikka tortish mumkin.

Аssalomu aleykum. Men maktabda  informatika fanidan dars beraman. Darsda oʼquvchilar umuman daftar tutmasa yoki daftarim qolib ketibdi deb har hil baxonalar topib umuman daftar tutmasa, oʼqituvchi ayibdormi bunday holatda oʼqituvchiga qonunan jazo bormi oʼqituvchi nima qilishi kerak bunday vaziyatda oʼquvchilar fandan daftar tutmasa  oʼqituvchi qonunan ayibdor hisoblanadimi?

YURIST JАVOBI:

Oʼquvchi daftar tutmagani uchun oʼqituvchini emas, ota-onani javobgarlikka tortish kerak.

Birinchidan, Taʼlim toʼgʼrisidagi qonun 51-moddasida voyaga yetmagan taʼlim oluvchilarning ota-onasi va boshqa qonuniy vakillarining bir qator majburiyatlari qayd etilgan boʼlib, unga koʼra yuqoridagi shaxslar:

➖ oʼz bolalarini insonparvarlik, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, maʼnaviy, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalashi;

➖ oʼz bolalarining intellektual, maʼnaviy va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratishi;

➖ taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining shaʼni va qadr-qimmatini hurmat qilishi shart.

Аynan mana shu majburiyatlar oʼquvchining qonuniy vakillarining oʼquvchining huquqqa hilof harakatlari uchun javobgarlikni oʼz zimmasiga olishini anglatadi.

Ikkinchidan, 2026-yil 19-yanvardagi 18-sonli buyrugʼiga asosan tasdiqlangan oʼqituvchilarning lavozim majburiyatlarida oʼqituvchining oʼquvchilarga daftar tuttirish majburiyati qayd etilmagan.

Bunday holatda ota-onaga Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeks 47-modddasi ikkinchi qismi bilan javobgarlik chorasi qoʼllaniladi.

Yaʼni Xuddi shunday huquqbuzarliklar maʼmuriy jazo chorasi qoʼllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʼlsa:
➖ bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʼladi.

💰Oylik bot

🔰Kanalimizga obuna bo‘ling!
👇👇👇👇👇👇👇
https://t.me/maktab_e
Telegram MAKTAB️ Ushbu kanal o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Faxriddin Tursunov tomonidan yuritiladi. Kanalga xush kelibsiz! Savol va takliflar uchun: @Maktabgamurojat_bot Reklama bo‘yicha: @reklama_da
  • ❤ 103
  • 👍 27
  • 🎉 9
  • 👏 2
  • 🤔 2
Older posts →
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →