⚡️O‘QITUVCHILAR UCHUN YANGI IMTIYOZLAR.
🔹Milliy sertifikatga ega pedagoglarga 50% ustama to‘lanadi.
🔹208 ta tuman va shaharning lider o‘qituvchilariga har yili 30 mln so‘mdan mukofot beriladi.
🔹Har yili 1 000 nafar o‘qituvchi xorijda stajirovka o‘taydi.
🔹Kamida 15 yil pedagogik stajga ega o‘qituvchilarning farzandlariga oliy ta’lim kontraktini to‘lash uchun foizsiz kredit ajratiladi.
🔹Xorijiy va milliy sertifikat olgan pedagoglarning sertifikat imtihoni xarajatlari to‘liq qoplanadi.
🔹Xorazmiy, Farg‘oniy, Beruniy, Ibn Sino, Mendeleyev nomidagi xalqaro va mintaqaviy olimpiadalarda g‘olib bo‘lgan o‘quvchilarni tayyorlagan ustozlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri oliy toifa beriladi.
🔹4-sinf o‘quvchilari uchun fan olimpiadalari yo‘lga qo‘yiladi. G‘olib o‘quvchilarga kompyuter, ularning ustozlariga esa pul mukofoti beriladi.
🔹100 ta maktabda ayrim sinflarda matematika, informatika va tabiiy fanlar to‘liq ingliz tilida o‘qitiladi. Bu loyihada ishlaydigan o‘qituvchilarga 100% ustama belgilanadi.
🔹O‘qituvchilarning majburiy bir oylik malaka oshirish kurslari o‘rniga kasbiy rivojlanish vaucherlari joriy qilinadi. Pedagog o‘ziga kerakli 18–72 soatlik ta’limni tanlaydi.
🔹Maktablar uchun “sifat indeksi” joriy etiladi. Ilg‘or maktab boshqa maktablarga tajriba o‘rgatib, ularning yuqori toifaga chiqishiga yordam bersa, ilg‘or maktab pedagoglariga 30% ustama beriladi.
💰Oylik bot
🔰Kanalimizga obuna bo‘ling!
👇👇👇👇👇👇👇
https://t.me/maktab_e
Post #4579
71.6K