TGViewer
Channel Public Channel
MAKTAB️

MAKTAB️

@maktab_e

Ushbu kanal o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Faxriddin Tursunov tomonidan yuritiladi. Kanalga xush kelibsiz!

Savol va takliflar uchun: @Maktabgamurojat_bot

Reklama bo‘yicha: @reklama_da
Subscribers
186K
Photos
259
Videos
141
Links
3K
Recent Posts 14 shown
Post #4612 36.4K
⚡️14–21-OKTABR KUNLARI DEMO CHSBLARI O‘TKAZILADI. (YANGI BAHOLASHGAN O‘TGAN MAKTABLAR UCHUN)

Quyidagi sinflarda tegishli fanlardan online DEMO CHSBlar 2026-yil 14-21-oktabr kunlari o‘tkaziladi.
 
🔹5-6-7-sinflarda Matematika, Ona tili
🔹8-sinfda Algebra, Fizika
🔹9-sinfda Algebra, Biologiya
🔹10-sinfda Algebra, Kimyo
🔹11-sinfda Algebra, Chet tili

 
DEMO CHSBni berish uchun ish o‘tkaziladigan sinf jurnaliga o‘ting va quyidagilarni tanlang:
«BSB/CHSB chiqarish» → «CHSB» → « DEMO Berish»

⚠️Diqqat: Topshiriqlarni faqat shu sinfda tegishli fandan dars beradigan o‘qituvchi bera oladi. Administrator topshiriqlarni bera olmaydi.

💰Oylik bot

🔰Kanalimizga obuna bo‘ling!
👇👇👇👇👇👇👇
https://t.me/maktab_e
Telegram MAKTAB️ Ushbu kanal o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Faxriddin Tursunov tomonidan yuritiladi. Kanalga xush kelibsiz! Savol va takliflar uchun: @Maktabgamurojat_bot Reklama bo‘yicha: @reklama_da
  • ❤ 41
  • 👍 17
  • 💯 7
Post #4611 37.5K
⚡️IKKINCHI BOSQICH OLIMPIADANING O‘TKAZILISH SANALARI.

Asosiy olimpiadaning tuman (shahar) bosqichi joriy yilning 15–27-oktabr kunlari respublikamiz bo‘ylab o‘tkaziladi.

15-oktabr — Geografiya
16-oktabr — Tarix
17-oktabr — Kimyo
18-oktabr — Fizika
19-oktabr — Biologiya
20-oktabr — Matematika
21-oktabr — Informatika
22-oktabr — Rus tili va adabiyoti / Fransuz tili
23-oktabr — Qoraqalpoq tili / Tojik tili / Nemis tili
24-oktabr — O‘zbek tili (davlat tili) / Qozoq tili
25-oktabr — Ingliz tili
26-oktabr — Davlat va huquq asoslari
27-oktabr — Ona tili va adabiyoti

💰Oylik bot

🔰Kanalimizga obuna bo‘ling!
👇👇👇👇👇👇👇
https://t.me/maktab_e
Telegram MAKTAB️ Ushbu kanal o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Faxriddin Tursunov tomonidan yuritiladi. Kanalga xush kelibsiz! Savol va takliflar uchun: @Maktabgamurojat_bot Reklama bo‘yicha: @reklama_da
  • ❤ 49
  • 👍 13
  • 💯 3
  • 🤔 1
Post #4610 33.6K
⚡️SINF JURNALIGA DAVOMAT BELGILARI QUYIDAGICHA KIRITILISHI SHART

Xalq ta’limi vazirining (hozirgi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi) 2О22-уil 24-iyundagi 205-son buyrug‘iga asosan davomat belgilari quyidagicha qayd etiladi.

❗️Fan o‘qituvchilari tomonidan faqat kichik xarflarda qayd etiladi:👇

s — hech qanday sababsiz dars qoldirganini ko‘rsatish uchun;
kq — darsga kechikishni ko‘rsatish uchun.(baxolash mumkin).


❗️Faqat sinf rahbari faqat kichik xarflarda qayd etadi: 👇

s — hech qanday sababsiz dars qoldirganligini ko‘rsatish uchun;
dq — sababli dars qoldirganligini ko‘rsatish uchun;
k — kasallik sababli dars qoldirganligini ko‘rsatish uchun;
kq — darsga kechikib kerganligini ko‘rsatish uchun;
m — surunkali dars qoldirayotganligini ko‘rsatish uchun;
ch — respublikadan tashqariga ruxsatsiz chiqib ketganligini ko‘rsatish uchun;
q — ta’lim olishga ota-onasi qarshilik qilayotganligini ko‘rsatish uchun;
ns — ota-ona nazoratsizligi sababli darsga kelmaydiganligini ko‘rsatish uchun;
tq — turmushga chiqqanligi tufayli darsga kelmaydiganligini ko‘rsatish uchun qo‘yish belgilanadi.


⚠️ESLATMA:
Fan o'qituvchilari darsda qatnashgan o'quvchilarning 30% ni baholashi va "Dars o'tildi" qaydiga belgi qo'yishi zarur.

O‘quvchilar o‘z vaqtida (1 smenali maktablar uchun 9.00 dan 21.00 gacha, 2 smenali maktablar uchun joriy kundan ertasi kuni 13.00 gacha) baholanmasligi, belgining qo‘yilmasligi o‘qituvchini dars o‘tmaganligini bildiradi va ushbu dars uchun haq to‘lanmaydi.

💰Oylik bot

🔰Kanalimizga obuna bo‘ling!
👇👇👇👇👇👇👇
https://t.me/maktab_e
Telegram MAKTAB️ Ushbu kanal o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Faxriddin Tursunov tomonidan yuritiladi. Kanalga xush kelibsiz! Savol va takliflar uchun: @Maktabgamurojat_bot Reklama bo‘yicha: @reklama_da
  • ❤ 57
  • 👍 11
  • 🎉 2
Post #4609 23.4K
🇹🇷TURK TILI — YANGI IMKONIYATLAR SARI!

3️⃣ oyda 🔤➖2️⃣&🔤➖1️⃣

📣1️⃣5️⃣-oktyabr | 2️⃣1️⃣➖🔤🔤 — BEPUL OCHIQ DARS

🛍Turk tilini tajribali ustoz bilan o‘rganishni boshlang!📌

Turkiyada 5️⃣ yil yashab, amaliy tajriba orttirgan ustoz bilan:

✔️— Okuma — o‘qish
✔️—Yazma — yozish
✔️— Dinleme — tinglab tushunish
✔️— Konuşma — gapirish

💯Online va 💯offline kurslar mavjud.

📉Ochiq darsda qatnashing va turk tilini o‘rganish sari ilk qadamingizni qo‘ying📈

✈️ Murojaat: @Hurdil
✈️Tel: 942815191

▶️Darvoqe 🔤 dan kurs söraganlarga oylik tölovimiz mega chegirmadaaaa bunaqasi bölmagan endilikta siz hoziroq murojaat qilip 3️⃣🔤🔤 ❌❌2️⃣5️⃣🔤minga gruhga qöşiling Joylar soni cheklangan📣

💥TÜRKÇE ÖĞRENİYORUM💥
🔽🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤
🔤🔤🔤🔤🔤🔽

https://t.me/+PKRL1wIP57syODcy
  • ❤ 42
  • 👍 14
  • 🎉 5
  • 👏 1
Post #4608 32.1K
⚡️“Ta’limga bekorga eng ishongan kadrimni olib kelmadim” — Shavkat Mirziyoyev

Davlatimiz rahbari Yangi Toshkentda o‘tkazilgan uchrashuvda Ta’lim va ilm-fan vazirligi hamda unga rahbar etib tayinlangan Erkinjon Turdimov haqida to‘xtalib o‘tdi.

“Son ko‘paydi, sifat esa kam. Bundan keyin har bir universitet kim uchun qanday kadr tayyorlashini o‘zi uchun aniq belgilab olishi kerak. To‘rtta viloyatga hokim bo‘lgan odamni Ta’lim vazirligiga bekorga olib kelmadim”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

💰Oylik bot

🔰Kanalimizga obuna bo‘ling!
👇👇👇👇👇👇👇
https://t.me/maktab_e
  • 👍 95
  • ❤ 55
  • 👏 9
  • 🐳 7
  • 🎉 6
Post #4601 34.5K
⚡️Erkinjon Turdimov: Ta’limdagi har bir o‘zgarish yoshlar hayotida sezilishi kerak

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov vazirlik tizimi xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqotda yoshlar, o‘quvchi va talabalarni qiynayotgan masalalarni o‘rganish, ularning dardini eshitish, sifatli ta’lim olishi uchun yanada yaxshi sharoit yaratishga alohida e’tibor qaratildi.

Bola bog‘chaga borishi, o‘quvchi maktabda puxta bilim olishi, talaba esa egallagan bilimi va kasbi bilan hayotda o‘z o‘rnini topishi kerak. Shu maqsadda maktabgacha ta’lim qamrovini kengaytirish, ta’lim sifatini oshirish, yoshlarni kasbga tayyorlash va ilm-fanga qiziqishini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

O‘qituvchining jamiyatdagi obro‘si va nufuzini yuksaltirish, uning mehnati qadrlanishi, o‘z ustida ishlashi va bor e’tiborini ta’limga qaratishi uchun munosib sharoit yaratish ham muhim vazifalardan biri sifatida qayd etildi.

Erkinjon Turdimov muammolarni sanab o‘tish bilan cheklanmasdan, har biri bo‘yicha amaliy yechim qilish zarurligini ta’kidladi. Xodimlarga o‘quvchi, talaba va pedagog hayotida ijobiy o‘zgarish beradigan aniq takliflar tayyorlash vazifasi qo‘yildi.

💰Oylik bot

🔰Kanalimizga obuna bo‘ling!
👇👇👇👇👇👇👇
https://t.me/maktab_e
  • 👍 75
  • ❤ 56
  • 🎉 5
  • 🐳 5
  • 😁 3
  • 👏 2
Post #4600 31.5K
⚡️MAKTABLAR HAR YILI ICHKI ATTESTATSIYA BAHOLASH JARAYONIDAN OʻTKAZILISHI SHART.

Attestatsiya taʼlim tashkilotlarining faoliyatini ichki va tashqi baholashdan iborat ikki bosqichda oʻtkaziladi.Taʼlim tashkilotlari faoliyatini ichki baholash tashqi baholashdan kamida ikki oy oldin oʻtkaziladi. Ichki baholash jarayonlari 24 ish kunigacha davom etishi mumkin.

Attestatsiya komissiyalari tomonidan taʼlim tashkilotlari faoliyatini tashqi baholash 3 ish kunigacha muddatda amalga oshiriladi.

Maktabgacha taʼlim tashkilotlari 5 yilda, umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari esa 11 yilda kamida bir marta majburiy tarzda akkreditatsiya muddati kelganda attestatsiyadan oʻtkaziladi.

Davlat taʼlim tashkilotlarida ichki baholash har yili amalga oshiriladi va natijalari tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari yoki Vazirlikning hududiy boshqarma rahbarlarining elektron raqamli imzosi bilan onlayn akkreditatsiya platformasiga joylashtirib boriladi.

Ichki baholah natijalari har yili 1-noyabrga qadar maxsus platformaga joylanishi kerak.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-fevraldagi 91-son qarori

💰Oylik bot

🔰Kanalimizga obuna bo‘ling!
👇👇👇👇👇👇👇
https://t.me/maktab_e
Telegram MAKTAB️ Ushbu kanal o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Faxriddin Tursunov tomonidan yuritiladi. Kanalga xush kelibsiz! Savol va takliflar uchun: @Maktabgamurojat_bot Reklama bo‘yicha: @reklama_da
  • ❤ 44
  • 👍 9
  • 🤩 4
  • 🤔 2
Post #4599 47.1K
⚡️KRK KRS KUNLAR QUYIDAGICHA ETIB BELGILAN.
Kasbiy rivojlanish kunlari

📆Dushanba-ijtimoiy fanlar (tarix, davlat va huquq asoslari, tarbiya)

📆Seshanba- filologiya fanlari (ona tili va adabiyot, o‘zbek tili/rus tili)

📆Chorshanba- tabiiy fanlar (fizika va astronomiya, kimyo, biologiya, geografiya va iqtisodiyot, tabiiy fan – Science)

📆Payshanba- aniq fanlar (matematika, informatika va axborot texnologiyalari)

📆Juma- xorijiy tillar

📆Shanba- amaliy fanlar (tasviriy san’at, chizmachilik, musiqa madaniyati, texnologiya, jismoniy tarbiya, chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik) va boshlang‘ich ta’lim

Asos: MMTV ning 2024-yil 7-avgust kungi 246-sonli buyrug‘i.

💰Oylik bot

🔰 Kanalimizga obuna bo‘ling!
👇👇👇👇👇👇👇
https://t.me/maktab_e
Telegram MAKTAB️ Ushbu kanal o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Faxriddin Tursunov tomonidan yuritiladi. Kanalga xush kelibsiz! Savol va takliflar uchun: @Maktabgamurojat_bot Reklama bo‘yicha: @reklama_da
  • ❤ 84
  • 👍 26
  • 🎉 11
  • 👏 3
Post #4598 37.7K

Forwarded from MAKTAB️

⚡️PEDAGOGIK KENGASH BO'YICHA

Xalq taʼlimi vazirining 2016-yil 30-maydagi
6-mh-son buyrugʻiga ko'ra

Pedagogik kengash taʼlim tashkiloti faoliyatiga doir asosiy masalalar kollegial muhokama qilinadigan, oʻquv-tarbiya jarayonini rivojlantirish, takomillashtirish, uning faoliyati bilan bogʻliq barcha tashkiliy masalalarni muvofiqlashtirish boʻyicha doimiy faoliyat yuritadigan oliy organ hisoblanadi.

Har bir pedagog xodimi ishga qabul qilingan paytdan boshlab pedagogik kengashning aʼzosi hisoblanadi. Pedagogik kengash kotibi pedagog xodimlar orasidan tayinlanadi.
Pedagogik kengash faoliyati yillik ish reja asosida tashkil etiladi. Ish reja pedagogik kengash yigʻilishida koʻrib chiqilib, maʼqullanganidan soʻng direktor tomonidan tasdiqlanadi.
 
Pedagogik kengash faoliyatiga oid quyidagi hujjatlar boʻlishi lozim:
 
🔹pedagogik kengashi toʻgʻrisidagi nizom;
🔹pedagogik kengashning tasdiqlangan ish rejasi;
🔹pedagogik kengash bayonnomasi yigʻmajildlari (reyestri);
🔹pedagogik kengash yigʻilishi bayonnomalari;
🔹pedagogik kengash yigʻilishida muhokama qilingan masalalar yuzasidan tahliliy materiallar.

Pedagogik kengash hujjatlarining saqlanishiga pedagogik kengash raisi va kotibi javobgar hisoblanadi.

Pedagogik kengashning ish rejasi va avgust bayoni (maruzalari bilan) kerak bo'lsa quyidagi tugmaga bosing👇
@hujjatlar_mutahasisi
  • ❤ 68
  • 👍 12
  • 🎉 7
Post #4597 35.8K

Forwarded from Edu - Taʼlim yangiliklari

⚡️Rasman: Maktab oʻquvchilari uchun 4 000 ta GRANT ajratiladi

— Hujjatlar 15-oktyabrga qadar yagona internet portal orqali onlayn shaklda qabul qilinadi.

🇺🇿 Respublika miqyosida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumta’lim maktablarining 5–11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida Registon o‘quv markazi hamda Regbooks nashriyoti tomonidan bilimlar bellashuviga start berildi.

Tanlov iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularning bilimini baholash, sifatli ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish hamda munosib rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilmoqda.


Tanlovda ishtirok etish BEPUL.

📚 Tanlov quyidagi 8 ta fan doirasida boʻlib oʻtadi:
— Tarix;
— Kimyo;
— Huquq;
— Biologiya;
— Matematika;
— Ingliz tili;
— Ona tili va adabiyoti;
— Rus tili va adabiyoti.

👉 Ro'yxatdan o'tish
👉 Ro'yxatdan o'tish

Edu - ta'lim yangiliklari✅️👇
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
  • ❤ 57
  • 👍 19
  • 🎉 4
  • 👏 3
  • 😁 3
  • 🐳 1
Post #4596 43.5K
⚡️OʻQITUVCHINING LAVOZIM MAJBURIYATLARI QUYIDAGICHA.

MMTV vazirining 2026-yil 19-yanvardagi 18-sonli buyrugʻiga asosan:

🔹pedagogik xodimga belgilangan ish yuklamasini, jumladan, oʻquv-tarbiya jarayoni, oʻquv-tarbiya jarayonining metodik taʼminoti va tashkiliy-pedagogik jarayonlarga oid ishlarni oʻz vaqtida bajarish;

🔹dars mashgʻulotlarini rahbariyat tomonidan tasdiqlangan dars jadvali hamda taqvim-mavzu reja asosida olib borish;

🔹taʼlim sifatini oshirish maqsadida oʻz fani boʻyicha tarqatma va koʻrgazmali materiallarni tayyorlaydi (markazlashgan holda, jumladan vazirlik tomonidan taqdim yoki tavsiya etiladigan taʼlim portallarida elektron shakldagi tarqatma va koʻrgazmali materiallar boʻlmasa) va ulardan dars jarayonida samarali foydalanish;

🔹oʻquvchilarni oʻzlashtirgan bilimlarini amaliyotda mustaqil qoʻllay olishga oʻrgatish;

🔹oʻquvchilarda oʻz fani boʻyicha bilim va koʻnikmalarni shakllantirish, dars jarayonida oʻquvchilarning odob-axloq qoidalariga rioya qilishini taʼminlash;

🔹oʻz fani boʻyicha joriy, oraliq va yakuniy nazorat ishlarini oʻtkazadi, oʻquvchilarning yozma ishlari va daftarlarini tekshirish;

🔹umumiy oʻrta taʼlimning davlat taʼlim standarti va oʻquv dasturlariga muvofiq oʻz fani boʻyicha taqvim-mavzu rejalarni tuzish;

🔹oʻz ehtiyojiga koʻra fan oʻqituvchilari tomonidan oʻtiladigan darslarni kuzatish, dars tahlili natijasida oʻzaro tajriba almashish;

🔹pedagogik kengash, metodbirlashma yigʻilishlari, oʻquv-seminar, ochiq darslar va metodik materiallar ishlab chiqishda ishtirok etish;

🔹oʻz fani boʻyicha taqvim-mavzu reja asosida oʻtilgan mavzularni, oʻquvchilarning oʻtilgan mavzularni oʻzlashtirish bahosini va davomatini dars oʻtilgan kunning oʻzida elektron jurnalga qayd etish (bunda elektron jurnal joriy etilgan maktablarda anʼanaviy jurnalga baholashga yoʻl qoʻyilmaydi hamda elektron avtomatik davomat joriy qilingan maktablarda davomatni qayd etish oʻqituvchining vazifasiga kirmaydi);

🔹oʻquvchilarning qobiliyat va isteʼdodlarini rivojlantirishni nazarda tutgan holda, fanlarni oʻzlashtirishda qiynalayotgan va iqtidorli oʻquvchilar bilan ishlash maqsadida oʻz fani boʻyicha toʻgarak mashgʻulotlarini tashkil etish;

🔹oʻquvchilarni oʻz fani boʻyicha fanlar olimpiadalari, turli tanlovlar va musobaqalarga tayyorlash;

🔹oʻz fani boʻyicha belgilangan metodik kunda oʻzining kasbiy mahoratini oshirish maqsadida oʻz ustida mustaqil ishlash, ilgʻor taʼlim metodlarini oʻrganish va doimiy ravishda malakasini oshirib borish choralarini koʻrish;

🔹oʻziga biriktirilgan sinf xonalari, laboratoriya xonalaridagi qurilmalar, texnik vositalar, boshqa moddiy boyliklarning saqlanishini va ulardan oʻquv-metodik maqsadlarda samarali foydalanishni taʼminlash;

🔹taʼlim muassasasi rahbari bilan tuzilgan mehnat shartnomasi shartlariga amal qilish;

🔹oʻquvchilar huquqlariga va bolalarni muhofaza qilishga oid qonunchilik talablariga rioya qilish;

🔹taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini hurmat qilish;

🔹taʼlim muassasa obroʻsi va shaʼniga putur yetkazishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;

🔹taʼlim muassasasi ustavi, kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena, ichki mehnat tartibi, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish;

🔹foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy texnikadan oqilona foydalanilishi va but saqlanishini hamda oʻzi ish olib boradigan xonada yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlash;

🔹bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etmaslik, zoʻravonlikka uchragan bolalar toʻgʻrisida ish beruvchisi, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari va ichki ishlar organlarini xabardor qilish;

🔹qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin

💰Oylik bot

🔰Kanalimizga obuna bo‘ling!
👇👇👇👇👇👇👇
https://t.me/maktab_e
Telegram MAKTAB️ Ushbu kanal o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Faxriddin Tursunov tomonidan yuritiladi. Kanalga xush kelibsiz! Savol va takliflar uchun: @Maktabgamurojat_bot Reklama bo‘yicha: @reklama_da
  • ❤ 64
  • 👍 22
  • 🎉 5
Post #4595 45.7K
MAKTAB️ ⚡️RASMIY XABAR Turdimov Erkinjon Oqbo‘tayevich Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan bosh vazirning birinchi oʻrinbosari — taʼlim va ilm-fan vaziri lavozimiga tasdiqlandi. E.Turdimov ayni vaqtga qadar Sirdaryo viloyat hokimi lavozimida ishlab…
⚡️Prezident farmoni: Erkinjon Turdimov bosh vazirning birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri etib tayinlandi. Saida Mirziyoyevaga sohadagi yangi vazifalarni samarali tashkillashtirish yuklatildi

Shuningdek, tegishli farmon bilan Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziri lavozimi kiritildi. Ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyati tashkil qilindi.

Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziri respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari – vazirliklar, qo‘mitalar, agentliklar va inspeksiyalar rahbarlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash sohalarida zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish bo‘yicha faoliyatiga vakolati doirasida umumiyrahbarlik qilishi, ularni muvofiqlashtirishi belgilandi.

Ushbu yo‘nalishlar ijrosini nazorat qilish va tashkil qilish Prezident Administratsiyasi Rahbari S.Sh. Mirziyoyeva zimmasiga yuklandi.

💰Oylik bot

🔰Kanalimizga obuna bo‘ling!
👇👇👇👇👇👇👇
https://t.me/maktab_e
Telegram MAKTAB️ Ushbu kanal o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Faxriddin Tursunov tomonidan yuritiladi. Kanalga xush kelibsiz! Savol va takliflar uchun: @Maktabgamurojat_bot Reklama bo‘yicha: @reklama_da
  • ❤ 85
  • 👍 64
  • 🤔 13
  • 🤩 2
Post #4594 55.2K
⚡️RASMIY XABAR

Turdimov Erkinjon Oqbo‘tayevich Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan bosh vazirning birinchi oʻrinbosari — taʼlim va ilm-fan vaziri lavozimiga tasdiqlandi.

E.Turdimov ayni vaqtga qadar Sirdaryo viloyat hokimi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

💰Oylik bot

🔰Kanalimizga obuna bo‘ling!
👇👇👇👇👇👇👇
https://t.me/maktab_e
  • 👍 121
  • ❤ 46
  • 🎉 8
Post #4593 44.3K
⚡️SINF RAHBARILIGI NIZOM BO’YICHA KIMLARGA BERILISHI KERAK

🔹maktabda asosiy ishchi sifatida ishlaydigan (o’rindoshlarga mumkin emas)

🔹boshqaruvchanlik qobilyatiga ega bo’lgan

🔹o’quvchilar bilan ishlash jarayonida mas’uliyat bilan yondasha oladigan

🔹boshlang’ich sinflarda sinf rahbarligi boshlang’ich sinfga biriktirilgan (ona tili, o'qish, matematikadan dars beruvchi) o’qituvchilarga yuklatiladi.

Asoslar: 👇

👩‍💻MMTV ning 2023-yil 27-iyundagi 190-sonli buyrug‘i

👩‍💻MMTVning 2025-yil 25-avgust kungi 308-sonli buyrug‘i

👩‍💻MMTVning 2025-yil 23-oktabrdagi 398-soni buyrugʻi

👩‍💻Adliya vazirligidan 2020-yil 30-iyun 3271-son bilan ro‘yhatdan o‘tkazilgan nizom.

💰Moliyachi bot

🔰 Kanalimizga obuna bo‘ling!
👇👇👇👇👇👇👇
https://t.me/maktab_e
Telegram MAKTAB️ Ushbu kanal o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Faxriddin Tursunov tomonidan yuritiladi. Kanalga xush kelibsiz! Savol va takliflar uchun: @Maktabgamurojat_bot Reklama bo‘yicha: @reklama_da
  • ❤ 53
  • 👍 15
  • 👏 6
  • 🤔 6
  • 🎉 4
  • 😁 2
Older posts →

About this channel

How can I read @maktab_e without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for MAKTAB️: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does MAKTAB️ have?
MAKTAB️ (@maktab_e) has 186K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does MAKTAB️ know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →