⚡️MAKTABLAR HAR YILI ICHKI ATTESTATSIYA BAHOLASH JARAYONIDAN OʻTKAZILISHI SHART.
Attestatsiya taʼlim tashkilotlarining faoliyatini ichki va tashqi baholashdan iborat ikki bosqichda oʻtkaziladi.Taʼlim tashkilotlari faoliyatini ichki baholash tashqi baholashdan kamida ikki oy oldin oʻtkaziladi. Ichki baholash jarayonlari 24 ish kunigacha davom etishi mumkin.
Attestatsiya komissiyalari tomonidan taʼlim tashkilotlari faoliyatini tashqi baholash 3 ish kunigacha muddatda amalga oshiriladi.
Maktabgacha taʼlim tashkilotlari 5 yilda, umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari esa 11 yilda kamida bir marta majburiy tarzda akkreditatsiya muddati kelganda attestatsiyadan oʻtkaziladi.
Davlat taʼlim tashkilotlarida ichki baholash har yili amalga oshiriladi va natijalari tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari yoki Vazirlikning hududiy boshqarma rahbarlarining elektron raqamli imzosi bilan onlayn akkreditatsiya platformasiga joylashtirib boriladi.
Ichki baholah natijalari har yili 1-noyabrga qadar maxsus platformaga joylanishi kerak.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-fevraldagi 91-son qarori
💰Oylik bot
🔰Kanalimizga obuna bo‘ling!
👇👇👇👇👇👇👇
https://t.me/maktab_e
Post #4600
32K