TGViewer
MAKTAB️ MAKTAB️ @maktab_e · 187K subscribers
Post #4601 35.6K
⚡️Erkinjon Turdimov: Ta’limdagi har bir o‘zgarish yoshlar hayotida sezilishi kerak

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov vazirlik tizimi xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqotda yoshlar, o‘quvchi va talabalarni qiynayotgan masalalarni o‘rganish, ularning dardini eshitish, sifatli ta’lim olishi uchun yanada yaxshi sharoit yaratishga alohida e’tibor qaratildi.

Bola bog‘chaga borishi, o‘quvchi maktabda puxta bilim olishi, talaba esa egallagan bilimi va kasbi bilan hayotda o‘z o‘rnini topishi kerak. Shu maqsadda maktabgacha ta’lim qamrovini kengaytirish, ta’lim sifatini oshirish, yoshlarni kasbga tayyorlash va ilm-fanga qiziqishini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

O‘qituvchining jamiyatdagi obro‘si va nufuzini yuksaltirish, uning mehnati qadrlanishi, o‘z ustida ishlashi va bor e’tiborini ta’limga qaratishi uchun munosib sharoit yaratish ham muhim vazifalardan biri sifatida qayd etildi.

Erkinjon Turdimov muammolarni sanab o‘tish bilan cheklanmasdan, har biri bo‘yicha amaliy yechim qilish zarurligini ta’kidladi. Xodimlarga o‘quvchi, talaba va pedagog hayotida ijobiy o‘zgarish beradigan aniq takliflar tayyorlash vazifasi qo‘yildi.

💰Oylik bot

🔰Kanalimizga obuna bo‘ling!
👇👇👇👇👇👇👇
https://t.me/maktab_e
  • 👍 75
  • ❤ 56
  • 🎉 5
  • 🐳 5
  • 😁 3
  • 👏 2
More from @maktab_e
  1. Oct 13, 2026⚡️14–21-OKTABR KUNLARI DEMO CHSBLARI O‘TKAZILADI. (YANGI BAHOLASHGAN O‘TGAN MAKTABLAR UCHU…
  2. Oct 13, 2026⚡️IKKINCHI BOSQICH OLIMPIADANING O‘TKAZILISH SANALARI. Asosiy olimpiadaning tuman (shahar)…
  3. Oct 12, 2026⚡️SINF JURNALIGA DAVOMAT BELGILARI QUYIDAGICHA KIRITILISHI SHART Xalq ta’limi vazirining (…
  4. Oct 12, 2026🇹🇷TURK TILI — YANGI IMKONIYATLAR SARI! 3️⃣ oyda 🔤➖2️⃣&🔤➖1️⃣ 📣1️⃣5️⃣-oktyabr | 2️⃣1️⃣➖…
  5. Oct 12, 2026⚡️“Ta’limga bekorga eng ishongan kadrimni olib kelmadim” — Shavkat Mirziyoyev Davlatimiz r…
  6. Oct 12, 2026⚡️MAKTABLAR HAR YILI ICHKI ATTESTATSIYA BAHOLASH JARAYONIDAN OʻTKAZILISHI SHART. Attestats…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →