⚡️YANGI BAHOLASH HAQIDA QISQA TUSHINTRISH. BSB, CHSB
Yangi baholash tartibining asosiy jihatini soda qilib tushintirishga xarakat qilamiz.
Yangi baholash ikki asosiy guruhga bo’linadi.
❗️Formativ baholash hamda Summativ baholash
Formativ baholash – oʻqituvchi va oʻquvchilar oʻrtasidagi uzluksiz fikr almashish jarayonidir. Ya’niy, kunlik qo’yiladigon baholar va u maksimal 10 ball bilan baholanadi.
Summativ baholash – oʻqishning maʼlum bir davrida (oʻquv dasturining boʻlim va boblari, choraklik, oʻquv yili oxirida) oʻquvchining davlat taʼlim standarti va oʻquv dasturlarida belgilangan kompetensiyalarni egallaganlik darajasini rasmiy baholash jarayoni boʻlib, test, yozma ish, ogʻzaki suhbat, loyiha ishi, taqdimot ishlari, amaliy mashgʻulot, laboratoriya ishi, ijodiy ishlar va shu kabi boshqa shakllar yordamida amalga oshiriladi. Ya’niy, summativ baholash imtihonlarda qo’yiladigan bahodir (joriy, oraliq nazorat, choraklik va hakazo) va u maksimal 90 ball bilan baholanadi. Summativ baholashning o'zi ham ikki guruhga bo’linadi.
BSB – bob boʻyicha summativ baholash maksimall 50 ball, CHSB – chorak boʻyicha summativ baholash maksimall 40 ball
Demak, formativ baholash (10 ball), sumativ baholash (90 ball, (BSB 50 ball, CHSB 40 ball)) jami 100 ball.
Ushbu baholar chorak davomida yig’iladi va 100 ballik tizimda ballanib choraklik 2-3-4-5 baholarga konvertatsiyalanadi.
86-100 ball 5 baho
66-85 ball 4 baho
30-65 ball 3 baho
0-29 ball 2 baho
Asos: MMTV ning 2024-yil 7-avgustdagi 250-sonli buyrug‘i
💰Oylik bot
🔰Kanalimizga obuna bo‘ling!
👇👇👇👇👇👇👇
https://t.me/maktab_e
Post #4567
57.3K