TGViewer
MAKTAB️ MAKTAB️ @maktab_e · 188K subscribers
Post #4585 54.3K
⚡️MAKTABDA TADBIRLARNI O‘TKAZISHDA QUYIDAGILARGA ETIBOR BERISH KERAK.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 6-avgustdagi 288-son buyrug‘iga ko‘ra

Tadbirni tasdiqlashdan oldin uning xavf darajasi ishtirokchilarning yoshi va soni, oʻtkazish joyi va davomiyligi, transportdan foydalanish, jismoniy faollik, texnik va sahna jihozlari, tashqi mehmonlar ishtiroki, ob-havo sharoiti hamda boshqa xavf omillari asosida baholanadi.

Tadbirning davomiyligi bolalarning yoshi, kun tartibi, taʼlim yuklamasi va dam olish ehtiyojlarini hisobga olgan holda quyidagicha belgilanadi.

1-4-sinf oʻquvchilari uchun – 45 daqiqadan;
5-9-sinf oʻquvchilari uchun – 60 daqiqadan;
10-11-sinf oʻquvchilari uchun – 90 daqiqadan oshmasligi lozim.


Bolani sahnaga chiqishga, rol ijro etishga, shaxsiy fikri yoki maʼlumotini omma oldida bildirishga, shuningdek, unga psixologik noqulaylik tugʻdiradigan topshiriqni bajarishga majburlashga yoʻl qoʻyilmaydi.

❗️Bolaning shaʼni va qadr-qimmatiga putur yetkazadigan, uni uyaltiradigan, mazax qilish yoki notoʻgʻri talqin etishga sabab boʻladigan foto, video va montaj materiallarini tayyorlash yoki tarqatishga yoʻl qoʻyilmaydi. Ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan materiallar yuzasidan bolaga nisbatan haqorat, kamsitish yoki kiberbulling holatlarining oldini olish choralari koʻriladi.

Ushbu Tartib talablariga rioya etilishini taʼminlash direktor zimmasiga yuklanadi.
Tadbirni tashkil etishda ishtirok etgan pedagog, psixolog, tibbiy xodim va boshqa masʼul shaxslar oʻz vazifalari doirasida Tartib talablariga rioya etilishi uchun javobgar hisoblanadi.

💰Oylik bot

🔰Kanalimizga obuna bo‘ling!
👇👇👇👇👇👇👇
https://t.me/maktab_e
Telegram MAKTAB️ Ushbu kanal o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Faxriddin Tursunov tomonidan yuritiladi. Kanalga xush kelibsiz! Savol va takliflar uchun: @Maktabgamurojat_bot Reklama bo‘yicha: @reklama_da
  • ❤ 84
  • 👍 22
  • 👏 5
  • 🤔 5
More from @maktab_e
  1. Oct 13, 2026⚡️14–21-OKTABR KUNLARI DEMO CHSBLARI O‘TKAZILADI. (YANGI BAHOLASHGAN O‘TGAN MAKTABLAR UCHU…
  2. Oct 13, 2026⚡️IKKINCHI BOSQICH OLIMPIADANING O‘TKAZILISH SANALARI. Asosiy olimpiadaning tuman (shahar)…
  3. Oct 12, 2026⚡️SINF JURNALIGA DAVOMAT BELGILARI QUYIDAGICHA KIRITILISHI SHART Xalq ta’limi vazirining (…
  4. Oct 12, 2026🇹🇷TURK TILI — YANGI IMKONIYATLAR SARI! 3️⃣ oyda 🔤➖2️⃣&🔤➖1️⃣ 📣1️⃣5️⃣-oktyabr | 2️⃣1️⃣➖…
  5. Oct 12, 2026⚡️“Ta’limga bekorga eng ishongan kadrimni olib kelmadim” — Shavkat Mirziyoyev Davlatimiz r…
  6. Oct 12, 2026⚡️Erkinjon Turdimov: Ta’limdagi har bir o‘zgarish yoshlar hayotida sezilishi kerak Bugun O…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →