TGViewer
MAKTAB️ MAKTAB️ @maktab_e · 187K subscribers
Post #4586 65.1K
⚡️KASBIY RIVOJLANISH KUN TADBIRLARIDA (metod kunda) ISHTIROK ETMASA NIMA BO‘LADI?

O'qituvchi o'quv yili davomida "Kasbiy rivojlanish kuni" va "Kasbiy rivojlanish soati" tadbirlarida uzrli sabablarga (mehnatga layoqatsiz bo'lgani, xizmat safarida bo'lgani va qonunchilikda belgilangan boshqa holatlar) ko'ra 12 soat qatnashmagan taqdirda unga "Uzluksiz kasbiy ta'lim" elektron platformasida tashkil qilingan maxsus o'quv kursida malaka oshirish orqali zarur bilim va ko'nikmalarni egallash uchun imkoniyat beriladi.

O'qituvchi o'quv yili davomida "Kasbiy rivojlanish kuni" va "Kasbiy rivojlanish soati" tadbirlarida 12 soat uzrli sabablarsiz qatnashmagan taqdirda uning "Uzluksiz kasbiy ta'lim" elektron platformasida tashkil qilingan maxsus o'quv kursida shartnoma asosida malaka oshirishi talab qilinadi.

O'quv yili davomida uzrli sabablarsiz qatnashmagan va "Uzluksiz kasbiy ta'lim" elektron platformasida tashkil qilingan maxsus o'quv kursida malaka oshirmagan o'qituvchiga nisbatan amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda ta'sir choralari qo'llaniladi.

Asos: MMTV ning 2024-yil 7-avgust kungi 246-sonli buyrug‘i.

💰Oylik bot

🔰 Kanalimizga obuna bo‘ling!
👇👇👇👇👇👇👇
https://t.me/maktab_e
Telegram MAKTAB️ Ushbu kanal o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Faxriddin Tursunov tomonidan yuritiladi. Kanalga xush kelibsiz! Savol va takliflar uchun: @Maktabgamurojat_bot Reklama bo‘yicha: @reklama_da
  • ❤ 82
  • 👍 28
  • 🎉 15
  • 👏 1
More from @maktab_e
  1. Oct 13, 2026⚡️14–21-OKTABR KUNLARI DEMO CHSBLARI O‘TKAZILADI. (YANGI BAHOLASHGAN O‘TGAN MAKTABLAR UCHU…
  2. Oct 13, 2026⚡️IKKINCHI BOSQICH OLIMPIADANING O‘TKAZILISH SANALARI. Asosiy olimpiadaning tuman (shahar)…
  3. Oct 12, 2026⚡️SINF JURNALIGA DAVOMAT BELGILARI QUYIDAGICHA KIRITILISHI SHART Xalq ta’limi vazirining (…
  4. Oct 12, 2026🇹🇷TURK TILI — YANGI IMKONIYATLAR SARI! 3️⃣ oyda 🔤➖2️⃣&🔤➖1️⃣ 📣1️⃣5️⃣-oktyabr | 2️⃣1️⃣➖…
  5. Oct 12, 2026⚡️“Ta’limga bekorga eng ishongan kadrimni olib kelmadim” — Shavkat Mirziyoyev Davlatimiz r…
  6. Oct 12, 2026⚡️Erkinjon Turdimov: Ta’limdagi har bir o‘zgarish yoshlar hayotida sezilishi kerak Bugun O…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →