#2026_OAVda_biz
#Dayjest
📺 “Qashqadaryo axboroti”da universitetimizda “Jaholatga qarshi maʼrifat” mavzusida tashkil etilgan davra suhbati haqida soʻz yuritildi.
* * *
🔥 Universitetimizda yoshlar oʻrtasida giyohvandlik va narkojinoyatlarning oldini olish, sogʻlom turmush tarzini targʻib etish maqsadida oʻtkazilgan “Gulxan atrofida” maʼnaviy-maʼrifiy tadbiri “Qashqadaryo yoshlari” va “Qashqadaryo.uz” telegram kanallarida yoritildi.
* * *
💻 “Juma – milliy liboslar kuni” mavzusidagi videoaxborotimiz “Edu.uz” telegram kanalida eʼlon qilindi.
* * *
🏢 Universitet rahbariyati hamda xodimlarining talabalar turar joyi va ijara xonadonlaridagi oʻrganishlari xususidagi axborotimiz “Edu.uz” telegram kanalida berildi.
* * *
🎙 “Oltin voha” radiosining “Yillar va yoʻllar” eshittirishida iqtisodiyot fanlari doktori, fidoyi ustoz Shuhrat Amirqulov bilan inson umri, ustozlik va shogirdlar haqida suhbat oʻtkazildi.
* * *
🌸 Iqtisodiyot va boshqaruv fakultetida “Sharq ayoli maʼrifati” hamda Shahrisabz oziq-ovqat muhandisligi fakultetida “Sening tashabbusing — sening kelajaging” mavzularida oʻtkazilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tafsilotlari “Qashqadaryo viloyati Oila va xotin-qizlar boshqarmasi” telegram kanalida eʼlon qilindi.
* * *
🥇 “Oltin voha” radiosining “Qashqadaryo hafta ichida” eshittirishida universitetimiz professor-oʻqituvchilarining “Kelajak muhandislari” respublika koʻrik-tanlovidagi yutuqlari eʼtirof etildi.
* * *
🗞 “Sanduvoch” gazetasining 2026-yil 30-sentabr sonida universitet Moliya-iqtisod ishlari bo'yicha prorektori Aloviddin Zayniddinovning “Oliy taʼlimga qamrov koʻrsatkichining oshirish: 2016-yildan bugungi kungacha erishilgan natijalar va istiqbollar” hamda universitet bosh hisobchisi Gʻanisher Nabiyevning “Taʼlim krediti, taʼlim iqtisodiyoti va moliyaviy savodxonlik” sarlavhali maqolalari eʼlon qilindi.
Bizni birga kuzatib boring: 👇
🌐 Website | 📱 Facebook | 📱 Instagram | 📱 YouTube
QarDTU axborot xizmati ✍️
Post #14237
1.3K


- 👍 2