Professor-oʻqituvchilarimiz – “Intellektual faoliyat boʻyicha” respublika tanlovi gʻoliblari!
2026-yilning may oyidan boshlab oʻtkazilib kelingan “Intellektual faoliyat boʻyicha” respublika tanlovi oʻz nihoyasiga yetdi. 5 ta nominatsiyaning jami 15 nafar gʻoliblari aniqlandi.
Mazkur tanlovda universitetmiz dotsentlari – Hamidilla Almardanov hamda Feruza Ochilova ham gʻoliblar qatorida eʼtirofga sazovor boʻldilar.
Tanlov gʻoliblari 2026-yil 27–29-oktabr kunlari Toshkent shahrida “Oʻzgarayotgan dunyo uchun ilgʻor innovatsiyalar” shiori ostida boʻlib oʻtadigan “InnoWeek-2026” — xalqaro innovatsion gʻoyalar haftaligi doirasida taqdirlanadi.
Maʼlumot oʻrnida: tanlovda yuqori o‘rinlarni egallagan ishtirokchilar mos ravishda bazaviy hisoblash miqdorining 150, 125 va 100 baravari miqdorida pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar.
Yosh olimlarimizni ushbu muvaffaqiyatlari bilan samimiy muborakbod etamiz!
Bizni birga kuzatib boring: 👇
🌐 Website | 📱 Facebook | 📱 Instagram | 📱 YouTube
QarDTU axborot xizmati ✍️
