Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt fakulteti talabalari oʻrtasida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida sportning voleybol turi boʻyicha murosasiz va qiziqarli musobaqa boʻlib oʻtdi.
Musobaqa davomida barcha jamoalar yuqori tayyorgarlik, haqiqiy jamoaviy ruh hamda gʻalabaga boʻlgan kuchli intilishni namoyon etishdi. Maydonda kechgan shiddatli va qiziqarli bahslar tomoshabinlarga koʻtarinki kayfiyat va unutilmas taassurotlarni ulashdi.
Yakuniy natijalarga koʻra, gʻolib va sovrindor boʻlgan jamoalar fakultet rahbariyati tomonidan sertifikat va medallar bilan taqdirlandi hamda musobaqaning universitet bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritishdi.
Bizni birga kuzatib boring: 👇
🌐 Website | 📱 Facebook | 📱 Instagram | 📱 YouTube
QarDTU axborot xizmati ✍️





