Qarshi tumanidagi Dasht va Gulshan mahallalarida aholi vakillari bilan muloqotlar oʻtkazildi.
Uchrashuvlar davomida aholining kundalik turmush tarzi, ijtimoiy kayfiyati, hudud infratuzilmasi hamda mavjud muammolar atroflicha oʻrganildi.
Soʻnggi yillarda mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish borasidagi ishlar oʻrganildi. Bank kreditlari asosida tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻygan fuqarolarning taklif-mulohazalari tinglandi.
Universitet va mahalla hamkorligini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida bir qator amaliy tashabbuslar ilgari surildi. Xususan, mahalla yoshlarini kasb-hunar va zamonaviy axborot texnologiyalariga oʻrgatish boʻyicha bepul toʻgaraklar tashkil etish, ularni oliy taʼlimga qamrab olish darajasini oshirish hamda xotin-qizlar bandligini qoʻllab-quvvatlash yuzasidan masʼullar bilan kelishib olindi.
Bizni birga kuzatib boring: 👇
🌐 Website | 📱 Facebook | 📱 Instagram | 📱 YouTube
QarDTU axborot xizmati ✍️





