TGViewer
Qarshi davlat texnika universiteti Qarshi davlat texnika universiteti @kstu_uz · 7.37K subscribers
Post #14045 1.78K
#Talaba_va_ijara
 
Qarshi davlat texnika universiteti rahbariyati, profilaktika inspektorlari hamda tyutorlar talabalar turar joyida va ijara xonadonlarida istiqomat qilayotgan yoshlar holidan xabar olmoqdalar.
 
Talabalarning yashash sharoitlari, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, xonalarning isitish tizimi, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi hamda xavfsizlik masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
 
Shuningdek, yoshlar bilan samimiy suhbatlar oʻtkazilib, ularning oʻqish jarayoni, boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etishi, mavjud muammo va takliflari oʻrganilmoqda. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli masʼullarga tavsiya va koʻrsatmalar berilmoqda.
 
Ayniqsa, favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda talabalarga yongʻin va elektr xavfsizligi qoidalariga qatʼiy amal qilish, isitish moslamalaridan toʻgʻri foydalanish hamda turli koʻngilsiz holatlarning oldini olish boʻyicha zarur tushuntirishlar berilmoqda.
 
Har bir talabaning xavfsizligi, munosib sharoitda yashashi va xotirjam tahsil olishi universitet rahbariyatining doimiy eʼtiborida.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🌐 Website | 📱 Facebook | 📱 Instagram   | 📱  YouTube

QarDTU axborot xizmati ✍️
  • 👏 7
  • ⚡ 2
  • 👍 1
More from @kstu_uz
  1. Oct 11, 2026#Besh_tashabbus_olimpiadasi Qarshi davlat texnika universiteti talabalari oʻrtasida “Besh…
  2. Oct 11, 2026#Besh_tashabbus_olimpiadasi #Hafta_davomida Iqtisodiyot va boshqaruv fakultetida talabalar…
  3. Oct 11, 2026#Eʼlon HURMATLI TALABALAR! - Prezident yoki nomli davlat stipendiyasi sohibi boʻlmoqchimis…
  4. Oct 11, 2026#Xalqaro_hamkorlik #Bizning_faxrimiz Bugungi kunda Qarshi davlat texnika universitetining…
  5. Oct 11, 2026#Ogohlik BIZ – KORRUPSIYAGA QARSHIMIZ! Hurmatli talabalar, professor-oʻqituvchilar va xodi…
  6. Oct 11, 2026#Hafta_davomida “SENING TASHABBUSING — SENING KELAJAGING!” 11-oktabr – Xalqaro qizlar kuni…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →