Bilasizmi? Hayot mukammal emas. Siz ham mukammal emassiz. U ham mukammal emas. Hatto ota-onangiz ham mukammal bo'lmagan.
Hayotning mazmuni mukammallikda emas. Qachonlardir, qayerdadir bizni har bir kunimiz aql bovar qilmas darajada ajoyib o'tishi kerakligiga ishontirib aldashgan. Ammo buning umuman iloji yo'q.
Bilaman, bu adolatsizlik, bilaman, bu alam qiladi. Lekin hayot aynan mukammal bo'lmagani uchungina go'zal. Va atrofingizdagi barcha narsa, shuningdek, shaxsan siz ham mukammal bo'lmaganingiz uchungina oʻziga hossiz.
Aslida ingliz tilidagi "perfect" (mukammal) so'zining o'zagi "tugallangan, poyoniga yetgan" degan ma'noni anglatadi. Siz esa hali o'z yo'lingizni yakunlaganingiz yo'q.
Ehtimol, kun kelib hayot butunlay mukammal ko'rinish olar. Ammo bu sodir bo'lganida, uni ko'rish uchun siz bu yerda bo'lmaysiz. Va ehtimol, shunday bo'lgani ham yaxshidir.
@kitob_ombori
Post #23478
2.86K