TGViewer
Kitoblar ombori Kitoblar ombori @kitob_ombori · 14.4K subscribers
Post #23489 2.45K
Vijdonli insonlar qilib qo‘ygan biror tuzatib bo‘lmas xatosi yoki aybi uchun o‘zlarini qanchalik malomat qilishlarini bilamiz. Bir umr tushkunlikda yashash mumkin, ichkilikka beriladilar va hatto ba’zida hayot butunlay izdan chiqadi. Mazmun yo‘qoladi, boshqa odamga aylanadi. Yaqinlari unga “barchasini unutishni, hayot to‘xtab qolmasligini, falon falon ish qilsa, balki aybi yuvilishini” aytib taskin bermoqchi bo‘ladilar...

Din, xususan Islom hayotga mazmun berganidek, bunday holatga tushgan insonlarni ham qutqaradi – “Alloh rahmon va rahim, har qanday gunohni kechiradi” deyiladi oyat va xadislarda.

Lekin o‘sha oyatlar va xadislarga bog‘liq voqealarga, mana shu o‘gitlar ilk bor yangragan davrlarga e’tibor bersak, sahobalarning bir gunoh uchun o‘zlarini naqadar malomat qilganliklarini, yuqoridagi holatga tushib, hayotlari qanchalik izdan chiqish holatiga kelib qolganini ko‘ramiz. Qiziq, ular Alloh har qanday gunohni kechirishi mumkinligini bilmasmidilar?

Bilardilar.
Faqat buni yashash tarzlarining markaziga qo‘yib olmagandilar. “Beayb parvardigor”, “Xudoning o‘zi kechirsin-u” degan gaplarni o‘zlariga nisbatan ishlatmasdilar.

Tavbaning eng asosiy shartlaridan biri o‘sha qilib qo‘ygan gunoh uchun haqiqiy pushaymonlikdir. Mana shu pushaymonlikni his qilmay turib, vijdonimizni qiynamay turib, Allohning kechirishidan umid qilish mantiqsizlik...

Endi, o‘ylab ko‘ring, qaysi aybingiz, gunohingiz uchun haligacha vijdoningiz qiynaladi, birovga aytishga uyalasiz, o‘zingizni kechirmaysiz, boshqa takrorlamaysiz, Allohning jazosidan qo‘rqasiz? Ana o‘sha gunohingiz, inshoolloh kechirilgandir... Yana bormi boshqa?

Juma muborak!

Meni boshqa ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimni o'qish uchun: https://taplink.cc/kitobombori

@kitob_ombori
  • 🔥 59
  • ❤ 31
  • 👍 9
More from @kitob_ombori
  1. Oct 2, 2026Nega aqlli insonlar seva olishmaydi Sirtdan qaraganda, aqlli insonlar o’zlarini juda yaxsh…
  2. Oct 1, 2026MАSJID IMOMINI QАCHON URSА BOʼLАDI? (hazil, yana urib yurmanglar) Xalifa Mutavakkil bir ku…
  3. Oct 1, 2026Bunaqa havoda 1-2 bob oʻqimasam xafa boʻladi, kitob ;)
  4. Oct 1, 2026Bilasizmi? Hayot mukammal emas. Siz ham mukammal emassiz. U ham mukammal emas. Hatto ota-o…
  5. Sep 30, 2026Post #23477
  6. Sep 30, 2026Ertaga dam olish kuni ekanini oʻylab maza qilib kino/reels/kitob koʻrib/oʻqib oʻtiribsizla…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →