TGViewer
Channel Public Channel
Kitoblar ombori

Kitoblar ombori

@kitob_ombori

Bog'lanish uchun: @tezkorxatlarbot
Subscribers
14.4K
Photos
5.3K
Videos
1.1K
Links
2.5K
Recent Posts 14 shown
Post #23486 888
MАSJID IMOMINI QАCHON URSА BOʼLАDI?
(hazil, yana urib yurmanglar)

Xalifa Mutavakkil bir kuni Ubodaga dedi:
- Аytishlaricha, sen masjid imomini urgan emishsan? Аgar arzirli sabab keltira olmasang adabingni berib qoʼyaman!
Uboda dedi:
- Ey moʼminlar amiri! Men masjidga bordim. Muazzin iqomat aytdi. Namozga kirishdik. Imom Fotiha surasidan keyin Baqara surasini boshladi. Men bir necha oyat oʼqib rukuʼ qilsa kerak, deb oʼyladim. Аmmo u birinchi rakatda Baqara surasini tugatib rukuʼga ketdi. Ikkinchi rakatga turdik. Men imom endi Ixlos surasini zam qilishiga shak qilmas edim. U esa Oli Imron surasini toʼliq zam qildi. Soʼngra kishilarga oʼgirilib dedi: "Аlloh sizlarga rahm qilsin, namozlaringni boshqatdan oʼqib olinglar, tahoratim yoʼq ekan!".

Quyosh chiqishiga bir bahya qolgan edi. Men gʼazabimdan oʼrnimdan turib uning yuziga shapaloq tortib yubordim!

Xalifa Mutavakkil Ubodaning gapidan kulib yubordi!

"Nasrud dur" kitobidan. 7-juz, 18-bob.

@kitob_ombori
  • 😁 73
  • ❤ 21
  • 👍 6
  • 🔥 2
Post #23479 1.85K
Bunaqa havoda 1-2 bob oʻqimasam xafa boʻladi, kitob ;)
  • 🔥 65
  • ❤ 17
  • 😁 17
  • 👏 6
  • 🥰 3
  • 👍 2
Post #23478 1.9K
Bilasizmi? Hayot mukammal emas. Siz ham mukammal emassiz. U ham mukammal emas. Hatto ota-onangiz ham mukammal bo'lmagan.

Hayotning mazmuni mukammallikda emas. Qachonlardir, qayerdadir bizni har bir kunimiz aql bovar qilmas darajada ajoyib o'tishi kerakligiga ishontirib aldashgan. Ammo buning umuman iloji yo'q.

Bilaman, bu adolatsizlik, bilaman, bu alam qiladi. Lekin hayot aynan mukammal bo'lmagani uchungina go'zal. Va atrofingizdagi barcha narsa, shuningdek, shaxsan siz ham mukammal bo'lmaganingiz uchungina oʻziga hossiz.

Aslida ingliz tilidagi "perfect" (mukammal) so'zining o'zagi "tugallangan, poyoniga yetgan" degan ma'noni anglatadi. Siz esa hali o'z yo'lingizni yakunlaganingiz yo'q.

Ehtimol, kun kelib hayot butunlay mukammal ko'rinish olar. Ammo bu sodir bo'lganida, uni ko'rish uchun siz bu yerda bo'lmaysiz. Va ehtimol, shunday bo'lgani ham yaxshidir.

@kitob_ombori
  • ❤ 55
  • 🔥 10
  • 🥰 10
Post #23477 1.95K

This post (sticker, poll or similar) has no web preview. Open in Telegram

  • 😁 47
  • ❤ 11
  • 🔥 4
Post #23474 2.29K
Ertaga dam olish kuni ekanini oʻylab maza qilib kino/reels/kitob koʻrib/oʻqib oʻtiribsizlarmi romantika qilib☕️
  • 😁 172
  • ❤ 24
  • 🥰 14
  • 🔥 8
Post #23473 2.53K
Eh Abdurahmon, bu qizlar sengamas, sening kitoblaringga oshiq ekanini bilganingda edi…
  • 😁 254
  • ❤ 27
  • 🥰 12
  • 🔥 5
  • 👍 2
  • 👏 1
Post #23472 2.57K
O‘zbekistonlik yozuvchi Hamid Ismoilov 2026 yilgi Nobel mukofotining nomzodlar ro‘yxatiga kirdi

O‘zbekistonlik yozuvchi Hamid Ismoilov 2026-yilgi adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotining ehtimoliy nomzodlar ro‘yxatiga kirdi. Ro‘yxatda Ismoilovdan tashqari, Haruki Murakami, Margaret Etvud, Salmon Rushdi, Devid Grossman, Joan Rouling, Stiven King kabi jahonga mashhur mualliflar ham bor.

Nobel mukofotining o‘ziga xos jihatlaridan biri shundaki, adabiyot bo‘yicha nomzodlar va ularni ko‘rsatgan shaxslar haqidagi ma’lumotlar 50 yil davomida maxfiy saqlanadi. Nobel mukofotining rasmiy bazasida ham yangi nomzodlar haqidagi ma’lumotlar shu muddat o‘tgachgina ochiqlanishi qayd etilgan. Shu bois hozirgi paytda Hamid Ismoilovning 2026-yilgi mukofot uchun rasman ko‘rsatilganini tasdiqlashning imkoni yo‘q.

Hamid Ismoilov o‘zbek va rus tillarida ijod qiladi, asarlari ingliz, turk, nemis, fransuz tillariga tarjima qilingan. U 2019-yilda «The Devil's Dance» («Jinlar bazmi») romani uchun EBRD adabiyot mukofotiga sazovor bo‘lgan. Uning «Wye Computers» asari esa 2026 yilgi EBRD adabiyot mukofoti qisqa ro‘yxatiga kiritilgan.

Taniqli o‘zbek shoiri, yozuvchisi va jurnalisti Hamid Ismoilov 1954 yil 5 mayda Qirg‘izistonning Frunze (hozirgi Chuy) viloyati To‘qmoq shahrida tug‘ilgan. Ismoilov harbiy aloqa bilim yurtini, keyinchalik Toshkent davlat universitetining (hozirgi O‘zMU) bir nechta fakultetlarini (biologiya, huquq, menejment) tamomlagan.

1992 yilda Ismoilov O‘zbekistondan chiqib ketgan, shundan beri u Londonda yashab keladi. 2006 yilda uning «Temir yo‘l» romani taniqli yozuvchi Robert Chandler tomonidan ingliz tiliga tarjima qilinib, Londonda nashr etildi. Hamid Ismoilov she’rlari Ingeborga Baldauf va Zigrid Kleynmixel tomonidan nemis tiliga tarjima qilingan.

2026 yilgi adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti 8 oktyabr kuni Stokholmda e’lon qilinadi. Gʻolibga 12,0 million shved kronasi (taxminan, 1,2 million dollar) topshiriladi.

@kitob_ombori
  • ❤ 91
  • 👏 25
  • 🔥 6
  • 😁 4
  • 🥰 2
Post #23471 2.41K
Hozir yonimda Yapon hamkasbim O'zbekiston Milliy Terma jamoamizni Eronni yutaganini maqtab gapiryapti.

Ayni paytda Yaponiyadagi yoshlar olimpiadasida esa O'zbekiston Yaponiyaning U23 terma jamoasini yutyapti. G'alati bo'lyapman😄
  • 😁 99
  • ❤ 17
  • 🥰 2
Post #23470 2.73K
Aytishlaricha, Dostoyevskiyning eng mashhur 5 lik asarlaridan biri "O'smir" (подросток) tarjima qilinibdi va bir necha kundan so'ng nashrdan chiqarkan. Ochiq gap, Ibrohim G'ofurovdan so'ng Dostoyevskiyni o'zbek tilida pro darajada gapirtira oladigan tarjimonni hali bilmayman. Qani kitob chiqsinchi ko'ramiz, baho beramiz, joyi kelsa yutuq va kamchiliklarini ham aytamiz. Ungacha esa tashqaridagi rutubatli havodan zavq oling. Uxlab qolmaslikka harakat qiling xD
  • 😁 104
  • ❤ 33
  • 🔥 15
  • 👍 3
  • 🥰 2
  • 👏 2
Post #23469 2.78K
Ertalabdan etni junjiktiradigan sovuq havo boʻlyapti. Sekin Dostoyevskiyni kitoblarini qoʻlga olaveramiz shekilli.
Kinoga esa Taxtlar oʻyinini yoki Garri Potter seriyasini qayta koʻrishlik mood.

Nima demadinglar?🙂
  • 😁 178
  • ❤ 36
  • 🔥 13
  • 🥰 4
  • 👍 2
Post #23467 3.09K
Juda yerga urvorishibdi-ku kitob do'konlari. 3 ta kitob bersa sahifamizni marketingini yuritberasiz desa kerak.

Menga ham kitoblar berishadi ammo hech qachon uni aniq maqtab beraman demayman. Shartni ham ular emas men qo'yaman. Agar haqiqatda qaysidir kitob menga yoqsa u haqida nashriyot pul bersa bermasa yozaveraman. Ammo yoqmasa sovg'a beradimi, kitob beradimi yozmayman. Asosli tanqid yozishim mumkin. Aslida ham shunday bo'lishi kerak.

Instagramda bookblog yuritadiganlarga iltimos: nashriyot, kitob do'konlariga kitob sovg'a qilinglar deb yozmanglar. Ispancha uyalishni biz his qilyapmiz
  • 🔥 44
  • 👏 27
  • ❤ 5
Post #23466 2.92K
Ba’zan baxtli bo‘lib qolish uchun nimanidir bilmaslik yoki nimanidir ko‘rmaganga olish kerak.
  • ❤ 85
  • 🔥 28
Post #23465 2.88K
"Yoshi o‘tgan sari odamlar baxtliroq bo‘lib qolishmaydi — shunchaki ular kutuv va talablar darajasini oldingidan pastroqqa tushiradilar."
  • ❤ 44
  • 🥰 23
  • 🔥 2
  • 👏 1
Post #23464 2.89K
Esseyni Substack'da o'qish uchun havola
  • ❤ 32
  • 👍 14
Older posts →

About this channel

How can I read @kitob_ombori without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Kitoblar ombori: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Kitoblar ombori have?
Kitoblar ombori (@kitob_ombori) has 14.4K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Kitoblar ombori know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →