TGViewer
Kitoblar ombori Kitoblar ombori @kitob_ombori · 14.4K subscribers
Post #23472 3.45K
O‘zbekistonlik yozuvchi Hamid Ismoilov 2026 yilgi Nobel mukofotining nomzodlar ro‘yxatiga kirdi

O‘zbekistonlik yozuvchi Hamid Ismoilov 2026-yilgi adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotining ehtimoliy nomzodlar ro‘yxatiga kirdi. Ro‘yxatda Ismoilovdan tashqari, Haruki Murakami, Margaret Etvud, Salmon Rushdi, Devid Grossman, Joan Rouling, Stiven King kabi jahonga mashhur mualliflar ham bor.

Nobel mukofotining o‘ziga xos jihatlaridan biri shundaki, adabiyot bo‘yicha nomzodlar va ularni ko‘rsatgan shaxslar haqidagi ma’lumotlar 50 yil davomida maxfiy saqlanadi. Nobel mukofotining rasmiy bazasida ham yangi nomzodlar haqidagi ma’lumotlar shu muddat o‘tgachgina ochiqlanishi qayd etilgan. Shu bois hozirgi paytda Hamid Ismoilovning 2026-yilgi mukofot uchun rasman ko‘rsatilganini tasdiqlashning imkoni yo‘q.

Hamid Ismoilov o‘zbek va rus tillarida ijod qiladi, asarlari ingliz, turk, nemis, fransuz tillariga tarjima qilingan. U 2019-yilda «The Devil's Dance» («Jinlar bazmi») romani uchun EBRD adabiyot mukofotiga sazovor bo‘lgan. Uning «Wye Computers» asari esa 2026 yilgi EBRD adabiyot mukofoti qisqa ro‘yxatiga kiritilgan.

Taniqli o‘zbek shoiri, yozuvchisi va jurnalisti Hamid Ismoilov 1954 yil 5 mayda Qirg‘izistonning Frunze (hozirgi Chuy) viloyati To‘qmoq shahrida tug‘ilgan. Ismoilov harbiy aloqa bilim yurtini, keyinchalik Toshkent davlat universitetining (hozirgi O‘zMU) bir nechta fakultetlarini (biologiya, huquq, menejment) tamomlagan.

1992 yilda Ismoilov O‘zbekistondan chiqib ketgan, shundan beri u Londonda yashab keladi. 2006 yilda uning «Temir yo‘l» romani taniqli yozuvchi Robert Chandler tomonidan ingliz tiliga tarjima qilinib, Londonda nashr etildi. Hamid Ismoilov she’rlari Ingeborga Baldauf va Zigrid Kleynmixel tomonidan nemis tiliga tarjima qilingan.

2026 yilgi adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti 8 oktyabr kuni Stokholmda e’lon qilinadi. Gʻolibga 12,0 million shved kronasi (taxminan, 1,2 million dollar) topshiriladi.

@kitob_ombori
  • ❤ 100
  • 👏 26
  • 🔥 8
  • 😁 4
  • 🥰 2
  • 👍 1
More from @kitob_ombori
  1. Oct 7, 2026Sizlarga salom aytyapti😂😂😂
  2. Oct 7, 2026Men: seningcha insoniyat shu darajada zaifmi? Sun’iy ong: Yo'q, insonlar mutlaqo zaif emas…
  3. Oct 7, 2026Sun’iy intellekt bilan har kungi odatiy suhbatimiz:)
  4. Oct 7, 2026Kitob hajmi bo'yicha uncha katta emas ekan. Atigi 730 bet, kichkina shriftda 🙂 Oz-ku a?
  5. Oct 7, 2026Dostoevskiy olami "O'smir" (Подросток) romani Dostoyevskiyning eng kam e'tirof etilgan asa…
  6. Oct 7, 2026Avvallari odamni 0 da yurishi katta stress berardi. Ya’ni puling ham yoʻq qarzing ham yoʻq…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →