TGViewer
Kitoblar ombori Kitoblar ombori @kitob_ombori · 14.4K subscribers
Post #23528 2.07K
Dostoevskiy olami

"O'smir" (Подросток) romani Dostoyevskiyning eng kam e'tirof etilgan asarlaridan biridir. Bu asar kam muhokama qilingan va kam o'rganilgan. Shu bilan birga, tan olishim kerakki, bu romandagi ayrim asosiy voqealar men uchun ham tushunarsiz. "O'smir" Dostoevskiy tomonidan umrining oltinchi o'n yilligida (ellik yoshlarida) yozilgan. Fyodor Mixaylovich avval ham yoshlar, talabalar haqida yozgan, lekin go'yoki muallif yoshi ulg'aygan sari uning qahramonlari yosharib borayotgandek tuyuladi.

Bundan tashqari, Dostoevskiy bosh qahramonning yoshini kitob nomiga ham chiqarib qo'ygan. Va bu muhim detal. To'rtinchi romanda, qaysidir ma'noda, Dostoyevskiy avval yozganlarini umumlashtiradi va bu Raskolnikovlar, knyaz Mishkinlar, Stavroginlar va Versilovlar tug'ilib yashaydigan butun bir avlod portretini chizib beradi.

Tolkin olami bor, Joanna Rouling olami bor, Marvel olami bor, bu esa — Dostoyevskiy olami, boshqacha qilib aytganda, Fyodor Mixaylovich ko'zi bilan ko'rilgan Rossiya. "O'smir" romani faqatgina bir yigitga emas, balki bu olamning butun yosh avlodiga bag'ishlangan.

Deyarli qariyaga aylangan Dostoyevskiy o'z umrining so'nggi o'n yilligida o'sha davrdagi Rossiya yoshlariga bag'ishlangan roman yozgan. Xo'sh, bir qariya yoshlar haqida nima ham deya olardi?

Buni kitobni o'qib batafsil bilib olamiz...

Kitob ilk bor @tirilishuz nashriyoti tomonidan o'zbek tiliga o'girildi. Uni bizga ilingan @iBook_uz'ga kattakon rahmat.

Eng kam o'rganilgan bu kitobning "sirlarini" 1 oy davomida nasib birgalikda ochib boramiz.

@kitob_ombori
  • ❤ 16
  • 🔥 11
  • 👍 9
  • 🥰 3
More from @kitob_ombori
  1. Oct 7, 2026Sizlarga salom aytyapti😂😂😂
  2. Oct 7, 2026Men: seningcha insoniyat shu darajada zaifmi? Sun’iy ong: Yo'q, insonlar mutlaqo zaif emas…
  3. Oct 7, 2026Sun’iy intellekt bilan har kungi odatiy suhbatimiz:)
  4. Oct 7, 2026Kitob hajmi bo'yicha uncha katta emas ekan. Atigi 730 bet, kichkina shriftda 🙂 Oz-ku a?
  5. Oct 7, 2026Avvallari odamni 0 da yurishi katta stress berardi. Ya’ni puling ham yoʻq qarzing ham yoʻq…
  6. Oct 7, 2026sen 30 yoshdasan… endi sen uchun sevgi-muhabbat kabi tuygʻulari oʻrnini, koʻproq aql va ma…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →