TGViewer
Channel Public Channel
Tirilish Nashr

Tirilish Nashr

@tirilishuz

🧠 Bizning kitoblar fikrlashingizni o’zgartiradi
🔝”Muqaddima” “Falastin” “Alloh biz bilan birga” “Islom psixologiyasi” va boshqa top kitoblar
📞 Ulgurji uchun bog’lanish: +998 91 025 88 08
Subscribers
5.81K
Photos
1.4K
Videos
507
Links
924
Recent Posts 20 shown
Post #2565 816
#Kun_iqtibosi

Oʻzimiz ham baxtsiz boʻlganda, oʻzgalarning baxtsizligini kuchliroq his etamiz.

©️”Oydin Tunlar” Fyodor Dostoyevskiy

@tirilishuz
  • ❤‍🔥 9
  • ⚡ 6
  • ❤ 6
  • 👍 3
  • 👏 2
  • 🔥 1
Post #2563 1.02K
🎙 Biz U Zotni qanchalik sevamiz?

"Payg'ambar kimni yaxshi ko'radi?", "Olamlarga rahmat payg'ambar" va "Habiblar habibi" kitoblari asosida ustozlar Odiljon Buxoriy, Muhammad Bobur Jaloliy, O'tkirbek Muhammad Sobir va tarjimon A'zamxon Abdurahmon bilan taqdimot bo'lib o'tgan edi.

Shu taqdimotning to'liq videosini bugun soat 20:30 da youtube kanalimizda tomosha qilishingiz mumkin!

⏰ Bugun 20:30 da!


▶️ To'liq suhbatni tomosha qiling: https://youtu.be/nrnIz9OLPWg?si=cu6vnduW1f19VvGx
  • ❤ 6
  • 🥰 3
Post #2562 1.51K

This post (sticker, poll or similar) has no web preview. Open in Telegram

  • ❤ 13
  • 🥰 6
  • ❤‍🔥 5
  • 🔥 3
  • 🎉 1
Post #2561 1.59K
📚 Har bir xonadon uchun kerakli kitob

Ba’zan inson o‘zining ichki dunyosiga ham bir nazar tashlashi lozim. “Mukoshafatul qulub” inson qalbi, nafs, xulq va ma’naviy tarbiya haqida yozilgan asar.

O‘zini anglash, qalbini tarbiyalash va ma’naviy jihatdan o‘sishni istagan kitobxonlar uchun ajoyib kitobdir. 📖

✍ Sizningcha, inson avvalo nimani anglashdan boshlashi kerak? Izohlarda yozib qoldiring.

“Mukoshafatul qulub” asari to‘liq nashr holida ilk bor arab tilidan tarjima qilindi. 📖 ✨

📞 Ulgurji savdo uchun aloqa:
70 516 00 37
70 516 00 38
70 516 00 39

@tirilishuz
  • ⚡ 10
  • ❤ 3
  • 🥰 2
Post #2560 1.24K
🧭 Ba’zan inson o‘z yo‘lini topolmay qoladi

Atrofdagilarning fikri, hayotdagi bosimlar va kelajak haqidagi noaniqlik insonni o'zini oy hayolga berib yeb bitiradi. Shunda eng muhim savol paydo bo‘ladi: «Men aslida nimani xohlayman?»

📚 Dostoyevskiyning «O‘smir» romani insonning ichki kurashlariga javob beradi. Asar orqali insonning ulg‘ayishi, o‘zligini anglashi va hayotda o‘z o‘rnini izlash jarayonini kuzatish mumkin.

💬 Siz ham hayotda o‘z yo‘lingizni topishga qiynalganmisiz? Izohlarda yozib qoldiring.


#tez_kunda

@tirilishuz
  • ❤ 8
  • ❤‍🔥 1
  • ⚡ 1
Post #2559 1.18K
😮‍💨 Hayotdan zerikkan paytingizda…

📱 Bugungi kunda internetdagi ma’lumotlar juda ko‘p zamonda, reels, kontent va boshqa narsalardan zerikkan paytimizda odam nima qilishni bilmay qoladi. Hayotga qiziqish ham biroz tushadi.

📖 Bunday paytda Dostoyevskiyning «O‘smir» kitobi ayni muddao bo‘ladi. Chunki asar insonni fikrlashga, dunyoqarashini kengaytirishga va hayotga boshqacha nigoh bilan qarashga undaydi.

🤔 Siz-chi, ba’zan hayotdan zerikkan paytingizda nima qilasiz? Izohlarda yozib qoldiring.

📞 Ulgurji savdo uchun aloqa:
70 516 00 37
70 516 00 38
70 516 00 39

📚 @tirilishuz
  • ❤ 8
Post #2558 1.15K
Insonga kerak bo‘lgan yagona narsa…

✨Ba’zan inson uchun eng katta boylik — erkinlik, o‘z fikriga ega bo‘lish va o‘zligini yo‘qotmaslikdir. Buning uchun esa inson to‘g‘ri fikrlashi, ilm yo‘lini tanlashi va atrofida bo‘layotgan voqealarni anglay olishi kerak.

🌑«Tunda hibsni kutib» — Tohir Hamut Izgil boshidan kechirgan keskin voqealar haqida yozilgan. Uni o‘qir ekansiz, muallif bilan birga o‘sha kunlarni yashab ko‘rasiz, hayotda nimalar muhim ekanini his qilasiz.

🪶Hayotda siz uchun eng qadrli narsa nima? Izohlarda yozib qoldiring


📞 Ulgurji savdo uchun aloqa:
70 516 00 37
70 516 00 38
70 516 00 39

@tirilishuz
  • ❤ 6
  • ⚡ 2
  • 👍 2
Post #2557 1.41K
💔 Nega men?

Musibat kelganda ko‘pincha uning hikmatini anglay olmaymiz. Nega aynan biz, nega aynan shu sinov, deb o‘ylaymiz.

Ammo ba’zi javoblar musibatning o‘zida emas, undan keyin qalbimizda paydo bo‘lgan o‘zgarishda yashiringan bo‘ladi.

🔐 “Mukoshafatul qulub” — musibat, sabr, tavakkul va qalb haqida chuqurroq o‘ylashga undaydigan kitob.

📞 Ulgurji savdo uchun aloqa:
70 516 00 37
70 516 00 38
70 516 00 39

@tirilishuz
  • ❤ 10
  • 🔥 5
  • 😍 5
  • 👏 1
Post #2556 1.4K
Qalbni yumshatadigan kitob

Ishlar yurishmayotgan, qarz va kundalik tashvishlar charchatgan paytda ba’zan insonga bir oz to‘xtab, o‘zini anglash kerak bo‘ladi.

«Ijobat duolar» — Qur’on va sahih hadislardan jamlangan 365 ta duo to‘plami. Duolar orqali hayotga boshqacha nazar bilan qarash, har bir holatda sabr va xotirjamlikni izlash uchun ajoyib qo‘llanma.

Sizga qiyin paytlarda nima kuch beradi? Izohlarda yozing


#tez_kunda

@tirilishuz
  • ❤ 8
  • 🔥 5
  • 😍 4
Post #2555 1.29K
Asl muammo mana qayerda 🫀

Ba’zan inson atrofidagi muammolarga yechim izlaydi, lekin o‘zining ichki dunyosiga nazar tashlashni unutadi. Qalbdagi holat, nafs va xulq insonning hayotida muhim o‘rin tutadi.

“Mukoshafatul qulub” ruhni tarbiyalash, nafsni yomon illatlardan poklash va qalbni xotirjamlik hamda sakinat sari yetaklaydi. 🌿

Qalbga taskin, ruhga ozuqa izlayotgan bo‘lsangiz, bu kitob siz uchun.

“Mukoshafatul qulub” asari to‘liq nashr holida ilk bor arab tilidan tarjima qilindi. 📖✨

📞 Ulgurji savdo uchun aloqa:
70 516 00 37
70 516 00 38
70 516 00 39

@tirilishuz
  • ❤ 6
  • 🔥 3
  • 😍 3
  • 👏 2
Post #2554 1.36K
🌿 Hayot uchun buyuk g’oya…

Arkadiy Dolgorukiy boy bo‘lishni, mustaqil yashashni va hech kimga qaram bo‘lmaslikni orzu qiladi.

U o‘z hayotini o‘zi qurmoqchi. Ammo buning uchun avval o‘zini tushunishi kerak.

Dostoyevskiyning “O‘smir” romani — katta bo‘lishga, mustaqil bo‘lishga va hayotda o‘z yo‘lini topishga urinayotgan yigit haqida.


📞 Ulgurji savdo uchun aloqa:
70 516 00 37
70 516 00 38
70 516 00 39

@tirilishuz
  • ❤ 6
  • 😍 3
  • 🔥 2
Post #2553 9.79K
📕 Bugun soat 20:00

Ustoz Abror Muxtor Aliy bilan Imom G'azzoliyning "Mukoshafatul qulub" kitobi haqida suhbatlashdik.

Ushbu kitob ilk bor arab tilidan tarjima qilingan, to’liq nashri hisoblanadi. Kitob ming yil oldin yozilgan bo’lsa-da, suhbatdagi savollarning hammasi bugunniki:

🔴Nega yangi telefon chiqsa, eskisi ishlab turgani bilan baribir olamiz?
🔴Aloqani qarindoshing uzgan bo'lsa, nega tiklash sening zimmangda?
🔴Alloh qaysi gunohga umuman aralashmaydi?
🔴Nega o'qigan kitobimizning ta'siri bir yildan keyin yo'qoladi?


Bugun 20:00 da 👇

🎞 Suhbatni ko’rish uchun bosing
🎞 Suhbatni ko’rish uchun bosing

@tirilishuz
  • ❤ 7
  • 🔥 4
  • 😍 3
Post #2551 1.5K
💓 Siz havas qiladigan mukammal xulqli inson allaqachon bor…

Har bir so‘zi va harakatida go‘zal xulq, odob va din mujassam edi.
Ularning hayoti — inson uchun eng go‘zal ibrat. U — Muhammad ﷺ edi.

“Olamlarga rahmat payg‘ambar” kitobi esa Rasululloh ﷺning hayotlari, go‘zal xulqlari va insoniyatga qoldirgan ibratlarini yanada yaqindan anglashga chorlaydi.

Ba’zan biz izlayotgan mukammal inson obrazi allaqachon bizga namuna qilib berilgan bo‘ladi.



Muqova: qattiq
Format: A4
Sahifalar: 447


📞 Ulgurji savdo uchun aloqa:
70 516 00 37
70 516 00 38
70 516 00 39

@tirilishuz
  • ❤ 10
  • 🔥 2
  • 😍 2
  • 👏 1
Post #2550 1.53K
💭 Tirilish nashriyotida chop etilgan “Mukoshafatul qulub”ning boshqa nashrlardan farqi nimada?

1. Arab tilidan bevosita tarjima
Asar arab tilidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zbek tiliga tarjima qilingan. Bu esa kitob mazmunini asl matnga imkon qadar yaqin holda yetkazishga xizmat qiladi.

2. To‘liq nashr — 688 bet
Ushbu nashr 688 betdan iborat bo‘lib, “Mukoshafatul qulub”ning to‘liq nashri sifatida taqdim etilgan. Ya’ni asarning keng qamrovli mazmuni bir kitobga jamlangan.

3. O‘qishga zavq bag‘ishlaydigan dizayn
Kitobning mazmuni bilan bir qatorda uning tashqi ko‘rinishiga ham alohida e’tibor qaratildi. Estetik dizayn, sifatli sahifalar va o‘qishga qulay yechimlar kitob mutolaasini yanada yoqimli qiladi.


🫀 “Mukoshafatul qulub” — faqat o‘qiladigan kitob emas, qalbga murojaat qiladigan asar.

Ulgurji savdo uchun aloqa:
70 516 00 37
70 516 00 38
70 516 00 39

@tirilishuz
  • ❤ 2
  • 🔥 1
  • 😍 1
Post #2549 1.42K
🤩 Ey qalbi ojiz inson…

Dunyoga bunchalar mahkam yopishib oldingki, go‘yo undan hech qachon ayrilmasdek.
Holbuki, kecha qo‘lingda bo‘lgan narsa bugun sendan ketdi. Ertaga esa sening o‘zing ham undan ketursan.

Ey inson, qalbingni tekshir.
U nimaga ko‘proq bog‘langan: Robbinggami yoki yaratilmishlargami?

Mol-dunyo kamayganda qayg‘urasan, odamlar seni tark etganda kuyasan, ammo qalbing Allohdan uzoqlashganida nega beparvo qolasan?

Bilgilki, qalbning kasalligi ko‘zga ko‘rinmaydi.
Ammo uning alomati bor: gunoh qilganda qalb bezovta bo‘lmay qoladi, yaxshilik qilganda esa quvonch sezilmaydi.

Shunday ekan, o‘lim seni uyg‘otishini kutma.
Qalbingni bugun uyg‘ot. Chunki insonning eng katta yo‘qotishi dunyodan ayrilishi emas — Allohdan uzoqlashgan holda dunyoni tark etishidir.


⚙️ Ulgurji savdo uchun aloqa:
70 516 00 37
70 516 00 38
70 516 00 39

@tirilishuz
  • ❤ 6
  • 🔥 4
  • 😍 2
Post #2548 1.49K
🤩 “Qachonki meni to’g’ri yo’lga soluvchi, menga yordam beruvchi, menga to’g’ri maslahatlar beruvchi biriga ehtiyojim tug’ilsa, men “Mukoshafatul qulub”ni qidiraman”.

🔐 “Mukoshafatul Qulub” endi to’liq nashrda !!!
Ushbu kitob inson qalbi va ruhiy holati bilan bog‘liq ko‘plab illatlar, ularning sabablari va ulardan xalos bo‘lish yo‘llari haqida so‘z yurituvchi asar.


“Mukoshafatul Qulub” — siz uchun ham to’g’ri yo’lga soluvchi, maslahat beruvchi, yo’l ko’rsatuvchi kitobga aylansin…

Muqova: qattiq;
Format: A4;
Sahifalar soni: 688;


Ulgurji savdo uchun aloqa:
70 516 00 37
70 516 00 38
70 516 00 39

@tirilishuz
  • ❤ 12
  • 🔥 5
  • 😍 2
Post #2547 1.49K
🤲 Bugun qilishingiz kerak bo’lgan duo… 1-kun

365 kuningiz Qur’onda kelgan duolar bilan o’tkazish hayotingizga, martabangizga, rizqingizga, qalb xotirjamligingizga qanchalik foyda ekanligini bilsangiz edi…

📅 Bu kitob siz uchun eng zo’r “challange” bo’la oladi… Oson, yengil va doim yonimgizda.

“Qur’oni karim va sunnatda kelgan ijobat duolar. 365 kun”

🔜 #tez_kunda

@tirilishuz
  • ❤ 13
  • 👍 5
  • 🔥 2
  • 😍 2
  • ⚡ 1
Post #2546 1.48K
😢 Buni bilishga, albatta, kechikdik… ammo sabablarini tushunishga ulguramiz.

Nega dunyoning bugungi siyosiy xaritasi aynan shunday shakllangan?
Nega ayrim hududlar uchun kurash hech qachon to‘xtamaydi?
Va eng muhimi — geografiya davlatlar taqdirini qanchalik o‘zgartira oladi?


“Geografiya qasosi” kitob taqdimotida, albatta, o’z savollaringizga javob topasiz.

🎞 Ko’rish uchun bosing
🎞 Ko’rish uchun bosing

@tirilishuz
  • ❤ 7
  • 🔥 4
  • 😍 2
Post #2545 1.41K
🌟 Endi navbat — “O‘smir”da.

Bu safar siz — yosh, jizzaki va o‘ziga ishongan yigitsiz.

Ichingizda ming xil qarama-qarshilik.
Dunyoni o‘zgartirish istagi.
O‘zingizni hammadan ko‘ra yaxshiroq tushunishingizga bo‘lgan ishonch. Ammo ulg‘ayish o‘ylaganingizdan ancha murakkab…

Tez kunda — “O‘smir”.

@tirilishuz
  • ❤ 9
  • 😍 2
  • 🔥 1
Post #2544 1.5K
Qalblar kashfiyoti!!!

Inson o‘zini qanchalik taniydi?

Ko‘pincha tashqi ko‘rinishimizga, atrofimizdagi insonlarga, ularning xatolariga e’tibor beramiz. Ammo o‘z qalbimizda nimalar kechayotganini qachon tekshiramiz?

Ixlosmi yoki riyomi?
Sabrmi yoki norozilikmi?
Tavbami yoki gunohga ko‘nikishmi?
Iymonmi yoki nafsning istaklarimi?


“Mukoshafatul qulub” — insonni o‘z qalbiga nazar solishga chorlaydigan asar.

Ulgurji savdo uchun aloqa:
70 516 00 37
70 516 00 38
70 516 00 39

@tirilishuz
  • ❤ 8
  • 🔥 2
  • 😍 2
Older posts →

About this channel

How can I read @tirilishuz without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Tirilish Nashr: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Tirilish Nashr have?
Tirilish Nashr (@tirilishuz) has 5.81K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Tirilish Nashr know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →