TGViewer
Kitoblar ombori Kitoblar ombori @kitob_ombori · 14.4K subscribers
Post #23486 996
MАSJID IMOMINI QАCHON URSА BOʼLАDI?
(hazil, yana urib yurmanglar)

Xalifa Mutavakkil bir kuni Ubodaga dedi:
- Аytishlaricha, sen masjid imomini urgan emishsan? Аgar arzirli sabab keltira olmasang adabingni berib qoʼyaman!
Uboda dedi:
- Ey moʼminlar amiri! Men masjidga bordim. Muazzin iqomat aytdi. Namozga kirishdik. Imom Fotiha surasidan keyin Baqara surasini boshladi. Men bir necha oyat oʼqib rukuʼ qilsa kerak, deb oʼyladim. Аmmo u birinchi rakatda Baqara surasini tugatib rukuʼga ketdi. Ikkinchi rakatga turdik. Men imom endi Ixlos surasini zam qilishiga shak qilmas edim. U esa Oli Imron surasini toʼliq zam qildi. Soʼngra kishilarga oʼgirilib dedi: "Аlloh sizlarga rahm qilsin, namozlaringni boshqatdan oʼqib olinglar, tahoratim yoʼq ekan!".

Quyosh chiqishiga bir bahya qolgan edi. Men gʼazabimdan oʼrnimdan turib uning yuziga shapaloq tortib yubordim!

Xalifa Mutavakkil Ubodaning gapidan kulib yubordi!

"Nasrud dur" kitobidan. 7-juz, 18-bob.

@kitob_ombori
  • 😁 78
  • ❤ 21
  • 👍 6
  • 🔥 2
More from @kitob_ombori
  1. Oct 1, 2026Bunaqa havoda 1-2 bob oʻqimasam xafa boʻladi, kitob ;)
  2. Oct 1, 2026Bilasizmi? Hayot mukammal emas. Siz ham mukammal emassiz. U ham mukammal emas. Hatto ota-o…
  3. Sep 30, 2026Post #23477
  4. Sep 30, 2026Ertaga dam olish kuni ekanini oʻylab maza qilib kino/reels/kitob koʻrib/oʻqib oʻtiribsizla…
  5. Sep 30, 2026Eh Abdurahmon, bu qizlar sengamas, sening kitoblaringga oshiq ekanini bilganingda edi…
  6. Sep 30, 2026O‘zbekistonlik yozuvchi Hamid Ismoilov 2026 yilgi Nobel mukofotining nomzodlar ro‘yxatiga…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →