TGViewer
Kitoblar ombori Kitoblar ombori @kitob_ombori · 14.4K subscribers
Post #23499 4.09K
Tahajjud psixologiyasi

So‘nggi paytlarda tahajjud namozi haqida ko‘p o‘ylayapman.

Islomda tunda, asosan tunning oxirgi uchinchi qismida ado etiladigan namoz bor. U tungi 12 dan tong otguncha (soat 3 lar atrofida) bo‘lgan vaqt oralig‘ida o‘qiladi. Ulamolar asrlar davomida bu ibodat haqida ko‘p gapirishgan. Imom Shofe'iy ushbu vaqtda qilingan duolarni hech qachon xato ketmaydigan kamon o‘qiga o‘xshatganlar. Bu, aslini olganda, tunda qilingan duolarning qanchalik qudratli ekanligiga majoziy ishoradir.

Ba'zan o‘ylab qolaman: tahajjud rostdan ham duolarning ijobat bo‘lishini ta'minlaydimi? Yoki bu shunchaki hayot chigallashib, inson o‘zini boshi berk ko‘chada qolgandek his qilganida unga tasalli berish uchun aytiladigan gapmikin? Men bu masalaga mantiqiy va ilmiy nuqtai nazardan yondashishga harakat qildim. To‘g‘ri, ilm-fan Alloh duolarni qanday ijobat qilishini isbotlab bera olmaydi. Ammo u bir qiziqarli holatni tushuntirib beradi.

Tahajjudga uyg‘onish – bu o‘z ixtiyori bilan issiq o‘rindan (rohatdan) voz kechish demakdir. Tanangiz qattiq uxlashni xohlab tursa-da, siz uyquni chetga surib qo‘yasiz. Har safar shunday qilganingizda, miyangiz irodani, o‘zini-o‘zi nazorat qilishni mashq qiladi. Siz o‘zingizni rohat-farog‘atdan ko‘ra oliyroq maqsadni tanlashga o‘rgatasiz.

Ma'lum bo‘lishicha, bu biz tasavvur qilganimizdan ham muhimroq ekan. Psixologlar bu holatni «Kechiktirilgan mukofot» (Delayed Gratification) deb atashadi. Bir safar bu haqda o‘qigandim: sabr qila oladigan, hozirning o‘zidayoq lazzat beradigan narsalarni tanlayvermaydigan odamlar, odatda kelajakda katta yutuqlarga erishadilar. Bu bo‘yicha hatto maxsus tadqiqot ham o‘tkazilgan. Bolalar ustida qilingan oddiygina bir tajribada ularga tanlov berilgan: «Hozir bitta zefir (shirinlik) yeyishingiz mumkin, yoki biroz kuta olsangiz – ikkita olasiz». Sabr qilib kutgan bolalar shunchaki qo‘shimcha shirinlik yutib olishmadi. Ular kelajakda irodasi mustahkam, hissiy jihatdan barqaror va hayotda o‘z maqsadiga qattiq diqqat qarata oladigan shaxslar bo‘lib yetishdilar.

Ochig‘ini aytsam, tahajjud ham xuddi shunga o‘xshaydi. Har safar tunda ibodat uchun o‘rnimdan turganimda, men o‘zimga nafsimning har bir xohishiga ergashishim shart emasligini uqtiraman. Men doim ham eng oson yo‘lni tanlashga majbur emasman. Bu tanlovni tunu kun, kechama-kecha takrorlayversam, u asta-sekin mening kunduzgi hayot tarzimni ham o‘zgartira boshlaydi. Bu odat faqatgina joynamoz ustida qolib ketmaydi. U asta-sekin kundalik hayotimga ko‘chadi. Men o‘zimni ko‘proq boshqara oladigan, hissiyotlarga tez berilmaydigan, umidsizlikka tushmaydigan va atrofdagilarga keskin reaksiya bildirmaydigan insonga aylanib boraman. Eng muhimi, men aynan duolarimda so‘rayotgan narsalarimga mos keladigan to‘g‘ri qarorlarni qabul qila boshlayman.

Ehtimol, tahajjud biz so‘ragan narsalarni darhol, shu ondayoq beradigan qandaydir tilsim emasdir. Ehtimol, u bizni aynan o‘sha biz duoda so‘rayotgan ne'matlarni ko‘tarishga (qabul qilib olishga) tayyor bo‘lgan shaxs sifatida shakllantirar. Va ehtimol, odamlarning «tahajjud albatta o‘z samarasini beradi» deyishi ham shundandir.

Menimcha, buni nihoyat tushunib yetdim. U tunni o‘zgartirmaydi. U mening tongni qanday kutib olishimni – ertangi kunga qanday qadam qo‘yishimni o‘zgartiradi.

@kitob_ombori
  • ❤ 171
  • 🔥 37
  • 🥰 14
  • 👏 9
  • 👍 3
More from @kitob_ombori
  1. Oct 16, 2026"Kitobga aldangan qiz" 😅
  2. Oct 16, 2026#hifz 📕 Tolibi ilm uchun yodlashning foydalari va usullari ⏺️Ixlosni to‘g‘irlang Yodlashn…
  3. Oct 16, 2026Masjid un-Nabaviy ichiga sayr... Juma
  4. Oct 15, 2026Aslidayam shunaqa
  5. Oct 15, 2026Post #23574
  6. Oct 14, 2026Yana kimning ishxonasida shunaqa narsalar bor?😄
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →