#hifz
📕 Tolibi ilm uchun yodlashning foydalari va usullari
⏺️Ixlosni to‘g‘irlang
Yodlashning maqsadi — odamlarga ko‘rsatib qo'yish emas, balki Allohning kalomini va Rosuli (s.a.v.) so‘zlarini jonlantirish bo‘lishi kerak.
⏺️Amal niyati bilan yodlang
Yodlagan narsangiz bilan amal qilmasangiz, ilm tanangizda yuk bo‘ladi, xolos. Ibn Mas'ud (r.a.) aytardilar: «Biz ilmni amal qilish uchun o‘rganardik, ilm ortgan sari amal ham ortardi.»
⏺️Oz-ozdan, lekin doimiy yodlang
Har kuni oz miqdorda, lekin uzluksiz yodlash bir kunda ko‘p yodlab keyin tark etishdan ko'ra yaxshiroqdir. Rosululloh dedilar: «Allohga eng mahbub amal oz bo‘lsa-da, doimiy bo‘lganidir» (Buxoriy, Muslim)
⏺️Yozish bilan mustahkamlab boring
Yozish yodlashni mustahkamlaydi. Ilmning «qofilasi»* — kitob va yozuvdir.
*Qofila - ilmni tashuvchi karvon
⏺️Takror — ilmning onasi
Bir marta o‘qish yodga olib kelmaydi. Takrorlash yodlashni tirik saqlaydigan eng muhim jihlatlardandir.
⏺️Kecha va bomdod oralig‘i — eng barakali vaqt (subh)
Ulamolar aytadilar: “Subhidam payti yodlangan ilm, qalbga o‘rnashadi. Chunki bu paytda rizq tarqatiladi. Ilm esa rizqlarning eng afzalidir.”
⏺️O'rganganingizni sheriklaringiz bilan muhokama qiling
O‘rganilgan hadis yoki ma’lumotni boshqaga aytish yodlashning eng mustahkam yo‘lidir.
⏺️Duo qiling va tavfiq so‘rang
Ibn Abbos (r.a.) Rosulullohdan duo so‘raganida shunday dedilar: “Ey Allohim, uni din ilmida fahmli (faqih) qil va unga ta'vilni o‘rgat.”
⏺️Gunohdan saqlan
«Ilm — nurdir, Allohning nuri esa osiy qalbga berilmaydi.»
⏺️Yodlaganni amal bilan bezating
Ilm amal bilan bezatilmasa, u nur o‘rniga zulmatga aylanadi.
@kitob_ombori
Post #23588
2.33K

- ❤ 50
- 🔥 13
- 👍 5
- 👏 2
- 🥰 1