TGViewer
Channel Public Channel
Kasbiy ta’lim agentligi

Kasbiy ta’lim agentligi

@kasb_edu

Kasbiy ta’lim agentligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/kasbiytalim
instagram.com/kasb_edu
facebook.com/kasb_edu
youtube.com/@kasb_edu
x.com/kasb_edu

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Murojaatlar uchun: @kasbedu_bot
Subscribers
11.2K
Photos
2.4K
Videos
321
Links
1.1K
Recent Posts 9 shown
Post #2863 3.03K
Kasbiy ta’limda yangi avlod pedagoglari shakllanmoqda

Bugun texnikumlar nafaqat yoshlarni zamonaviy kasblarga tayyorlaydigan, balki yosh va salohiyatli pedagoglar uchun ham yangi imkoniyatlar yaratadigan ta’lim maskaniga aylanmoqda.

📊 Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotda ishtirok etgan 540 ta texnikumda faoliyat yuritayotgan 27 911 nafar pedagogning o‘rtacha yoshi 38,5 yoshni tashkil etadi. Ularning 60 foizi 40 yoshgacha bo‘lgan mutaxassislardir.

💡 Bu esa kasbiy ta’lim tizimida yosh, zamonaviy fikrlaydigan, ilg‘or pedagogik yondashuv va yangi texnologiyalarni ta’lim jarayoniga olib kirayotgan mutaxassislar safi kengayib borayotganini ko‘rsatadi.

Texnikumlar yosharmoqda, yangi avlod pedagoglari bilan kasbiy ta’limga yangi ruh, yangi g‘oyalar va zamonaviy yondashuvlar kirib kelmoqda.


Izoh: Tadqiqot 2025-yil natijalariga asoslangan

Bizni kuzating

Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X
  • ❤ 7
  • 🔥 4
  • 👍 3
Post #2862 3.1K

This post (sticker, poll or similar) has no web preview. Open in Telegram

  • ❤ 4
  • 🙏 3
  • 👍 2
  • 🔥 2
Post #2855 5.6K
Erkinjon Turdimov: Oliy ta’limda asosiy mezon — sifatli bilim, puxta egallangan kasb va yoshlarning kelajagi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov oliy ta’lim yo‘nalishiga mas’ul rahbarlarning tizimdagi mavjud holat, amalga oshirilayotgan islohotlar hamda istiqboldagi ustuvor vazifalar yuzasidan tayyorlagan taqdimotlari bilan tanishdi.

Taqdimot davomida oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish, o‘quv dasturlarini mehnat bozori talablariga moslashtirish, ilm-fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

👉 Batafsil

Bizni kuzating

Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X
  • ❤ 13
  • 👍 8
  • ✍ 2
  • 🥰 2
  • 👏 2
Post #2854 4.54K
❗️Diqqat! Vazir nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov nomidan fuqarolarga soxta xabarlar yuborilayotgani aniqlandi.

Xususan, Telegram orqali vazirlikda olimlar faoliyati yuzasidan ichki tekshiruv o‘tkazilayotgani, shu munosabat bilan fuqarolar bilan Davlat xavfsizlik xizmati mayori bog‘lanishi haqida asossiz xabarlar tarqatilmoqda.

Ma’lum qilamizki, vazir nomidan yuborilayotgan mazkur xabarlar haqiqiy emas.

Fuqarolardan bu kabi shubhali xabarlarga nisbatan ehtiyotkor bo‘lishlarini va quyidagilarga amal qilish so‘raladi:
▪️ Noma’lum akkauntlardan kelgan xabarlarga ishonib, shaxsiy ma’lumotlarni taqdim etmang.
▪️ Pasport ma’lumotlari, SMS-kodlar va boshqa maxfiy ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga bermang.
▪️ Shubhali xabarlarni boshqalarga tarqatmang.
▪️ Vazirlik faoliyatiga oid ma’lumotlarni faqat rasmiy manbalar orqali tekshiring.

Vazir yoki vazirlik nomidan tarqatilayotgan shubhali xabarlarga duch kelsangiz, ularning haqqoniyligini rasmiy axborot kanallari orqali aniqlashtirishingizni tavsiya etamiz.

Bizni kuzating

Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X
  • ❤ 6
  • 👍 3
  • 🤩 2
  • 🏆 2
Post #2853 3.16K

This post (sticker, poll or similar) has no web preview. Open in Telegram

  • 👍 7
  • ❤ 4
  • 🔥 2
  • 🙏 2
  • 🏆 2
Post #2852 8.67K
8530785.pdf772.2 KB
Ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash sohalarini boshqarish tizimi takomillashtiriladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-oktabrdagi PF–217-son Farmoni bilan Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini yanada takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilandi.

Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziriga biriktirilgan tashkilotlar
1.Ta’lim va ilm-fan vazirligi
— Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi;
— Kasbiy ta’lim agentligi;
— Innovatsion rivojlanish agentligi;
— Bilim va malakalarni baholash agentligi.
2. Sog‘liqni saqlash vazirligi
3. Ichki ishlar vazirligi (ta’lim muassasalarida, o‘quvchi va talabalar orasida giyohvandlik va psixotrop moddalar tarqalishini, taqiqlangan va zo‘ravonlik jinoyatlarini oldini olish bo‘yicha).
4. Yoshlar ishlari agentligi (ta’lim muassasalarida, o‘quvchi va talabalar tomonidan zamonaviy bilim va kasb-hunar egallash imkoniyatlarini kengaytirish, ularni Vatanga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash bo‘yicha).
5. Fanlar akademiyasi.
6. Vazirliklar, qo‘mitalar, agentliklar va inspeksiyalar (ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash sohalarida zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish bo‘yicha).
7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining tegishli masalalar bo‘yicha o‘rinbosarlari.


Farmonga muvofiq:
— O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziri lavozimi joriy etiladi;
— Vazirlar Mahkamasida 12 ta shtat birligidan iborat Ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyati tashkil etiladi;
— Kotibiyatning 5 ta shtat birligi Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy rivojlanish masalalari bo‘limi hisobidan, 7 ta shtat birligi esa Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining shtat birliklarini maqbullashtirish hisobidan shakllantiriladi;
— Ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash sohalarida faoliyat yurituvchi respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziriga biriktiriladi;
— Farmonga muvofiq, tegishli nizom ikki hafta muddatda tasdiqlanishi, shuningdek, qonunchilik hujjatlariga zarur o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi belgilangan.

Bizni kuzating

Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X
  • ❤ 5
  • ⚡ 2
  • 🔥 2
  • 🙏 2
Post #2851 6.53K
“Endi tibbiyotga, ta’limga e’tibor mutlaqo o‘zgaradi” — Shavkat Mirziyoyev

Prezident Yangi Toshkentda o‘tkazilgan uchrashuv davomida yangi Ta‘lim va ilm-fan vazirligi va unga rahbar etib tayinlangan Erkinjon Turdimov haqida to‘xtalib o‘tdi.

“Son ko‘payib ketdi, sifat kamayib ketdi. Bu meni juda tashvishga soladi. Shuning uchun katta tajribaga ega, to‘rtta viloyat hokimi bo‘lgan odamni ta’limga olib kelganim tagida juda katta ma’no bor.

Ta’limga juda katta e’tibor berish uchun men Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari maqomini berganman. Bu bejiz emas. Endi tibbiyotga, ta’limga e’tibor mutlaqo o‘zgaradi”, — dedi davlat rahbari.


Bizni kuzating

Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X
  • 👍 6
  • ❤ 3
  • 🥰 2
  • 🙏 2
Post #2850 4.74K

This post (sticker, poll or similar) has no web preview. Open in Telegram

  • ❤ 2
  • 👍 2
  • 🔥 2
  • 👏 2
  • ⚡ 1
Post #2843 8.15K
Erkinjon Turdimov: Ta’limdagi har bir o‘zgarish yoshlar hayotida sezilishi kerak

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov vazirlik tizimi xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqotda yoshlar, o‘quvchi va talabalarni qiynayotgan masalalarni o‘rganish, ularning dardini eshitish, sifatli ta’lim olishi uchun yanada yaxshi sharoit yaratishga alohida e’tibor qaratildi.

Bola bog‘chaga borishi, o‘quvchi maktabda puxta bilim olishi, talaba esa egallagan bilimi va kasbi bilan hayotda o‘z o‘rnini topishi kerak. Shu maqsadda maktabgacha ta’lim qamrovini kengaytirish, ta’lim sifatini oshirish, yoshlarni kasbga tayyorlash va ilm-fanga qiziqishini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

O‘qituvchining jamiyatdagi obro‘si va nufuzini yuksaltirish, uning mehnati qadrlanishi, o‘z ustida ishlashi va bor e’tiborini ta’limga qaratishi uchun munosib sharoit yaratish ham muhim vazifalardan biri sifatida qayd etildi.

Erkinjon Turdimov muammolarni sanab o‘tish bilan cheklanmasdan, har biri bo‘yicha amaliy yechim qilish zarurligini ta’kidladi. Xodimlarga o‘quvchi, talaba va pedagog hayotida ijobiy o‘zgarish beradigan aniq takliflar tayyorlash vazifasi qo‘yildi.

Bizni kuzating

Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X
  • 👍 16
  • 🥰 3
  • ✍ 2
  • ❤ 2
  • 🙏 2
Older posts →

About this channel

How can I read @kasb_edu without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Kasbiy ta’lim agentligi: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Kasbiy ta’lim agentligi have?
Kasbiy ta’lim agentligi (@kasb_edu) has 11.2K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Kasbiy ta’lim agentligi know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →