TGViewer
Kasbiy ta’lim agentligi Kasbiy ta’lim agentligi @kasb_edu · 11.2K subscribers
Post #2843 8.26K
Erkinjon Turdimov: Ta’limdagi har bir o‘zgarish yoshlar hayotida sezilishi kerak

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov vazirlik tizimi xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqotda yoshlar, o‘quvchi va talabalarni qiynayotgan masalalarni o‘rganish, ularning dardini eshitish, sifatli ta’lim olishi uchun yanada yaxshi sharoit yaratishga alohida e’tibor qaratildi.

Bola bog‘chaga borishi, o‘quvchi maktabda puxta bilim olishi, talaba esa egallagan bilimi va kasbi bilan hayotda o‘z o‘rnini topishi kerak. Shu maqsadda maktabgacha ta’lim qamrovini kengaytirish, ta’lim sifatini oshirish, yoshlarni kasbga tayyorlash va ilm-fanga qiziqishini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

O‘qituvchining jamiyatdagi obro‘si va nufuzini yuksaltirish, uning mehnati qadrlanishi, o‘z ustida ishlashi va bor e’tiborini ta’limga qaratishi uchun munosib sharoit yaratish ham muhim vazifalardan biri sifatida qayd etildi.

Erkinjon Turdimov muammolarni sanab o‘tish bilan cheklanmasdan, har biri bo‘yicha amaliy yechim qilish zarurligini ta’kidladi. Xodimlarga o‘quvchi, talaba va pedagog hayotida ijobiy o‘zgarish beradigan aniq takliflar tayyorlash vazifasi qo‘yildi.

Bizni kuzating

Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X
  • 👍 16
  • 🥰 3
  • ✍ 2
  • ❤ 2
  • 🙏 2
More from @kasb_edu
  1. Oct 14, 2026Murojaatingiz biz uchun muhim Kasbiy ta’lim agentligi tomonidan fuqarolar, pedagoglar, ota…
  2. Oct 14, 2026Kasbiy ta’limda yangi avlod pedagoglari shakllanmoqda Bugun texnikumlar nafaqat yoshlarni…
  3. Oct 13, 2026Post #2862
  4. Oct 13, 2026Erkinjon Turdimov: Oliy ta’limda asosiy mezon — sifatli bilim, puxta egallangan kasb va yo…
  5. Oct 13, 2026❗️Diqqat! Vazir nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Resp…
  6. Oct 13, 2026Post #2853
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →