TGViewer
Kasbiy ta’lim agentligi Kasbiy ta’lim agentligi @kasb_edu · 11.2K subscribers
Post #2854 5.06K
❗️Diqqat! Vazir nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov nomidan fuqarolarga soxta xabarlar yuborilayotgani aniqlandi.

Xususan, Telegram orqali vazirlikda olimlar faoliyati yuzasidan ichki tekshiruv o‘tkazilayotgani, shu munosabat bilan fuqarolar bilan Davlat xavfsizlik xizmati mayori bog‘lanishi haqida asossiz xabarlar tarqatilmoqda.

Ma’lum qilamizki, vazir nomidan yuborilayotgan mazkur xabarlar haqiqiy emas.

Fuqarolardan bu kabi shubhali xabarlarga nisbatan ehtiyotkor bo‘lishlarini va quyidagilarga amal qilish so‘raladi:
▪️ Noma’lum akkauntlardan kelgan xabarlarga ishonib, shaxsiy ma’lumotlarni taqdim etmang.
▪️ Pasport ma’lumotlari, SMS-kodlar va boshqa maxfiy ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga bermang.
▪️ Shubhali xabarlarni boshqalarga tarqatmang.
▪️ Vazirlik faoliyatiga oid ma’lumotlarni faqat rasmiy manbalar orqali tekshiring.

Vazir yoki vazirlik nomidan tarqatilayotgan shubhali xabarlarga duch kelsangiz, ularning haqqoniyligini rasmiy axborot kanallari orqali aniqlashtirishingizni tavsiya etamiz.

Bizni kuzating

Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X
  • ❤ 7
  • 👍 3
  • 🤩 2
  • 🏆 2
More from @kasb_edu
  1. Oct 15, 2026Kelajak ustalari — amaliyot jarayonida Texnikum o‘quvchilari amaliy mashg‘ulotlar davomida…
  2. Oct 14, 2026O‘zbekiston Respublikasining “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish…
  3. Oct 14, 2026Post #2865
  4. Oct 14, 2026Murojaatingiz biz uchun muhim Kasbiy ta’lim agentligi tomonidan fuqarolar, pedagoglar, ota…
  5. Oct 14, 2026Kasbiy ta’limda yangi avlod pedagoglari shakllanmoqda Bugun texnikumlar nafaqat yoshlarni…
  6. Oct 13, 2026Post #2862
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →