O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-oktabrdagi PF–217-son Farmoni bilan Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini yanada takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilandi.
Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziriga biriktirilgan tashkilotlar
1.Ta’lim va ilm-fan vazirligi
— Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi;
— Kasbiy ta’lim agentligi;
— Innovatsion rivojlanish agentligi;
— Bilim va malakalarni baholash agentligi.
2. Sog‘liqni saqlash vazirligi
3. Ichki ishlar vazirligi (ta’lim muassasalarida, o‘quvchi va talabalar orasida giyohvandlik va psixotrop moddalar tarqalishini, taqiqlangan va zo‘ravonlik jinoyatlarini oldini olish bo‘yicha).
4. Yoshlar ishlari agentligi (ta’lim muassasalarida, o‘quvchi va talabalar tomonidan zamonaviy bilim va kasb-hunar egallash imkoniyatlarini kengaytirish, ularni Vatanga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash bo‘yicha).
5. Fanlar akademiyasi.
6. Vazirliklar, qo‘mitalar, agentliklar va inspeksiyalar (ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash sohalarida zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish bo‘yicha).
7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining tegishli masalalar bo‘yicha o‘rinbosarlari.
Farmonga muvofiq:
— O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziri lavozimi joriy etiladi;
— Vazirlar Mahkamasida 12 ta shtat birligidan iborat Ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyati tashkil etiladi;
— Kotibiyatning 5 ta shtat birligi Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy rivojlanish masalalari bo‘limi hisobidan, 7 ta shtat birligi esa Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining shtat birliklarini maqbullashtirish hisobidan shakllantiriladi;
— Ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash sohalarida faoliyat yurituvchi respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziriga biriktiriladi;
— Farmonga muvofiq, tegishli nizom ikki hafta muddatda tasdiqlanishi, shuningdek, qonunchilik hujjatlariga zarur o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi belgilangan.
Bizni kuzating
Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X