Texnikumlarda pedagoglarning qariyb 60 foizi — 40 yoshgacha
Bugun kasbiy ta’lim tizimida yosh, zamonaviy yondashuvlarga ochiq pedagoglar ulushi yuqori ekanligini quyidagi raqamlarda ko'rish mumkin.
Bugungi kunda mamlakatimizdagi texnikumlarda 27 911 nafar pedagog faoliyat yuritmoqda. Ularning 16 424 nafari, ya’ni 58,9 foizi 40 yoshgacha bo‘lgan pedagoglardir.
Shundan:
➖8 556 nafar — 30 yoshgacha;
➖7 868 nafar — 30–39 yosh.
Bu ko‘rsatkich kasbiy ta’lim tizimida yosh mutaxassislar avlodining faol shakllanayotganini ko‘rsatadi.
Hududlar kesimida esa 40 yoshgacha bo‘lgan pedagoglar ulushi Navoiy viloyatida — 67 foiz, Buxoro viloyatida — 66,7 foizni tashkil etmoqda.
Tahlil Milliy reytingda ishtirok etadigan 540 ta texnikumda faoliyat yuritayotgan pedagoglarning ma’lumotlari asosida tayyorlangan.
Izoh: Tadqiqot 2025-yil natijalariga asoslangan
English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖
☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
