TGViewer
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi @nqaaeuz · 3.94K subscribers
Post #576 6.03K
Scopus bo‘yicha O‘zbekistonda toifalar kesimida TOP-5 oliygohlar

Milliy reyting doirasida 2025-yilda Scopus ma’lumotlari asosida oliygohlarning ilmiy nashrlar faolligi va xalqaro iqtibos ta’siri tahlil qilindi.

Bunda oliygohlarning ilmiy nashrlar faolligi nafaqat nashrlar soni, balki ilmiy sifat va xalqaro iqtibos ta’siri nuqtayi nazaridan ham baholandi.

Tahlilga ko‘ra, har 100 nafar professor-o‘qituvchiga to‘g‘ri keladigan ilmiy nashrlar soni:

➖TOP–1000ga kirgan universitetlarda – 71,4 ta;
➖ijtimoiy-gumanitar oliygohlarda – 37,5 ta;
➖amaliy oliygohlarda – 33,2 ta;
➖tibbiyot oliygohlarida – 20,5 ta;
➖ijod (sport) oliygohlarida – 1,3 tani tashkil etgan.

Har bir oliy ta’lim tashkilotining natijalari tegishli ko‘rsatkichlar asosida umumlashtirilib, ballarda ifodalandi. Infografikalarda har bir oliygohning toifa bo‘yicha egallagan o‘rni bilan birga to‘plagan bali ham aks ettirilgan.


Oliy ta’lim tashkilotlarining ilmiy nashrlar faolligiga oid batafsil sharh bilan ushbu havolada tanishishingiz mumkin.

English

➖➖➖➖➖➖➖➖➖

☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
More from @nqaaeuz
  1. Oct 14, 2026🔠Xorijiy hamkorlar bilan birgalikda ta’lim sifatini taʼminlash bo‘yicha seminar o‘z ishin…
  2. Oct 14, 2026Oliygohingiz natijalarini raqamlar orqali tahlil qiling Bitiruvchilaringiz qanchalik tez i…
  3. Oct 13, 2026British Management University'da kompleks davlat akkreditatsiyasi o‘tkazilmoqda Mustaqil e…
  4. Oct 12, 2026Diplom bor. Bilim-chi? Diplom va a’lo baholar har doim ham sifatli ta’lim ko‘rsatkichi bo‘…
  5. Oct 9, 2026O‘zbekiston Respublikasi ta’lim va ilm-fan vaziri tayinlandi O‘zbekiston Respublikasi Prez…
  6. Oct 9, 2026Samarqand davlat tibbiyot universitetida kompleks davlat akkreditatsiyasi yakunlandi Jaray…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →