TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #7390 6.58K
#operatsion_tizim #hardware

🚫 Qurilmalarga kompyuterni uyqu rejimidan chiqarishni taqiqlash

Ba’zida foydalanuvchilar kompyuterning mustaqil ravishda uyqu rejimidan chiqishi holatiga duch kelishadi. Turli xil periferik qurilmalar, masalan, klaviatura, sichqoncha, tarmoq adapterlari buning sababchilari bo‘lishi mumkin.

Qurilmalarga kompyuterni uyqu rejimidan chiqarishni taqiqlash uchun Buyruq satri (Командная строка)ni administrator nomidan ishga tushiring va unda powercfg -devicequery wake_armed buyrug‘ini bajarishga yuboring (ENTER). Ushbu tarzda biz kompyuterni uyqudan “uyg‘otuvchi” qurilmalar ro‘yxatini hosil qilamiz.

Taqiqni faollashtirish uchun bir nechta usullarni qo‘llash mumkin. Buyruq satri (Командная строка)da powercfg -devicedisablewake "Ro‘yxatdagiQurilmaNomi" buyrug‘ini qo‘llang (ENTER).

Yoki Qurilmalar dispetcheri (Диспетчер устройств)ni ishga tushiring (WIN + R → devmgmt.msc → ENTER) va ro‘yxatdan kerakli qurilmani toping. Uning xususiyatlari (Свойства) oynasini oching va undagi Управление электропитанием varaqa (вкладка)siga o‘tib, Разрешить этому устройству выводить компьютер из ждущего режима bandidan qushcha belgisini olib tashlang, kiritilgan o‘zgartirishlarni saqlang (OK).

📝 Manba: @pcTeapot

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Uyqu rejimi va gibernatsiya — farqi nimada?
• Kompyuterning uyqu rejimi va gibernatsiyasi haqida nimani bilish lozim?
• Gibernatsiya rejimini faollashtirish
• Windows 10’da gibernatsiya
• Kompyuterni o‘chirishni avtomatlashtirish
• Kompyuterni o‘chirish taymerini sozlash
• Kompyuterni ma’lum vaqtdan keyin qayta yuklash yoki o‘chirish
• SHUTDOWN buyrug‘i
• Buyruqlarni muayyan vaqtdan keyin bajarish
• Noutbukning ustki qismini yopgandagi amalga oshiriladigan harakatlarni sozlaymiz
• Noutbuk (laptop)ni tezkor quvvatlash
• Microsoft Edge'ning uyqudagi varaqa (вкладка)lari uchun umumiy taym-ayt vaqtini sozlash
• Windows 10’ni tezlashtirish uchun 10 maslahat
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
  • 👍 12
More from @itspecuz
  1. Oct 16, 2026#word #mulohaza_uchun #maslahat #operatsion_tizim #telegramda_kanal_yuritish Telegram'da y…
  2. Oct 16, 2026Google'ning eng kuchli sun'iy intellekt Gemini Pro obunasining qiymati 18 oyga 380$. Hozir…
  3. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  4. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  5. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  6. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →