TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #6850 4.52K
#operatsion_tizim

⏲ Kompyuterni o‘chirishni avtomatlashtirish

Agar bizda kompyuterni taymer bo‘yicha o‘chirish zarurati yuzaga kelsa, u holda biz Windows'ning ichki o‘rnatilgan vositalaridan foydalanishimiz mumkin. Bu haqda ushbu postimizda ma’lumot berganmiz. Ammo agar bizga qo‘shimcha funksiyalar kerak bo‘lsa, u holda maxsus yordamchi dasturlar yordamiga tayanishimizga to‘g‘ri keladi.

Bunday dasturiy ta’minotlardan biri airytec.com saytidan Airytec Switch Off hisoblanadi. Belgilangan vaqtda kompyuterni o‘chirishdan tashqari, ushbu yordamchi dastur shaxsiy kompyuterni gibernatsiya rejimiga o‘tkazish, bloklash, qayta yuklash, joriy akkaunt seansini to‘xtatish (tizimdan chiqish), internet ulanishini uzish va triggerlar yordamida bajariluvchi fayllarni ishga tushirish uchun qo‘llanilishi mumkin.

Dasturning ichki o‘rnatilgan vazifalar to‘plami foydalanuvchi buyruqlari (skriptlar)ni qo‘shish evaziga kengaytirilishi mumkin. Avtomatlashtirish imkoniyatlari kunlik, haftalik, ma’lum muddatdan keyin va kompyuter ishsiz bo‘lib turgan paytda vazifalarni rejalashtirish imkonini beradi.

📝 Manba: @pcTeapot

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Kompyuterni o‘chirish taymerini sozlash
• Kompyuterni ma’lum vaqtdan keyin qayta yuklash yoki o‘chirish
• Kompyuterning uyqu rejimi va gibernatsiyasi haqida nimani bilish lozim?
• Windows 10’da gibernatsiya
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →