#operatsion_tizim #bilasizmi
😴 Uyqu rejimi va gibernatsiya — farqi nimada?
Kompyuterni uyqu holatiga o‘tkazganingizda, u to‘liq o‘chmaydi. Xotira faol holatda qoladi va Windows “uxlayotgan” mahalda ishlashda davom etadi. Ushbu rejim noutbuklarga juda mos keladi — undagi energiya ta’minoti shunchalik kamki, qurilma akkumulyatoriga deyarli bosim bo‘lmaydi.
Gibernatsiya rejimida xotira tarkibi qattiq diskka yoziladi: kompyuterni quvvat manbaidan uzgan taqdiringizda ham fayllaringizni yo‘qotmaysiz. Kompyuterning gibernatsiya jarayonidan so‘ng ishga tushishi uyqu rejimidan keyingi ishga tushishiga qaraganda biroz ko‘proq vaqt talab etadi, biroq ushbu jarayon Windows'ni oddiy ishga tushirishga nisbatan ancha tez kechadi.
Uyqu rejimiga o‘tganda barcha ochilib turgan hujjatlar va parametrlar operativ xotirada saqlanadi va kompyuter kam quvvat iste’moli rejimiga o‘tadi, gibernatsiya rejimiga o‘tganda esa barcha dasturlar qattiq diskdagi hiberfil.sys faylida saqlanadi va kompyuter o‘chiriladi.
📌 P.S.: Ushbu rejimlar qulay bo‘lishiga qaramasdan, xatoliklarning oldini olish maqsadida, kompyuteringizni kun ora qayta yuklash yoki oddiy o‘chirishni maslahat beramiz! 😉
📝 Manba: @computer_life
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Kompyuterning uyqu rejimi va gibernatsiyasi haqida nimani bilish lozim?
• Gibernatsiya rejimini faollashtirish
• Windows 10’da gibernatsiya
• Qurilmalarga kompyuterni uyqu rejimidan chiqarishni taqiqlash
• Kompyuterni o‘chirishni avtomatlashtirish
• Kompyuterni o‘chirish taymerini sozlash
• Kompyuterni ma’lum vaqtdan keyin qayta yuklash yoki o‘chirish
• SHUTDOWN buyrug‘i
• Buyruqlarni muayyan vaqtdan keyin bajarish
• Noutbukning ustki qismini yopgandagi amalga oshiriladigan harakatlarni sozlaymiz
• Noutbuk (laptop)ni tezkor quvvatlash
• Microsoft Edge'ning uyqudagi varaqa (вкладка)lari uchun umumiy taym-ayt vaqtini sozlash
• Windows 10’ni tezlashtirish uchun 10 maslahat
• Batareyalarga oid mavzularimiz ro‘yxati keltirilgan postimiz
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
Post #7348
5.41K