TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #5514 5.28K
#operatsion_tizim #internet #maslahat

Microsoft Edge'ning uyqudagi varaqa (вкладка)lari uchun umumiy taym-ayt vaqtini sozlash 😴🔧

Edge brauzerida nofaol varaqa (вкладка)lar qoida bo‘yicha 2 soatdan so‘ng kutish rejimiga o‘tadi, biroq dastur sozlamalarining ochiluvchi ro‘yxatida boshqa faolsizlik vaqtini — besh daqiqadan olti soatgacha belgilash imkoni mavjud. Ushbu parametrlar dastur sozlamalarining Система -> Сохранение ресурсов bo‘limida sozlanadi.

Funksiya shunisi bilan afzalki, varaqa (вкладка)lar tomonidan band etib turilgan protsessor va operativ (tezkor) xotira resurslarini bo‘shatadi, ushbu resurslar ayni damda dolzarbroq hisoblangan, amaldagi jarayonlar uchun safarbar etiladi.

Agar sizning ShK'da boshqa qayd yozuvlari ham bo‘lsa, unda siz varaqa (вкладка)larning umumiy uyqu rejimiga o‘tish vaqtini belgilab qo‘yishingiz mumkin. Buning uchun Редактор реестра'ni ishga tushiring (klaviaturada Win + R klavishlari birikmasini bosasiz va ochiluvchi “Выполнить” oynasida regedit buyrug‘ini kiritasiz va Enter klavishini yoki oynachadagi “OK” tugmasini bosasiz) va ushbu yo‘nalish bo‘ylab o‘ting:

Компьютер\HKEY_LOCAL_MACHINE\SOFTWARE\Policies\Microsoft\Edge.

Agar Edge quyi bo‘limi mavjud bo‘lmasa, unda uni Microsoft papkasi ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosib, ochilgan menyudan yangi quyi bo‘limni qo‘shish orqali yarating. So‘ngra SleepingTabsTimeout nomli DWORD (32-bit) parametrini yarating.

Ushbu parametrning qiymati sifatida kompyuterning barcha foydalanuvchilari uchun nofaol varaqa (вкладка)larning “gibernatsiya” rejimiga o‘tish vaqtini soniyalar tarzida, o‘nlik sanoq tizimidagi raqamlar ko‘rinishida kiriting.

📌 P.S.: Windows 10'ni muntazam yangilab borayotgan bo‘lsangiz, unda Google Chrome brauzerini alohida o‘rnatib o‘tirmasdan, tizim tarkibidagi MS Edge brauzeridan bemalol foydalansangiz bo‘ladi, ushbu brauzer Chromium bazasida ishlashi bois, Google Chrome'dan ishlash tezligi bo‘yicha unchalik qolishmaydi.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Kompyuterning uyqu rejimi va gibernatsiyasi haqida nimani bilish lozim?
• Windows 10’da gibernatsiya
• Qotib ishlayotgan Chrome’ni tezlashtirishning 11 usuli
• Chrome – eng “ochofat” brauzer, lekin siz uning “nafsini jilovlay” olasiz!
• Chrome’ni sekinlashtirayotgan reklama va viruslardan osongina qutulamiz!
• Google Chrome’da saqlangan parolni qanday ko‘rish mumkin?
• Google Chrome’da saytlar tomonidan bildirishnomalarni yuborishga ruxsat so‘rash imkoniyatini o‘chirib qo‘yish
• Google Chrome brauzerida varaqa (вкладка)larning avtoyangilanishini o‘chirib qo‘yish
• Chrome'da maqolaning muayyan qismini havola sifatida nusxalab olish mumkinmi?
• Google Chrome’da qorong‘i mavzu qanday faollashtiriladi?
• Mozilla Firefox brauzerida saytga kirishni bloklash
• Brauzer tomonidan internet sarfini qanday kamaytirish mumkin?
• Kesh nima?
• Brauzerda cookie’ni boshqarish uchun kengaytma
• Mobil brauzerlarning kompyuterdagi emulyatsiyasi
• Internet Explorer vs. Google Chrome (IT hazil)
• Google Chrome vs. operativ xotira (IT hazil)
• Google Chrome haqida yana bir hazil post
• Corsair kompaniyasi Google Chrome va Photoshop’ning operativ xotirani iste’mol qilishi yuzasidan kuldi
• Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
  • 👍 1
More from @itspecuz
  1. Oct 16, 2026#word #mulohaza_uchun #maslahat #operatsion_tizim #telegramda_kanal_yuritish Telegram'da y…
  2. Oct 16, 2026Google'ning eng kuchli sun'iy intellekt Gemini Pro obunasining qiymati 18 oyga 380$. Hozir…
  3. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  4. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  5. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  6. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →