TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #4117 13.5K
#internet #security #maslahat

🚫 Mozilla Firefox brauzerida saytga kirishni bloklash

Hozirda Firefox’da saytlarni bloklash uchun o‘rnatilgan (ya’ni brauzer bilan birga keluvchi) vosita mavjud emas, biroq ushbu ko‘rsatmamizga muvofiq qo‘shimcha kengaytmani o‘rnatib, ushbu imkoniyatdan foydalanishingiz mumkin:

1. Firefox brauzerini ishga tushiring.
2. Brauzerning menyusiga o‘ting.
3. “Дополнения” menyu bandini tanlang.
4. Ochilgan qidiruv satriga “BlockSite”ni (qo‘shtirnoqlarsiz) kiriting.
5. Qidiruv tugmasini bosing, tizim bir nechta plaginlar variantlarini taklif etadi.
6. “BlockSite” plaginini tanlang va o‘ng tomonda joylashgan “+ Добавить в Firefox yoki Установить” tugmasini bosing.
7. So‘ngra plagin tavsifi yuqorisida sizib chiquvchi panelda keltirilgan “Добавить” tugmasini bosish orqali usbu vositaning yuklab olishini lozimligini tasdiqlang.
8. Keyingi yuklangan oynada “Принимаю” tugmasini bosing.
9. Yana menyu ro‘yxatini oching va “Дополнения” bandiga o‘ting.
10. “Расширения” ustiga bosing va “BlockSite” plaginini toping.
11. Undan o‘ng tomonda joylashgan “Настройки” ustiga bosing.
12. Ochilgan sozlamalarda birinchi satrdagi barcha bandlarga maxsus belgilarni (qushcha, галочка) o‘rnating va o‘ng tomondagi “Blacklist”ni tanlang.
13. “Add”ni bosing.
14. Ochilgan oynadagi “Location” bandida sayt manzilini kiriting.
15. Shundan keyin sayt “Blacklist” qora ro‘yxatida paydo bo‘ladi.
16. “OK”ni bosing.

Sayt brauzeringizda bloklanadi. Shuningdek qora ro‘yxatda siz bloklanayotgan sayt uchun izoh keltirishingiz mumkin. Unda, masalan, bloklash sababini keltirib o‘tsangiz bo‘ladi.

🎞 Ushbu jarayon bo‘yicha Google Chrome brauzeri uchun keltirilgan video ko‘rsatmani esa bu yerda tomosha qilishingiz mumkin.

ℹ️ Internet rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →