TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #3698 5.93K
#internet

Brauzerda cookie’ni boshqarish uchun kengaytma 🧹

Ko‘pgina zamonaviy brauzerlar foydalanuvchilarga cookie-fayllarni qabul qilish yoki qilmaslikni tanlashga imkon beradi. Ammo shuni yodda tutish lozimki, ularni o‘chirib qo‘yish ba’zi saytlar bilan ishlashni imkonsiz qiladi.

Cookie-fayllarida saytlar tomonidan yaratilgan foydalanuvchi ma’lumotlari saqlanadi. Amaliyotda odatda sozlamalar, autentifikatsiya va shu singari vazifalarni saqlash uchun qo‘llaniladi. Ushbu ma’lumotlar ko‘pincha yaxshi himoyalanmagan bo‘lib, yovuz niyatli shaxslar ularni osonlikcha tutib olishlari mumkin.

“Cookie AutoDelete” kengaytmasi foydalanuvchi xavfsizligini ta’minlash uchun maxsus yaratilgan. Asosiy imkoniyatlari:

1️⃣. Cookie-fayllarini avtomatik o‘chirish.
2️⃣. Oq / qora domen ro‘yxatlarining qo‘llab-quvvatlanishi.
3️⃣. Qo‘lda tozalash rejimi.
4️⃣. Muayyan saytdagi cookie-fayllari miqdorini ko‘rish.

📎 Kengaytma uchun havolalar: Firefox | Chrome

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Google Chrome brauzeriga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz
• Internet rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →