TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #4300 17.7K
#internet #bilasizmi

Brauzer tomonidan internet sarfini qanday kamaytirish mumkin? 🤔

Aytaylik, shunday vaziyatga tushdingizki, trafikingiz hajmi cheklangan va internetdagi sahifalar bo‘ylab o‘tish balansingizga ta’sir qilishi tayin. Yarim soat davomida saytlardagi matn va media tasvirlardan iborat bo‘lgan sahifalar bo‘ylab o‘tishning o‘zi – taxminan 200 Mb trafik sarfiga olib keladi.

Ushbu xarajatni kamaytirish uchun, sahifalardagi, xajmi X Kb'dan ortiq bo‘lgan rasmlarning yuklanishini o‘chirib qo‘yishingiz mumkin. Bunda X qiymatini o‘zingiz ko‘rsatib o‘tasiz.

1️⃣. uBlock Origin kengaytmasini o‘rtating:
Google Chrome | Mozilla Firefox.
2️⃣. Plagin sozlamalariga o‘ting.
3️⃣. “Блокировать медиа-элементы больше” qarshisiga maxsus belgini o‘rnating.
4️⃣. Yuklab olinishi mumkin bo‘lgan rasmlarning xajmi uchun chegaraviy qiymatni ko‘rsating. Shuni inobatga olish lozimki, saytning birgina sahifasida o‘nlab rasmlar joylashgan bo‘lishi mumkin.
5️⃣. Rasmlarning yuklanishini to‘liq o‘chirish uchun 0 qiymatini o‘rnatib qo‘yishingiz ham mumkin.

Tayyor. Brauzeringiz trafik sarfini kamaytiradi. Agar barchasini o‘z o‘rniga qaytarmoqni istasangiz, xuddi o‘sha menyuga o‘tib, maxsus belgini olib tashlaysiz. Kiritilgan cheklovlar istalgan turdagi medialar: audio, video, GIF va rasmlarga o‘z ta’sirini o‘tkazadi.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Chrome – eng “ochofat” brauzer, lekin siz uning “nafsini jilovlay” olasiz!
• Google Chrome’da saytlar tomonidan bildirishnomalarni yuborishga ruxsat so‘rash imkoniyatini o‘chirib qo‘yish;
• Qotib ishlayotgan Chrome’ni tezlashtirishning 11 usuli;
• Google Chrome’da qorong‘i mavzu qanday faollashtiriladi?
• Internetda tezkor ishlash uchun 38ta klavishalar kombinatsiyalari (горячие клавиши);
• “Internet Download Manager” dasturida yangilashni o‘chirib qo‘yish;
• OK Google imkoniyatlari;
• Wi-Fi tarmog‘ingizga kim ulanganligini bilish, uni tarmog‘ingizdan foydalanishga qarshi bloklash va qayta ruxsat berish;
• Mozilla Firefox brauzerida saytga kirishni bloklash;
• Noutbukka lokal tarmoq orqali keluvchi Internetni Wi-Fi orqali tarqatishning oddiy usuli;
• Noutbuklarda Wi-Fi nuqta hosil qilgan holda o‘zaro ma’lumot almashish.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →