TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #5626 7.77K
#operatsion_tizim

Gibernatsiya rejimini faollashtirish 💤

Boshlanishiga bu o‘zi qanday rejim ekanligi borasida to‘xtalib o‘tsak. Gibernatsiya (Гибернация) – avvalambor noutbuklar uchun mo‘ljallangan, kompyuter energiyasini saqlash holatidir.

Mazmunan bu Uyqu rejimi (Спящий режим), farqi esa shundaki, Гибернация vaqtida siz kompyuter yoki noutbukni elektr manbasidan to‘liq uzib qo‘yishingiz mumkin. Qurilmaning keyingi ishga tushirilishida barcha ma’lumotlar va ochilib turgan dasturlar, Спящий режим bilan bo‘lgandagi kabi o‘z ishchi holatiga tiklanadi.

Ushbu rejimni Windows 10'dagi Пуск menyusiga qo‘shish uchun quyidagi harakatlar ketma-ketligi amalga oshiriladi:

1️⃣. Панель управления ishga tushiriladi ( WIN + R -> control -> ENTER).

2️⃣. Электропитание bandi tanlanadi.

3️⃣. Elektr ta’minoti (Электропитание) sozlamalari oynasining chap tomonida Действия кнопок питания bandi ustiga bosiladi.

4️⃣. So‘ngra o‘ng tomondagi asosiy paneldan Изменение параметров, которые сейчас недоступны tanlanadi.

5️⃣. Shundan keyin Режим гибернации'ni faollashtiring va Сохранить изменения tugmasi ustiga bosing.

6️⃣. Natija sifatida sizdagi Пуск menyusida Гибернация bandi paydo bo‘ladi.

📝
Manba: @pcTeapot

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Kompyuterning uyqu rejimi va gibernatsiyasi haqida nimani bilish lozim?
• Windows 10’da gibernatsiya
• Windows 10’ni tezlashtirish uchun 10 maslahat
• SHUTDOWN buyrug‘i
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →