TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #5722 7.17K
#operatsion_tizim

Noutbukning ustki qismini yopgandagi amalga oshiriladigan harakatlarni sozlaymiz 💻⚙️

Noutbuk foydalanuvchilari, uning ustki qismi yopilganida, tizim uyqu rejimiga o‘tishiga ko‘nikib qolganlar. Ushbu standart harakatni esa biz o‘z xohishimizga ko‘ra o‘zgartirishimiz mumkin.

⚠️ Noutbuk (batareyasi) yangi bo‘lishiga qaramay, ko‘pchilikda uni dastlab o‘chirib, keyin ustki qismini yopish odati bor, uyqu rejimi imkoniyatidan bexabar bo‘lsangiz, unda buni bilib qo‘yish zarar qilmaydi, buning noutbuk uchun ziyoni yo‘q.

Buning uchun Панель управления oynasini ekranga chaqiramiz (WIN + R → control → ENTER) va undagi Электропитание bo‘limiga o‘tamiz. Ushbu bo‘limga tezkor murojaat etish uchun WIN + R birikmasi yordamida Выполнить oynasini chaqirib, unga powercfg.cpl buyrug‘ini kiritgan holda ENTER'ni bosishimiz mumkin.

Oynaning chapki panelida Действие при закрытии крышки bandi ustiga bosing. Noutbukning batareya yoki elektr manbasidan quvvat olish mahalida, uning ustki qismi yopilgan taqdirda amalga oshishi kerak bo‘lgan harakatlarni ko‘rsatib o‘ting.

❗️Bunda noutbuk ishlashda davom etadigan qilish (Действие не требуется), uyqu (Сон) yoki gibernatsiya (Гибернация) rejimiga o‘tishi, o‘chirilishi (Завершение работы)ni sozlash mumkin.

📝 Manba: @pcTeapot

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Kompyuterning uyqu rejimi va gibernatsiyasi haqida nimani bilish lozim?
• Windows 10’da gibernatsiya
• Gibernatsiya rejimini faollashtirish
• SHUTDOWN buyrug‘i
• Aldanib qolmang: noutbukni ochmasdan batareyasini tekshirish usullari
• Ekspert maslahati: ishlayotgan noutbukni qayerga qo‘yish xavfli?
• Qizib ketgan noutbuk o‘chib qolyapti: nima qilish kerak?
• Noutbukning to‘g‘ri sovutilishi uchun maslahat
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →