TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #4338 13.5K
#maslahat #hardware

Ekspert maslahati: ishlayotgan noutbukni qayerga qo‘yish xavfli? 💻⚡️

Bugungi kunda masofadan ishlash tufayli noutbuklardan foydalanish juda ommalashgan, lekin ularni to‘g‘ri ishlatishni hamma ham bilavermaydi. “Sinergiya” Universitetining Axborot texnologiyalari instituti direktori o‘rinbosari Anton Averin bu borada ayrim maslahatlarini bergan.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, yoqiq holdagi noutbukni yumshoq yuzalar – pled, yostiq, ko‘rpa kabilarning ustiga qo‘ymaslik kerak. Zero, bunda laptop ostidagi shamollatish tirqishlari qisman yoki to‘liq to‘silib qoladi. Natijada gadjet qizib ketishi va bu hol uning ichki qismlari ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin.

Bundan tashqari, yumshoq yuzalardagi chang, tushib qolgan ip, soch va boshqa mayda narsalar ventilyatsiya kuleriga tushishi ham bor, deydi ekspert. Uning tiqilib qolishi esa noutbuk uchun (o‘zingiz, ayniqsa hamyoningiz uchun ham) ayanchli oqibatlarga olib keladi.

Shuningdek, noutbukni oshxonada qo‘yish ham yaramaydi, deya ogohlantiradi Averin. Zero, unga suv, yog‘ yoki boshqa suyuqlik sachrab, devaysingizni qisman yoxud to‘liq ishdan chiqarishi ehtimoli yuqori.

📝 DiMaX @terabaytuz

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Smartfon batareyasi umrini qisqartiruvchi narsalar — 0 dan 100 gacha
• Telefon quvvatining tez tugashi sabablari
• Smartfon va noutbukni noto‘g‘ri quvvatlayapsiz, buni bilasizmi?
• Smartfoningiz quvvati tez tugab qolyaptimi?
• Aldanib qolmang: noutbukni ochmasdan batareyasini tekshirish usullari

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
  • 👍 2
  • 🤩 2
More from @itspecuz
  1. Oct 16, 2026#word #mulohaza_uchun #maslahat #operatsion_tizim #telegramda_kanal_yuritish Telegram'da y…
  2. Oct 16, 2026Google'ning eng kuchli sun'iy intellekt Gemini Pro obunasining qiymati 18 oyga 380$. Hozir…
  3. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  4. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  5. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  6. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →