TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #7344 8.23K
#operatsion_tizim #software

➡️ Dasturni qayta o‘rnatib o‘tirmasdan boshqa diskka to‘liq ko‘chirib o‘tkazish

github.com saytidagi FreeMove — ochiq kodli bepul dasturiy ta’minot bo‘lib, o‘rnatilgan dasturlar papkalarini boshqa joyga yoki hattoki boshqa diskka funksionalligini buzmagan holda to‘liq ko‘chirish imkonini beradi.

Ko‘chirib o‘tkazilishi lozim bo‘lgan papka va uning yangi joylashuvi tanlanadi, so‘ngra Move tugmasi bosiladi.

Set original folder to hidden opsiyasiga ahamiyat bering. U keyinchalik sizni adashtirmaslik maqsadida, joriy (asl) papkani Проводник'da berkitish imkonini beradi.

Buning boisi, yordamchi dastur barcha papkalar va fayllarni yangi joyga ko‘chirib o‘tkazadi, eski joylashuvida esa ularga bo‘lgan simvolli havolalarni yaratadi. Shunday ekan, ko‘chirib o‘tkazilgan papkalarni o‘chirmasdan, shunchaki ularni berkiting.

Qo‘llanilishi:

Ishga tushirish uchun mo‘ljallangan .EXE kengaytmali fayl ustiga ikki marta bosing va o‘rnatish ketma-ketligidagi oynalar tavsiyasiga amal qiling.

⚠️ Izoh: ushbu dasturda to‘laqonli ishlay olish uchun administrator huquqlari talab etiladi.

Tavsiyalar:

Tizimli kataloglarni ko‘chirib o‘tkazishga urinmang, ular Windows'ni yangilash markazi va Windows ilovalari do‘koni kabi funksiyalarning ishlamay qolishiga sabab bo‘ladi.

Quyidagi: C:\Users | C:\Documents and Settings | C:\ProgramData | C:\Program Files | C:\Program Files (x86) kabi kataloglarni ko‘chirishga urinmang. Agar shunda ham buni amalga oshirish istagida bo‘lsangiz, mas’uliyatni o‘z zimmangizga olgan bo‘lasiz. Katalogni orqaga qaytarish uchun Readme'ning so‘nggi qismiga murojaat eting.

Biroq, yuqorida keltirib o‘tilgan kataloglar tarkibidagi quyi kataloglarni ko‘chirishda hech qanday muammo yuzaga kelmaydi. Shunday ekan, siz C:\Program Files\HugeProgramIDontWantOnMySSD'ni muammosiz ko‘chirib o‘tkazishingiz mumkin.

Ko‘chirib o‘tkazilgan dasturlarni o‘chirish:

Dasturlar odatiy tarzda, ulanishni uzmagan holda o‘chiriladi. O‘chirish dasturi odatiy rejimda, dastur ko‘chirib o‘tkazilgan joyda bo‘sh katalog (papka)ni va katalogning avvalgi joylashuvidagi havolani qoldirgan holda ishlaydi, ularni keyinchalik qo‘lda o‘chirishingiz mumkin.

📥 FreeMove v2.1.0 dasturini yuklab olish.

📝 Manba: @pcTeapot

📝 Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Windows 10, 8.1 va 7'da disk harfini o‘zgartirish
• Windows 10'da Buyruq satri (Командная строка) yordamida disk harfini o‘zgartirish
• Foydalanuvchi profiliga oid papkalarni boshqa diskka o‘tkazish
• Windows 11'da Windows.old papkasini o‘chirish (undan oldingi versiyalar uchun ham o‘rinli)
• Windows'da virtual xotira (файл подкачки)ni sozlash: tizim samaradorligini oshirish
• Istalgan papka asosida virtual disk yaratish
• Windows haqidagi voz kechish lozim bo‘lgan 5 mashhur afsona
• SSD va HDD xotiralar bir-biridan qanday farq qiladi?
• HDD va SSD farqlari, afzalliklari. Kimga qaysi biri kerak?
• Ma’lumotlarni yo‘qotmagan holda fleshka, qattiq disk va SSD’da fayl tizimini FAT32’dan NTFS’ga o‘zgartirish
• HDD'dan SSD'ga qanday qilib “og‘riqsiz” o‘tish mumkin?
• WinPE 10-8 Sergei Strelec yordamchi vositasini qattiq diskdan ishga tushirish
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
  • 🔥 5
  • 👍 3
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →