TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #7251 3.21K
#operatsion_tizim #maslahat

👤 Foydalanuvchi profiliga oid papkalarni boshqa diskka o‘tkazish

Bu haqda aslida ushbu postimizda batafsil so‘z yuritgan edik, u joriy postga nisbatan uzunroq ko‘rinishda yozilgan bo‘lsa-da, undagi keltirilgan tavsiyalar ham hozirgi vaqt uchun o‘z aktualligini yo‘qotmagan.

Windows'ni qo‘llash paytida yuqori samaradorlikni ta’minlashning dastlabki qoidasi: bu tizimli fayllar keltirilgan diskni toza saqlash. Tushunarsiz bo‘lsa-da, ammo haqiqat shuki, ushbu qoidaga rioya qilish Windows'ning ishlash muddatini 2 barobar oshiradi. Biroq mavzuga qaytamiz: tizim fayllariga qo‘shimcha ravishda C diskida joriy kompyuter foydalanuvchilarining papkalari saqlanadi. Bular Документы, Загрузки, Рабочий стол, Видео va boshq. Ushbu direktoriyalar ko‘p qo‘llaniladi — va C diski ularning joyi emasligi aniq!

1️⃣. Qattiq diskimizdagi yaratilgan boshqa disk (masalan, D diski) tarkibida kerakli papkani yaratib olamiz (va keyinchalik u bilan ishlashda nihoyatda e’tiborli bo‘lamiz).

2️⃣. C:\Users\Foydalanuvchi_Nomi papkasiga o‘tamiz.

3️⃣. Aytaylik, “Документы” papkasiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosamiz va yuzaga keluvchi menyudagi so‘nggi — “Свойства” bandini tanlaymiz (yoki papkani tanlagan holda, shunchaki ALT + ENTER klavishlari birikmasini bosamiz).

4️⃣. Ochilgan muloqot oynasining yuqorisidagi varaqa (вкладка)lar orasidan “Расположение”ni tanlaymiz.

5️⃣. Oyna markazidagi “Переместить...” tugmasiga bosamiz.

6️⃣. Dastlabki banddagi ko‘rsatmaga muvofiq yaratilgan papka joylashgan manzilni ko‘rsatamiz va “Выбор папки” tugmasini bosgan holda sodir etmoqchi bo‘lgan harakatimizni tasdiqlaymiz.

7️⃣. Fayllarning yangi manzilga nusxalanib o‘tkazilishini kutamiz va “OK” tugmasini bosgan holda muloqot oynasini yopamiz.

8️⃣. Qolgan zaruriy foydalanuvchi papkalari uchun ham 1-7-bandlarda keltirilgan tavsiyalarni qo‘llaymiz.

Tayyor! “Корзина”ni tozalab turishni (undan o‘chirilgan fayllarni tiklash haqida post), vaqtinchalik fayllarni o‘chirib borishni (hech bo‘lmaganda haftada bir bor) unutmang, buning natijasi o‘laroq, uzilishlarsiz ishlaydigan tizimga ega bo‘ling. Mayli, shu joyida ko‘pchilikning ensasi qotgani aniq, bu ham kafolat bera olmaydi, albatta. Eng yaxshisiga umid qilamiz, eng yomonidan saqlanishga intilamiz!

📝 Manba: @mcrosoft

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Windows 10, 8.1 va 7'da disk harfini o‘zgartirish
• Tizimdagi disk harfini o‘zgartiramiz
• Windows 10'da Buyruq satri (Командная строка) yordamida disk harfini o‘zgartirish
• Istalgan papka asosida virtual disk yaratish
• C diskidagi “Users” papkasidagi foydalanuvchi papkalarini D diskiga mohirona o‘tkazish
• Windows 10’da “Проводник” ilovasi tomonidan ochiladigan doimiy papkani o‘zgartirish
• Windows haqidagi voz kechish lozim bo‘lgan 5 mashhur afsona
• Buyruq satri orqali yuklanuvchi fleshkani yaratamiz
• Windows 10/11'ning standart vositalari orqali to‘g‘rilashning iloji bo‘lmagan USB fleshkalarni sozlash
• WinPE 10-8 Sergei Strelec yordamchi vositasini qattiq diskdan ishga tushirish
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
  • 👍 6
  • 🔥 3
  • ❤ 1
  • 🤩 1
More from @itspecuz
  1. Oct 16, 2026#word #mulohaza_uchun #maslahat #operatsion_tizim #telegramda_kanal_yuritish Telegram'da y…
  2. Oct 16, 2026Google'ning eng kuchli sun'iy intellekt Gemini Pro obunasining qiymati 18 oyga 380$. Hozir…
  3. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  4. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  5. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  6. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →