TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #7092 3.6K
#operatsion_tizim #hardware

💽
Windows 10'da Buyruq satri (Командная строка) yordamida disk harfini o‘zgartirish

Kanalimizda nashr etilgan ushbu postimizda HDD yoki SSD'da foydalanuvchi tomonidan ajratilgan disk bo‘limlari uchun harf tayinlash borasida ko‘rsatma keltirib o‘tilgan.

Ushbu postimizda buni Buyqur satri (Командная строка) yordamida amalga oshirish tartibi xususida to‘xtalib o‘tamiz:

1️⃣. WIN + R birikmasini bosib, ochilgan Выполнить oynasiga cmd buyrug‘ini kiritib, CTRL + SHIFT + ENTER klavishlari birikmasini bosish orqali Buyruq satri (Командная строка)ni ishga tushiring.

2️⃣. diskpart buyrug‘ini kiritib, ENTER'ni bosamiz.

3️⃣. list volume buyrug‘ini kiritib takroran ENTER'ni bosamiz.

4️⃣. Bizga kerakli diskni izlaymiz va X harfi o‘rniga diskning harfini to‘g‘ri ko‘rsatib o‘tgan holda select volume X buyrug‘ini bajaramiz.

5️⃣. Y'ning o‘rniga yangi harfni kiritgan holda, assign letter=Y buyrug‘ini bajaramiz.

⚠️ E’tibor bering, tizim bo‘limi (C diski) harfini texnik jihatdan o‘zgartirish mumkin, biroq bunday qilmagan afzaldir, boisi o‘rnatilgan dasturlar va tizim komponentlarining fayllari disk harfiga biriktirilgan holda reyestr (tizimni boshqaruvchi asosiy bo‘lim)ga kiritiladi va ushbu disk harfining o‘zgartirilishi yuqorida keltirilganlarning nosoz ishlashiga olib kelishi mumkin.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Windows 10, 8.1 va 7'da disk harfini o‘zgartirish
• Istalgan papka asosida virtual disk yaratish
• C diskidagi “Users” papkasidagi foydalanuvchi papkalarini D diskiga mohirona o‘tkazish
• Windows 10’da “Проводник” ilovasi tomonidan ochiladigan doimiy papkani o‘zgartirish
• Windows haqidagi voz kechish lozim bo‘lgan 5 mashhur afsona
• Buyruq satri orqali yuklanuvchi fleshkani yaratamiz
• Windows 10/11'ning standart vositalari orqali to‘g‘rilashning iloji bo‘lmagan USB fleshkalarni sozlash
• WinPE 10-8 Sergei Strelec yordamchi vositasini qattiq diskdan ishga tushirish
• HDD va SSD farqlari, afzalliklari. Kimga qaysi biri kerak?
• HDD'dan SSD'ga qanday qilib “og‘riqsiz” o‘tish mumkin?
• Ma’lumotlarni yo‘qotmagan holda fleshka, qattiq disk va SSD’da fayl tizimini FAT32’dan NTFS’ga o‘zgartirish
• Windows 11'da Windows.old papkasini o‘chirish (undan oldingi versiyalar uchun ham o‘rinli)
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
  • 🔥 5
  • 👍 2
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →