TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #7046 4.52K
#operatsion_tizim #hardware #software

🔄 HDD'dan SSD'ga qanday qilib “og‘riqsiz” o‘tish mumkin?

Agar siz shaxsiy kompyuteringizni yangilamoqchi bo‘lib, HDD (qattiq disk) o‘rniga SSD (qattiq jinsli tezkor disk)ni o‘rnatishga qaror qilsangiz, barcha ma’lumotlarni boshqa joyga o‘tkazish kabi vaqt oluvchi va ba’zida xarajat ham talab etuvchi ortiqcha ishni qilishingizga hojat yo‘qdir. Ushbu jarayonda qattiq disklarni klonlash va eski diskdan yangisiga “og‘riqsiz” o‘tish mumkin.

Buning uchun talab etiladigan harakatlar:

1️⃣. Macrium Reflect dasturini yuklab olamiz va o‘rnatamiz.

2️⃣. “Клонировать этот диск” va “Выбрать диск для клонирования” bandlari ustiga bosamiz.

3️⃣. 2-bo‘sh maydonda SSD'ni ko‘rsatamiz.

4️⃣. Klonlash uchun kerakli disklarni tanlaymiz yoki agar bizda yetarlicha joy bo‘lsa, barchasini belgilaymiz.

5️⃣. “Далее” va “Готово” tugmalarini bosamiz.

6️⃣. Shaxsiy kompyuterimizni o‘chiramiz, HDD'ni asosiy platadan uzamiz va SSD'ni ulagan holda qurilmamizni qayta ishga tushiramiz.

📝 Manba: @tech_lifehacks

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• HDD va SSD farqlari, afzalliklari. Kimga qaysi biri kerak?
• Ma’lumotlarni yo‘qotmagan holda fleshka, qattiq disk va SSD’da fayl tizimini FAT32’dan NTFS’ga o‘zgartirish
• WinPE 10-8 Sergei Strelec yordamchi vositasini qattiq diskdan ishga tushirish
• Windows 11'da Windows.old papkasini o‘chirish (undan oldingi versiyalar uchun ham o‘rinli)
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
  • 👍 14
  • 🔥 5
  • 😱 4
  • 🤩 2
More from @itspecuz
  1. Oct 16, 2026#word #mulohaza_uchun #maslahat #operatsion_tizim #telegramda_kanal_yuritish Telegram'da y…
  2. Oct 16, 2026Google'ning eng kuchli sun'iy intellekt Gemini Pro obunasining qiymati 18 oyga 380$. Hozir…
  3. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  4. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  5. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  6. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →