TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #7071 3.84K
#operatsion_tizim

🗃 Istalgan papka asosida virtual disk yaratish

SUBST buyrug‘i virtual disk yaratish imkonini beradi, unda buyruqda keltirib o‘tilgan fayl tizimi katalogi (papkasi) tarkibi ko‘rinib turadi.

Soddaroq qilib aytganda biz ishchi stoli yoki Пуск menyusi orqali ishga tushiriluvchi Этот компьютер (WIN + E) oynasiga, oldindan ko‘rsatib o‘tilgan katalog (papka) tarkibini aks ettiruvchi diskni qo‘shishimiz mumkin.

Buning uchun Buyruq satri (Командная строка)ni ishga tushiring (Пуск'ning qidiruv satriga cmd so‘rovini kiritib, CTRL + SHIFT + ENTER klavishlari birikmasi bosiladi).

Virtual diskni ulash uchun SUBST X: papka_manzili buyrug‘ini bajaring. Buyruqdagi X'ning o‘rnida disk uchun tizimdagi istalgan boshqa bo‘sh harfni keltirish mumkin.

Agarda papka manzilini keltirishda, uning nomlanishida probellar mavjud bo‘lsa, u qo‘shtirnoqlar orasiga olinadi (probelsiz nom bo‘lgani afzal).

Virtual diskni o‘chirib qo‘yish uchun SUBST X: /D buyrug‘idan, barcha virtual disklar ro‘yxatini chiqarish uchun esa – SUBST buyrug‘idan foydalaning.

📝 Manba: @computer_life

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Windows 10, 8.1 va 7'da disk harfini o‘zgartirish
• Tizimdagi disk harfini o‘zgartiramiz
• Windows 10'da Buyruq satri (Командная строка) yordamida disk harfini o‘zgartirish
• C diskidagi “Users” papkasidagi foydalanuvchi papkalarini D diskiga mohirona o‘tkazish
• Windows 10’da “Проводник” ilovasi tomonidan ochiladigan doimiy papkani o‘zgartirish
• Windows haqidagi voz kechish lozim bo‘lgan 5 mashhur afsona
• Buyruq satri orqali yuklanuvchi fleshkani yaratamiz
• Windows 10/11'ning standart vositalari orqali to‘g‘rilashning iloji bo‘lmagan USB fleshkalarni sozlash
• WinPE 10-8 Sergei Strelec yordamchi vositasini qattiq diskdan ishga tushirish
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
  • 🔥 8
  • 👍 4
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →