TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #7054 6.88K
#operatsion_tizim #hardware

💽 Tizimdagi disk harfini o‘zgartiramiz

Faraz qiling, siz yuklanuvchi fleshka yordamida Windows'ingizni qayta o‘rnatdingiz va ushbu jarayon yakunlanib, tizimdagi Проводник (Этот компьютер, WIN + E) fayl menejeri dasturiga murojaat etganingizda Windows lokal C diskiga o‘rnatilganiga, yuklanuvchi fleshka D diski harfini egallaganiga va yangi tizimni o‘rnatish oldidan harfi D bo‘lgan lokal disk uchun endi E harfi tayinlanganiga guvoh bo‘ldingiz deylik.

Yuklanuvchi fleshka tizim o‘rnatib bo‘linganidan keyin sizga kerak bo‘lmaydi, disk harflarining esa alfavit tartibida joylashganiga barchamiz odatlanganmiz, bu holatda quyidagicha yo‘l tutishimiz mumkin:

1️⃣. Yuklanuvchi fleshkangiz band etib turgan disk harfi, ya’ni D harfini boshqa disk uchun qo‘llay olishingiz uchun uni tizimdan “Извлечь” qilgan holda USB-razyomidan ajratib oling.

2️⃣. Vazifalar panelidagi “Пуск” tugmasi ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing va ochilgan kontekstli menyudan “Управление дисками” bandini tanlang.

3️⃣. Kerakli disk ustiga yana bir bor sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing va ochilgan kontekstli menyudan “Изменить букву или путь к диску” bandini tanlang.

4️⃣. “Изменить...” tugmasiga bosgan holda boshqa disk harfini kiriting (E diski uchun shunda fleshka ortidan bo‘shagan D harfi tayinlanadi).

5️⃣. Agarda shaxsiy kompyuteringizda CD/DVD'larni o‘quvchi diskovod mavjud bo‘lsa, katta ehtimol bilan uning ham harfi odatiy E harfidan F harfiga o‘zgargan bo‘lishi mumkin. Buni ham yuqorida keltirilgan ko‘rsatmaga muvofiq alfavit tartibidagi mos keluvchi boshqa harfga o‘zgartirishingiz mumkin.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Windows 10, 8.1 va 7'da disk harfini o‘zgartirish
• Windows 10'da Buyruq satri (Командная строка) yordamida disk harfini o‘zgartirish
• Istalgan papka asosida virtual disk yaratish
• C diskidagi “Users” papkasidagi foydalanuvchi papkalarini D diskiga mohirona o‘tkazish
• Windows 10’da “Проводник” ilovasi tomonidan ochiladigan doimiy papkani o‘zgartirish
• Windows haqidagi voz kechish lozim bo‘lgan 5 mashhur afsona
• Buyruq satri orqali yuklanuvchi fleshkani yaratamiz
• Windows 10/11'ning standart vositalari orqali to‘g‘rilashning iloji bo‘lmagan USB fleshkalarni sozlash
• WinPE 10-8 Sergei Strelec yordamchi vositasini qattiq diskdan ishga tushirish
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
  • 👍 8
  • 🤩 4
  • 🔥 2
  • 🎉 2
More from @itspecuz
  1. Oct 16, 2026#word #mulohaza_uchun #maslahat #operatsion_tizim #telegramda_kanal_yuritish Telegram'da y…
  2. Oct 16, 2026Google'ning eng kuchli sun'iy intellekt Gemini Pro obunasining qiymati 18 oyga 380$. Hozir…
  3. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  4. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  5. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  6. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →