TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #6751 8.21K
#operatsion_tizim #hardware

📀 Buyruq satri orqali yuklanuvchi fleshkani yaratamiz

Yuklanuvchi fleshkani yaratish uchun biz qo‘shimcha dasturiy ta’minotlardan, masalan, Rufus yoki UltraISO'lardan foydalanishimiz mumkin. Biroq tajribali foydalanuvchilar buni doimiy ravishda konsol oynasi orqali amalga oshirib keladi.

Buning uchun WIN + R birikmasini bosib, ochilgan Выполнить oynasiga cmd buyrug‘ini kiritib, ENTER'ni bosing va ochilgan Buyruq satri (Командная строка) oynasiga diskpart buyrug‘ini bajaring (ENTER). So‘ngra navbat bilan quyidagi buyruqlarni bajaring:

1️⃣. list disk - disklar ro‘yxatini ko‘rsatib beradi.

2️⃣. select disk X - fleshkani tanlaymiz, bu yerdagi X'ning o‘rnida 1-qadamda qo‘llanilgan buyruq orqali hosil bo‘lgan disklar ro‘yxatidagi diskning raqami ko‘rsatiladi.

3️⃣. clean - ma’lumotlarni tozalaymiz (fleshkadagi).

4️⃣. create partition primary - asosiy bo‘limni yaratamiz.

5️⃣. select partition 1 - yaratilgan bo‘limni tanlaymiz.

6️⃣. active - bo‘limni faollashtiramiz.

7️⃣. format fs=NTFS - fleshkani NTFS fayl tizimida formatlaymiz (jarayonni tezlashtirish uchun ushbu buyruqning oxiriga probel belgisi hamda quick qo‘shimchasini kiritishingiz mumkin).

8️⃣. assign letter=T - fleshka uchun T harfini tayinlaymiz (yoki boshqa bo‘sh harfni qo‘llashingiz mumkin).

9️⃣. exit - dasturni yopamiz.

Shundan so‘ng Windows'ni o‘rnatuvchi .ISO kengaytmali obraz faylini virtual diskka ulab, uning tarkibidagi barcha fayllarni fleshkaga nusxalang. Tayyor!

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Toza Windows 10'ni o‘rnatish
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
• Fleshkalarga oid postlar ro‘yxati ulashilgan postimiz

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →