TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #6829 9.24K
#operatsion_tizim

🔧📈 Windows'da virtual xotira (файл подкачки)ni sozlash: tizim samaradorligini oshirish

“Файл подкачки” nima o‘zi? U talabchan dasturlar bilan ishlaganda operativ xotira (RAM) yetishmovchiligi o‘rnini to‘ldirish uchun qo‘llaniladi. Barcha tafsilotlariga berilib o‘tirish shart emas: agar bu fayl hajmi kichraytirilsa, bir necha gigabayt xotira joyi bo‘shashi mumkinligini bilish yetarlidir. Va aksincha: agar u kattalashtirilsa, tizim samaradorligi oshadi. Nima qilish talab etiladi?

1️⃣. “Пуск” menyusini ochib, “Настройка представления и производительности системы” ilovasini ishga tushiramiz.

2️⃣. Ochilgan muloqot oynasining “Дополнительно” varaqa (вкладка)siga o‘tamiz va “Виртуальная память” bo‘limidagi “Изменить” tugmasini bosamiz.

3️⃣. “Автоматически выбирать объём файла” bandi qarshisidan qushcha belgisini olib tashlaymiz → kerakli diskni tanlaymiz → virtual xotira (файл подкачки) uchun boshlang‘ich va maksimal hajmlarni belgilaymiz.

Nima hisobga olinishi lozim? Virtual xotira uchun (файл подкачки) maksimal hajm operativ xotira hajmining uch barobaridan oshmasligi, boshlang‘ich hajm esa — 400 Mb'dan kam bo‘lmasligi kerak. Agar ushbu cheklovlarga amal qilinmasa, tizimni va qattiq diskni zo‘riqtirib qo‘yish hech gap emas!

📝 Manba: @GooogleTM

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →