TGViewer
Channel Public Channel
IT-School Presidency | al-Khwarizmi

IT-School Presidency | al-Khwarizmi

@itschoolpresidency

🏢Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi Prezidentining matbuot kanali.

Sahifalarimiz:
@ictschooluz
@presidencymedia

Savol va shikoyatlar uchun:
@presidency_secretary
Subscribers
1.1K
Photos
1.2K
Videos
70
Links
611
Recent Posts 12 shown
Post #1776 352

Forwarded from OVOZ

#ovoz #IntellektualMaruza #Notiqlik

«OVOZ» INTELLEKTUAL MA’RUZALAR LOYIHASIGA TAKLIF QILAMIZ!

🎙 Mustaqil fikrga ega, o‘z g‘oyalarini erkin ifodalashni va omma oldida nutq so‘zlashni istaydigan o‘quvchilarni «OVOZ» intellektual ma’ruzalar loyihasiga taklif qilamiz. Loyiha davomida ishtirokchilar o‘z g‘oyalarini dalillar asosida taqdim etish, auditoriya bilan ishlash va o‘zbek tilida nutq so‘zlash ko‘nikmalarini rivojlantiradilar.

💡 Ma’ruzalar o‘zbek tilida olib boriladi va TED hamda TED-Ed ma’ruzalari formatidan ilhomlangan holda tashkil etiladi. Ishtirokchilar quyidagi yo‘nalishlardan birini tanlashlari mumkin:

➖ «Raqamli kelajak va inson» — IT, sun’iy intellekt etikasi, kiberxavfsizlik, innovatsiyalar.
➖ «Tarix saboqlari va shaxsiyat» — o‘tmish voqealarining bugungi kundagi aks-sadosi.
➖ «Mening qarashim» — subyektivlik, haqiqat, stereotiplar, axloqiy dilemmalar.
➖ «Jamiyat va maktab hayoti» — tengdoshlar munosabati, ta’limdagi muammolar va ularning yechimlari.

⏰ Har bir ma’ruza 3–7 daqiqa davom etadi va aniq g‘oya, shaxsiy tajriba yoki yechim taklifini o‘z ichiga olishi kerak.

🚀 Loyiha notiqlik, tana tili, auditoriya bilan ishlash va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Eng namunali chiqishlar maktabning rasmiy YouTube, Telegram va boshqa ijtimoiy tarmoq sahifalarida yoritiladi.

🗓 «OVOZ» loyihasi har chorakda bir marta o‘tkaziladi. Ishtirokchilar sessiyadan kamida bir hafta oldin o‘z mavzulari va g‘oyalarini 100–150 so‘zlik qisqa matn hamda video taqdimotini topshiradilar. Saralangan ishtirokchilarga ustozlar biriktiriladi.

⏳ Ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi muddati: 17-oktyabr

🔗 Ro‘yxatdan o‘tish: ovoz.prteam.uz

👤admin: @ovozadm1n

🚀OVOZ 🌐 OVOZ
  • ❤ 13
  • ❤‍🔥 3
Post #1769 3.7K
#MockExam #SATashkent #AlXorazmiyMaktabi #Education #Success

BILIMLAR SINOVI — MOCK EXAM!

🗓Bugun, 15-oktabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda SATashkent bilan hamkorlikda navbatdagi MOCK EXAM sinov imtihoni bo‘lib o‘tdi!

Mazkur imtihon o‘quvchilarning bilim darajasini baholash, o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazish hamda haqiqiy imtihon muhitiga moslashishlari uchun muhim imkoniyat yaratdi.📊

✔️Har bir sinov — yangi tajriba, har bir tajriba esa katta maqsadlar sari tashlangan muhim qadamdir!

Barcha ishtirokchilarga yuqori natijalar va kelgusi imtihonlarda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz‼️
_
🟦 Telegram | 🟥 Instagram | 🟥 YouTube
  • 🔥 12
  • ❤ 6
  • 🕊 5
Post #1768 770

Forwarded from TSC | International

⚽️ Freshman Academy x TSC Football Cup 1.0

🏟 We are proud to announce our upcoming event in collaboration with Freshman Academy and its alumni!

The event is scheduled for October 11 at 16:30 PM. It is exclusively for students & alumni of Freshman and community of the TSC. Come, compete, enjoy the atmosphere, and play alongside others who love the game as much as you do.

1
. Fill out the Form on our website. Registration closes once 30 players have signed up.
2. If you're signing up with a team:
– Your team captain must complete the form
– Send your team list to @TSC_adminn by Friday, 23:00
3. If you don’t have a team:
– Just submit the form. We’ll assign you to a team.


💎 @TSC_Uzbekistan x @freshmanblog
  • 👍 6
  • ❤‍🔥 4
  • ❤ 4
  • 🔥 3
Post #1767 481

Forwarded from OVOZ

#ovoz #IntellektualMaruza #Notiqlik

«OVOZ» INTELLEKTUAL MA’RUZALAR LOYIHASIGA TAKLIF QILAMIZ!

🎙 Mustaqil fikrga ega, o‘z g‘oyalarini erkin ifodalashni va omma oldida nutq so‘zlashni istaydigan o‘quvchilarni «OVOZ» intellektual ma’ruzalar loyihasiga taklif qilamiz. Loyiha davomida ishtirokchilar o‘z g‘oyalarini dalillar asosida taqdim etish, auditoriya bilan ishlash va o‘zbek tilida nutq so‘zlash ko‘nikmalarini rivojlantiradilar.

💡 Ma’ruzalar o‘zbek tilida olib boriladi va TED hamda TED-Ed ma’ruzalari formatidan ilhomlangan holda tashkil etiladi. Ishtirokchilar quyidagi yo‘nalishlardan birini tanlashlari mumkin:

➖ «Raqamli kelajak va inson» — IT, sun’iy intellekt etikasi, kiberxavfsizlik, innovatsiyalar.
➖ «Tarix saboqlari va shaxsiyat» — o‘tmish voqealarining bugungi kundagi aks-sadosi.
➖ «Mening qarashim» — subyektivlik, haqiqat, stereotiplar, axloqiy dilemmalar.
➖ «Jamiyat va maktab hayoti» — tengdoshlar munosabati, ta’limdagi muammolar va ularning yechimlari.

⏰ Har bir ma’ruza 3–7 daqiqa davom etadi va aniq g‘oya, shaxsiy tajriba yoki yechim taklifini o‘z ichiga olishi kerak.

🚀 Loyiha notiqlik, tana tili, auditoriya bilan ishlash va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Eng namunali chiqishlar maktabning rasmiy YouTube, Telegram va boshqa ijtimoiy tarmoq sahifalarida yoritiladi.

🗓 «OVOZ» loyihasi har chorakda bir marta o‘tkaziladi. Ishtirokchilar sessiyadan kamida bir hafta oldin o‘z mavzulari va g‘oyalarini 100–150 so‘zlik qisqa matn hamda video taqdimotini topshiradilar. Saralangan ishtirokchilarga ustozlar biriktiriladi.

⏳ Ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi muddati: 17-oktyabr

🔗 Ro‘yxatdan o‘tish: ovoz.prteam.uz

👤admin: @ovozadm1n

🚀OVOZ 🌐 OVOZ
  • ❤‍🔥 5
  • ❤ 2
Post #1766 312

Forwarded from Eco Union | al-Khwarizmi

#EcoUnion #Qabul2026 #YashilKelajak #KelingBirgamiz

🌱 O‘zgarishni kutmang — uni o‘zingiz yarating!

Tabiatni asrash shunchaki so‘z emas, bu harakat. Eco-Union jamoasi yashil kelajak uchun real hissa qo‘shishga tayyor, intiluvchan yoshlarni o‘z safiga taklif etadi.
Bu yerda siz shunchaki ko‘ngilli emassiz — siz yangi g‘oyalar tashabbuskori va harakatlantiruvchi kuchsiz!

Biz bilan qanday imkoniyatlarga ega bo‘lasiz?


Katta o‘zgarishlar kichik qadamlardan boshlanadi. Safimizda aynan sizning o‘rningiz bor!

📍 Arizangizni hoziroq qoldiring: havola

➖

🌱 Не ждите изменений — создавайте их сами!

Забота об экологии — это не просто слова, это конкретные действия. Команда Eco-Union открывает набор для тех, кто готов внести реальный вклад в зеленое будущее.
Здесь вы не просто волонтер — вы генератор идей и движущая сила перемен!

Что вас ждет в нашей команде?


Большие перемены начинаются с одного шага. Ждем именно вас!

📍 Заполнить анкету: ссылка

Telegram | Instagram | YouTube | Volunteers
  • ❤ 4
  • 🕊 1
Post #1764 534

Forwarded from Nodex kiberxavfsizlik klubi

🚀 Algoritmlarni noldan olimpiada darajasigacha — algoyol.uz !

Yaxshi algoritm materiallarining aksariyati ingliz yoki rus tilida. AlgoYo'l - algoritmlarni o'zbek tilida o'rganish va bellashish platformasi. Faqat darslar emas: haqiqiy judge, jonli duellar va reyting.

🗺 15 ta yo'nalish, 241 ta bosqich - dasturlash asoslaridan ilg'or algoritmlargacha (0 → 2100+)
🧭 Qayerdan boshlashni bilmasangiz, placement test darajangizni aniqlaydi.
💻 Kod brauzerning o'zida yoziladi - hech narsa o'rnatish shart emas.
✅ Platformadagi har bir dars, masala va duel qoidasi shu tayyorgarlik tajribasidan chiqqan. Darslarni ro'yxatdan o'tmasdan ham o'qishingiz mumkin.

🔄 Har bir bosqich 4 qadamdan iborat:
1️⃣ O'rganing - dars, C++ va Python kodlari, keng tarqalgan xatolar
2️⃣ Tekshiring - qisqa test; 70% dan kam bo'lsa, nazariyaga qaytasiz
3️⃣ Yeching - haqiqiy judge: yashirin testlar, vaqt va xotira cheklovi
4️⃣ Bellashing - jonli duel: 30 daqiqa, 3 masala, Elo reyting


👥 Kim yaratmoqda?
Bu loyiha Nodex kiberxavfsizlik klubi, IT vazirligi (Presidency) jamoasi a'zolari va Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchilari o'rtasida hamkorlikda tashkil qilinmoqda:
Ozodbek Xaydaraliyev
• Al-Xorazmiy xalqaro matematika va informatika olimpiadasi — kumush
• Info Cup 2025 — bronza
• STEM Republic — 1-o'rin va ikki marta 3-o'rin
• MSITF — 2-o'rin

Muxammadali Ubaydullayev

• Asosiy fan olimpiadasi — 1-o'rin
• Info Cup 2025 — bronza
• Al-Xorazmiy xalqaro matematika va informatika olimpiadasi — bronza
• Digital Generation contest, respublika bosqichi — 2-o'rin


🔗Platforma haqida batafsil ma'lumot olish uchun: @Algoyol | algoyol.uz

🔗Bizni kuzatib boring:
💬 Telegram | 🤖 Telegram Bot | 🌐 Web
  • 🔥 9
  • ❤‍🔥 1
  • ❤ 1
  • 🎉 1
Post #1763 436

Forwarded from Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi

#SAT #MockExam

SAT MOCK IMTIXONIGA 1 KUN QOLDI!

🖥 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda SATashkent jamoasi bilan hamkorlikda SAT Mock imtihoni tashkil etilmoqda. Ushbu sinov imtihoni o‘quvchilarga SAT formatidagi topshiriqlar bilan ishlash va imtihon jarayoniga amaliy jihatdan tayyorlanish imkonini beradi.

📌 Imtihon 9-oktabr kuni soat 14:30 da Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda bo‘lib o‘tadi. Unda 8–11-sinf o‘quvchilari ishtirok etishlari mumkin. Ro‘yxatdan o‘tish 8-oktabr soat 18:00 gacha davom etadi. Ishtirok etish uchun ushbu havola orqali ro‘yxatdan o‘ting: reg.prteam.uz

🚀 SATga tayyorgarlikdagi imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! O‘z darajangizni sinab ko‘ring, natijalaringizdan kerakli xulosalarni chiqaring va yuqori natija sari keyingi qadamingizni bugundan boshlang. SAT Mock’da ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘ting!
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
  • ❤ 3
  • 🔥 2
  • 👏 1
Post #1762 687
#SAT #SATashkent

🔥 1 DAY LEFT!

🎯 SAT MOCK IMTIXONI

📚 9-oktabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda SATashkent jamoasi bilan hamkorlikda maktabimiz o‘quvchilari uchun SAT Mock imtihoni bo‘lib o‘tadi!

📝 Imtihon orqali SAT formatidagi testni ishlab ko‘rish, o‘z bilim darajangizni sinash va natijalaringizni tahlil qilish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

🗓 Sana: 9-oktyabr
⏰ Vaqt: 14:30
🏫 Joy: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab
👥 Ishtirokchilar: 8–11-sinf o‘quvchilari

⏳ Ro‘yxatdan o‘tishga shoshiling(muddat 08.10.2026 18:00 gacha): reg.prteam.uz
_
🚀 IT-School Presidency
  • 🕊 4
Post #1761 415

Forwarded from Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi

#Futbol #Sport #Final

FUTBOL MUSOBAQASIDA FINAL UCHRASHUVI

⚽️ Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning yuqori sinf o‘quvchilari o‘rtasida tashkil etilgan futbol musobaqasi o‘zining hal qiluvchi bosqichiga yetib keldi. Musobaqa davomida munosib natijalarni qayd etgan 9-03 va 10-06-sinf jamoalari final yo‘llanmasini qo‘lga kiritib, chempionlik uchun bahs olib boradi.

🏆 5-oktabr kuni soat 15:30 da maktab stadionida 9-03 va 10-06-sinflari o‘rtasida final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Ikki jamoa musobaqaning bosh sovrini va chempionlik unvoni uchun o‘zaro kuch sinashadi. Final bahsini maktab stadionida tomosha qilish bilan birga, uchrashuvni ushbu havola orqali onlayn kuzatish imkoniyati ham mavjud.

⚡️ Barcha o‘quvchilar va futbol muxlislarini ushbu muhim bahsni kuzatib, finalchilarni qo‘llab-quvvatlashga taklif qilamiz. Jamoalarga omad, chiroyli va murosasiz kurashlarga boy final tilaymiz!
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
  • 🙏 2
Post #1759 741

Forwarded from AKSA | Al-Khwarizmi

⚽️ AKSA FALL CUP 2026 | FINAL 🏆 🔥

🔥 Nihoyat, kutilgan final uchrashuvi vaqti yetib keldi!

🏆 FINAL: 9-03 🆚 10-06

📆 Sana: 05.10.2026

⚡️ Butun turnir davomida o‘z mahorati, jamoaviy o‘yini va g‘alabaga bo‘lgan intilishi bilan ajralib turgan ikki jamoa endi hal qiluvchi bahsda o‘zaro kuch sinashadi!

👀 🏆 Kim chempionlik kubogini boshi uzra ko‘taradi?

🔥 9-03 yoki 10-06 ❓

✈️ 🇺🇿🇺🇿 — biz bilan sportda yuksaling!

📱 Instagram | 📱 YouTube
  • ❤ 11
  • 🕊 3
  • 🆒 2
  • ⚡ 1
  • 👍 1
Post #1750 917
🇺🇿 IT-SCHOOL PRESIDENCY: SARALASH JARAYONI DAVOM ETMOQDA!

✍️ Arizalar qabul qilingandan so‘ng, IT-School Presidency jamoasiga qo‘shilish istagidagi nomzodlar uchun saralash jarayonining birinchi kuni bo‘lib o‘tdi.

👥 Jarayon davomida nomzodlar navbatma-navbat suhbatga chaqirilib, har biri bilan individual suhbat o‘tkazildi. Ishtirokchilar o‘zlari, qiziqishlari, g‘oyalari va jamoaga qo‘sha oladigan hissalari haqida suhbatlashdilar.

💡Birinchi saralash kuni ortda qoldi, ammo jarayon hali davom etmoqda!

🗓 Kelasi hafta ham nomzodlar uchun saralash jarayoni davom etadi.

👀 Bizni kuzatib boring — IT-School Presidency jamoasiga yangi a’zolarni tanlash jarayoni davom etmoqda!

_
🚀 IT-School Presidency
  • ❤ 10
  • 👍 4
  • 👨‍💻 3
  • 🤩 1
Older posts →

About this channel

How can I read @itschoolpresidency without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for IT-School Presidency | al-Khwarizmi: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does IT-School Presidency | al-Khwarizmi have?
IT-School Presidency | al-Khwarizmi (@itschoolpresidency) has 1.1K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does IT-School Presidency | al-Khwarizmi know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →