TGViewer
Channel Public Channel
OVOZ

OVOZ

@ovozproject

Subscribers
21
Photos
2
Videos
0
Links
2
Recent Posts 3 shown
Post #6 1.51K
#ovoz #IntellektualMaruza #Notiqlik

«OVOZ» INTELLEKTUAL MA’RUZALAR LOYIHASIGA TAKLIF QILAMIZ!

🎙 Mustaqil fikrga ega, o‘z g‘oyalarini erkin ifodalashni va omma oldida nutq so‘zlashni istaydigan o‘quvchilarni «OVOZ» intellektual ma’ruzalar loyihasiga taklif qilamiz. Loyiha davomida ishtirokchilar o‘z g‘oyalarini dalillar asosida taqdim etish, auditoriya bilan ishlash va o‘zbek tilida nutq so‘zlash ko‘nikmalarini rivojlantiradilar.

💡 Ma’ruzalar o‘zbek tilida olib boriladi va TED hamda TED-Ed ma’ruzalari formatidan ilhomlangan holda tashkil etiladi. Ishtirokchilar quyidagi yo‘nalishlardan birini tanlashlari mumkin:

➖ «Raqamli kelajak va inson» — IT, sun’iy intellekt etikasi, kiberxavfsizlik, innovatsiyalar.
➖ «Tarix saboqlari va shaxsiyat» — o‘tmish voqealarining bugungi kundagi aks-sadosi.
➖ «Mening qarashim» — subyektivlik, haqiqat, stereotiplar, axloqiy dilemmalar.
➖ «Jamiyat va maktab hayoti» — tengdoshlar munosabati, ta’limdagi muammolar va ularning yechimlari.

⏰ Har bir ma’ruza 3–7 daqiqa davom etadi va aniq g‘oya, shaxsiy tajriba yoki yechim taklifini o‘z ichiga olishi kerak.

🚀 Loyiha notiqlik, tana tili, auditoriya bilan ishlash va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Eng namunali chiqishlar maktabning rasmiy YouTube, Telegram va boshqa ijtimoiy tarmoq sahifalarida yoritiladi.

🗓 «OVOZ» loyihasi har chorakda bir marta o‘tkaziladi. Ishtirokchilar sessiyadan kamida bir hafta oldin o‘z mavzulari va g‘oyalarini 100–150 so‘zlik qisqa matn hamda video taqdimotini topshiradilar. Saralangan ishtirokchilarga ustozlar biriktiriladi.

⏳ Ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi muddati: 17-oktyabr

🔗 Ro‘yxatdan o‘tish: ovoz.prteam.uz

👤admin: @ovozadm1n

🚀OVOZ 🌐 OVOZ
  • ❤‍🔥 4
  • 🔥 2
  • 👍 1
  • 🏆 1
Post #5 51
#Ovoz #IntellektualMaruza #Notiqlik

«OVOZ» INTELLEKTUAL MA’RUZALAR LOYIHASI

🎙 O‘z g‘oyangizni erkin ifodalash, omma oldida nutq so‘zlash va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalaringizni rivojlantirishni istaysizmi? Unda «OVOZ» — aynan siz uchun! Xalqaro TED va TED-Ed ma’ruzalari formatidan ilhomlangan loyiha o‘quvchilarga o‘z g‘oya va qarashlarini o‘zbek tilida, dalillarga asoslangan holda katta auditoriya oldida taqdim etish imkoniyatini beradi.

🎤 Loyiha doirasida ishtirokchilar 3–7 daqiqalik ma’ruzalar tayyorlaydilar. Ishtirokchilar o‘z mavzusi va g‘oyasining qisqacha mazmuni hamda video taqdimotini belgilangan muddatda topshiradilar. Saralangan ma’ruzalar takomillashtirilib, maktabning ijtimoiy tarmoqlarida video shaklida keng yoritiladi. «OVOZ»ning asosiy sessiyasi har bir mavsumda bir marta tashkil etiladi.

👩‍🏫 Saralangan ishtirokchilarga ustozlar biriktirilib, ma’ruza mazmuni, nutq va taqdimot ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha yo‘naltiriladi.

✨ O‘z fikringizni bildiring. O‘z ovozingizni toping. «OVOZ» — tez orada!

🚀Ovoz.tg
  • ❤ 2
Post #1
Channel created

About this channel

How can I read @ovozproject without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for OVOZ: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does OVOZ have?
OVOZ (@ovozproject) has 21 subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does OVOZ know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →