TGViewer
OVOZ OVOZ @ovozproject · 21 subscribers
Post #5 52
#Ovoz #IntellektualMaruza #Notiqlik

«OVOZ» INTELLEKTUAL MA’RUZALAR LOYIHASI

🎙 O‘z g‘oyangizni erkin ifodalash, omma oldida nutq so‘zlash va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalaringizni rivojlantirishni istaysizmi? Unda «OVOZ» — aynan siz uchun! Xalqaro TED va TED-Ed ma’ruzalari formatidan ilhomlangan loyiha o‘quvchilarga o‘z g‘oya va qarashlarini o‘zbek tilida, dalillarga asoslangan holda katta auditoriya oldida taqdim etish imkoniyatini beradi.

🎤 Loyiha doirasida ishtirokchilar 3–7 daqiqalik ma’ruzalar tayyorlaydilar. Ishtirokchilar o‘z mavzusi va g‘oyasining qisqacha mazmuni hamda video taqdimotini belgilangan muddatda topshiradilar. Saralangan ma’ruzalar takomillashtirilib, maktabning ijtimoiy tarmoqlarida video shaklida keng yoritiladi. «OVOZ»ning asosiy sessiyasi har bir mavsumda bir marta tashkil etiladi.

👩‍🏫 Saralangan ishtirokchilarga ustozlar biriktirilib, ma’ruza mazmuni, nutq va taqdimot ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha yo‘naltiriladi.

✨ O‘z fikringizni bildiring. O‘z ovozingizni toping. «OVOZ» — tez orada!

🚀Ovoz.tg
  • ❤ 2
More from @ovozproject
  1. Oct 9, 2026#ovoz #IntellektualMaruza #Notiqlik «OVOZ» INTELLEKTUAL MA’RUZALAR LOYIHASIGA TAKLIF QILAM…
  2. Oct 4, 2026Channel created
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →